MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………..……..4




Download 141,5 Kb.
bet2/11
Sana13.06.2024
Hajmi141,5 Kb.
#263303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
26 Operatsion tizimlarning rivojlanishini tartibga soluvchi standartlarni11

MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………..……..4
I bob. Operatsion tizim xususiyatlari va turlari
1.1. Operatsion tizim tarixi …………………………………………………………………………..6
1.2. Operatsion tizimlarning yoyilishi………………………………………………………………………………..12
II bob. Windows operatsion tizimi
2.1. Apple Macintosh shaxsiy kompyuterining evolyutsion tarixi …………………………………………………………….……24
2.2. Operatsion tizimlarining rivojlanishi………………………………………….….33
Xulosa…………………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………..………………………..37


KIRISH


Ta’lim sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar xaqida gap ketganda, ta’lim berish jarayonini ezgulik ko‘prigiga o‘xshatamiz, bu ko‘prikdan o‘quvchilarimizni bilimli, dunyoqarashi keng qilib olib o‘tish ustozni, ya’ni o‘qituvchilarni vazifasi deb bilamiz. Darslarning nazariy va amaliy qismida o‘quvchilarning qiziqishini oshirish uchun pedagogik texnologiyaning samarali usullaridan foydalanib, kichik guruhlarga bo‘lingan xolda olib boriladi. Mashg‘ulotlarni olib borish jarayonini kuzatib borish va kerakli maslaxatlar berish kichik guruhlarda darslarni samarali o‘tilishiga yordam beradi. O‘z kasbini ustasi bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish, ular xaqida o‘quvchilarga so‘zlab, savollarga xayotiy misollar keltirish bilan javob beriladi. Buning uchun faqat o‘qish, o‘rganish kerakligi xaqida maslaxat beradi. Bunday malakali mutaxassislar bilan uchrashuvlar, baxs- munozaralar tashkil etish ham o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Ota-onalarda farzandini yuksak ma’naviyatli, bilimli, komil inson etib voyaga yetkazish istagini yanada kuchaytirish zarur. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o‘qitishning yangi shakl va metodlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyat yaratildi. SHu bilan birga, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o‘rgatish, o‘quvchilarni katta xajmdagi ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va mustaqil ishlash muammosi yuzaga kelmoqda. Maktabdan kasb-xunar kollejiga o‘qishga kelgan ko‘po‘quvchilar mustaqil fikrlash va ishlash bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmaga ega emas. Ayrimlari bilim olishga qiziqishlari juda past. Qobiliyatli, izlanuvchan hamda ijodkorlikka ishtiyoqi bor farzandlarimizni o‘zi qiziqqan axborotkommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida chuqurlashtirilgan saboq olishi, ularni kelajakda albatta yuksak malakali mutaxassislar bo‘lib yetishshishlarida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, Respublikamizning barcha ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakllari va uslullarini qo‘llash, ta’lim tizimida axborot texnologiyalardan unumli foydalanish, ular yordamida ta’lim tizimini talab darajasiga etkazish ustida bir qancha ishlar olib borilmoqda. O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning quydagi imkoniyatlarini keltirish mumkin: o O‘qituvchiga o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga etkazib berishda birmuncha engillashtirilishi; o Dars jarayonida berilayotgan o‘quv materiallarning takroriy holda namoyish qilish imkoniyatining mavjudligi; o Ta’lim oluvchilar o‘zlashtirish darajasining yuqori bo‘lishigaerishish; o Multimediali elektron darsliklar tarkibida ko‘rgazmali virtualstendlar tashkil qilish imkoniyati; o Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini video, audio va animatsiyali vositalar orqali qiziqarli tashkil qilish imkoniyati; o Tavsiya qilingan o‘quv materiallaridan ommaviy tarzda foydalanish, ya’ni tarmoq texnologiyalari yordamida bir yoki bir nechta auditoriyada va guruhlarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi; o O‘quv materiallari ma’lumotlar bazasini tezkor ravishda o‘zgartirib, yangi axborot zaxiralarini kiritish imkoniyatining mavjudligi; o Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mobaynida ma’ruza materiallariga o‘tish imkoniyatining yaratilishi; o Masofadan o‘qitish uchun asosiy vositalardan biri sifatida foydalanish imkoniyati; o Ta’lim oluvchilarning individual bilimlarini baholash, nazorat qilish va boshqalar. Bunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘quv materiallarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish, bir vaqtning o‘zida ta’lim oluvchilarga o‘quv materiallarini ko‘rish, o‘qish, eshitish, mulohaza qilish va qayta-qayta takrorlab o‘z bilimlarini oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi, ayniqsa multimediali vositalardan foydalanish o‘quv jarayoninig didaktiv ko‘rinishda tasvirlash uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishda elektron darsliklarning alohida o‘rni mavjud. Elektron darslik - kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan elektron o‘quv adabiyoti hisoblanadi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilsa ta’lim-tarbiya jarayoni jadallashtiriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin:  maqsadga yo‘naltirilganlik;  o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish;  ta’lim mazmunining axborotli hajmini kengaytirish;  o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish; o‘quvchilarning o‘quv-amaliy darajasini mustahkamlash va boshqalar. O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Kompyuterning dasturiy vositalari asosida yaratilgan o‘quv- uslubiy materiallar va elektron darsliklardan foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot – ta’lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, sifati va unimdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o‘quv manbalari elektron o‘quv darsliklarini keng qo‘llash, ularning ma’lum ma’noda kutubxonalarini tashkil etish, ta’limning masofadan o‘qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o‘quv tizimiga kirishdan iborat.

Download 141,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 141,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………..……..4

Download 141,5 Kb.