|
Photoshopda grafik obyekt fayllari va ranglar bilan ishlash
|
bet | 6/11 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #136756 |
Bog'liq S Ilhomjon=2Photoshopda grafik obyekt fayllari va ranglar bilan ishlash
PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangi tasvirni yaratish kerak bo`ladi. Bu amallarni qanday amalga oshirish bilan tanishib chiqamiz. Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba`zan unda yangi tasvir yaratishga ham to`g`ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun Ctrl+N (New - yangi so`zidan olingan) qo`shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo`limining birinchi bandi Создать... (... ni yaratish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Новый (Yangi) muloqot oynasi paydo bo`ladi. Oynaning o`ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo`yicha yangi tasvirni yaratish; Отмена (Bekor qilish) tugmasini bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin. Bu tugmalar ostidagi Сохранить набор параметров (Parametrlar to`plamini saqlash) tugmasini bosib, o`rnatilgan parametrlardan keyingi tasvirlarni yaratishda foydalanish uchun saqlab qo`yish mumkin. Удалить набор ...(Parametrlar to`plamini o`chirish) tugmasi kerak bo`lmay qolgan parametrlar to`plamini o`chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu tugmalar ostida yaratiladigan tasvirning hajmi ko`rinib turadi:
Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To`plam) maydonchasida parametrlar to`plamini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo`ladi. Bu ro`yxatdan keraklisini tanlab parametrlarni birdaniga o`zgartirish mumkin. Paramertlarni bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o`zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir. Mavjud tasvirlarni ochish uchun Ctrl+O (Open - ochish so`zidan olingan) qo`shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo`limining birinchi bandi Открыть ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Открыть (Ochish) muloqot oynasi paydo bo`ladi. Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, Word yoki Excelning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi.
PhotoShop oxirgi ochilgan fayllar ro`yxatini saqlab qo`yadi. Bu ro`yxatdagi tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning Файл (Fayl) bo`limidagi Последние документы (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi.
PhotoShopda qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mavjud. Ulardan birinchisi Ctrl+S qo`shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buyruq joriy tasvirni joyi va nomini o`zgartirmasdan saqlab qo`yadi. Ctrl+Shift+S qo`shtugmalari yordamida chaqiriladigan saqlash buyrug`i ekranga saqlash muloqot oynasini chiqaradi. Bu oyna yordamida tasvirni yangi nom bilan yangi joyga yangi formatda saqlab qo`yish mumkin. PhotoShopda fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko`p farq qilmaydi. Kompyuter grafikasi ommaviy tarzda qo`llaniladi va tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ko`plab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba’zilari keng tarqalgan, ba’zilari faqat tor sohada ishlatiladi. PCX (PC eXchange) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish jumlasidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri. Bu formatda juda ko`p tasvirlar saqlangan. Oxirgi paytda uning o`rniga png, jpeg formatlaridan foydalanilmoqda. RAW (ingliz tilida raw) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Odatda, fotoapparatlar olingan suratni darhol qayta ishlab, uning hajmini kamaytiradi. Bunda fotosuratlarning sifati ba`zan biroz, ba`zan ko`proq pasayadi. Bu formatda saqlangan fotosuratning kamchiliklarini va ularni bartaraf qilishni foydalanuvchining o`zi tanlaydi. Bu esa yaxshi chiqmagan fotosuratlarni ham qayta tiklash imkonini beradi. Kamchiligi fotosuratlar katta hajmda bo`lishi (25 MB gacha). Faqat qayta ishlanmagan fotosuratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Oxirgi paytda ommaviylashib bormoqda. PNG (Portable Network Graphics) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafika jumlasidan olingan. Internetda keng qo`llaniladi. U gif formati o`rnini egallab bormoqda. PDF (ingliz tilida Portable Document Format) - elektron hujjatlar formati degan jumladan olingan. Dastlab poligrafiya mahsulotlarini elektron ko`rinishda saqlash uchun mo`ljallangan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan hajmi nisbatan kattaligi, tasvirlash ko`proq vaqt talab qilishi kabi kamchiliklari dolzarb bo`lmay qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor turidagi tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo`ladi. Adobe kompaniyasi mahsuloti. Bu formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat PhotoShopda, balki boshqa ilovalarda ham ochish va ular bilan ishlash mumkin. PhotoShop bu formatlardan tashqari o`zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko`p ishlatiladigani .psd kengaytmalisidir. Bu formatda saqlangan tasvirda PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo`yiladi. Shu sababli, qayta ishlash tugallanmagan tasvirlarni shu formatda saqlash va kerak bo`lganda ularni qayta ishlashni davom ettirish mumkin.
|
| |