• Axborot egasi
  • Dasturiy interfeys — hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar ozaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yigindisi. Duragay hisoblash mashinalari (D H M )
  • Elektron raqamli imzo
  • Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti
  • Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti
  • Axborot texnologiyasi va tizimlari




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    Axborot sohasi 
    — subyektlarning axborotni yaratish. qayta ishlash 
    va undan foydalanish bilan bog'liq faoliyati sohasi.
    Axborot borasidagi havfsizlik 
    axborot sohasida shaxs, jamiyat va 
    davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati.
    Axborot egasi 
    — qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan bel­
    gilangan huquqlari doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi 
    va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
    Axborot xavfsizligini ta’minlash 
    — axborotlashgan munosabatlar 
    subyektlari huquq va qiziqishlarini qanoatlantirish kafolati.
    Videomonitor (displey) 
    — ShK ga kiritiladigan va undan chiqadigan 
    axborotni aks ettiruvchi moslama.
    Dasturiy interfeys 
    — hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar 
    o'zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig'indisi.
    Duragay hisoblash mashinalari (D H M ) 
    kombinatsiyalashgan 
    holda amal qiluvchi hisoblash mashinalari bo'lib, ham raqamli, ham 
    o'xshashli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi; ular UXM va 
    RXMning afzalliklarini o'zida jo etgan.
    Elektron raqamli imzo 
    — elektron hujjatning mazkur elektron hujjat 
    axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holdagi 
    maxsus o'zgartirishlar natijasida olingan hamda elektron raqamli imzoning 
    ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda buzilishlar yo'qligini 
    aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiyalash 
    imkoniyatini beradigan imzosi.
    Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti 
    elektron raqamli imzo 
    vositalaridan foydalangan holda olingan, faqat imzo qo'yuvchi shaxsga 
    ma’lum bo'lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzo tuzish uchun 
    mo'ljallangan ramzlar ketma-ketligi.
    Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
    — elektron raqamli imzo 
    vositalaridan foydalangan holda olingan, elektron raqamli imzoning yopiq 
    kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi 
    foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning 
    haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo'ljallangan ramzlar ketma-ketligi.

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish