|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabasi
|
bet | 2/11 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #136756 |
Bog'liq S Ilhomjon=2Kurs ishi rahbari ___________________
Topshiriqni bajarishga oldim ____________________
Reja
Kirish
Adobe photoshop dasturi bilan ishlash
Photoshopda grafik obyekt fayllari va ranglar bilan ishlash
Adobe Photoshopdan foydalanishda innovatsion texnologiya va turli yo’llardan foydalanish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan dastur ta’minoti bo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin.
Yurtimizda ham dasturlashga bo`lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo`lgan e`tibordan darak beradi. Bu loyihadan ko`zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, energetika, qishloq va suv xo`jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog`liqni saqlash, ta`lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat.
Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar, loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug`ullanadigan mutaxassislar, web sayt yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasiga doir adabiyotlarni yetkazish oldimizda turgan vazifalardan biri hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda ushbu o`quv qo`llanmada tasvir turlari, kompyuter grafikasi turlari, grafik formatlar, rang modellari, proyeksiyalar, tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari, tasvirlarni filtrlash, Adobe Flashda animatsiyalar kabi mavzular to`liq yoritib berilgan.
|
| |