ISBN 978-9943-375-48-2
© «Voris-nashriyot», 2011- у.
KIRISH
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan
rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan
zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot-
kompyuter tizimlari asrida yashayotganimizni
unutmasligimiz kerak.
I. A. Karimov
0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ijtimoiy-yo'naltirilgan bo
zor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi hamda ilmiy-texnika
taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga
axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasidagi barcha yutuqlarni
tadbiq qilish darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligi
sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining obyektiv jarayoni
hamda zarur boMgan axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash
va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa,
ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat
unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish, ularda tadbiq qili
nayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan
bog'liq.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to'plangan ax
borot mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda etkazib, sermehnatlik
darajasini kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng
imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuning uchun ham axborot-kommu
nikatsiyalar texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samarali
qo'llash mamlakatni texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni
ifodalovchi ko'rsatkich bo'lib xizmat qilmoqda. Ma’lum bir obyektiv
sabablarga ko'ra, axborotlashtirish jarayoni har bir mamlakatda turlicha
yo‘1 va turli sur’atda olib borilmoqda.
0 ‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida ham yuqori natijalarga
erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to'laqonli sheriklik o'rnini egallay borishi,
inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyala-
ridan yuqori darajada foydalanish ko'lamlari qanday bo'lishiga hamda bu
texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol
o'ynashiga bog'liq. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlagan-
laridek: „Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida
Internet va boshqa global axborot tizimlaridan foydalanish ayniqsa muhim
ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi“
3
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada
yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va meh
nat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni makro va mikro darajada bosh
qarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo'nalishlarni rivoj-
lantirishga katta zamin yaratib beradi. Bunday jamiyatni barpo etish ilmiy-
texnika taraqqiyoti yutuqlari va axborot-kommunikatsiyalar texnologaya-
larini ilg‘or ishlab chiqarish sohalarida qo'llash hamda materiallar va
xomshyo yaratish bilan chambarchas bog'langan. Jamiyatning asosiy ijti
moiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson barkamolligi yo'lida
axborotlashtirish jarayonlari asosiy negiz bo'lib xizmat qiladi. U insonlarga
eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo'llash
bo'yicha malakasini oshirishga va o'zining tuganmas qobiliyatini amalda
sinab ko'rishga katta imkoniyat tug'diradi.
Insonni uning axborotni qayta ishlash bo'yicha imkoniyatlarini ku-
chaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish — axborot
lashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik,
iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan
foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obyektivligi,
tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o'z vaqtida
qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.
Demak, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish shu kun-
ning eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib, bu jamiyat taraqiyotining asosiy
omili hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir
insonning, har qanday bozor munosabatida va davlat boshqaruvida
yo'naltirilgan bo'lishidan iborat. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining
barcha sohalarida qo'llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga
ega bo'lgan axborot tizimini o'z ichiga oladi.
Axborot texnologiyasi — axborot resurslarining ishonchliligi va tez
korligini ta’minlovchi, ulardan foydalanish xarajatlarining kamayishini
ta’minlovchi usul, ishlab chiqarish jarayoni va dasturiy texnik vositalarini
yagona texnologik zanjirga birlashtirgan holda axborotlarni yig'ish, qayta
ishlash, saqlash va uzatish jarayonidir.
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining
turli sohalarida yanada keng qo'llanilib borilmoqda. Ulami yaratish, ishga
tushirish va keng qo'llashdan maqsad — jamiyat va insonning butun hayot
faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir.
„Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O'zbekiston
bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig'ini tashqi dunyo bilan
4
aloqalarimiz toboro kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi
davlatlar ko'magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha dasturlaming amalga
oshirilayotganida va boshqa misollarda yaqqol ko'rishimiz mumkin", deb
ta’kidlagan edi respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov1.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli
islohotlar ko'p jihatdan uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirishni
taqozo etadi. Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo'
jalik yurita oladigan malakali, chuqur bilimli mutahassislami, ayniqsa,
axborot texnologiyalaridan keng foydalana oladigan kadrlami tayyorlash
davr talabi bo'lib qolmoqda.
2005-yil 2-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining „Axborot
texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
to ‘g'risida“gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaromi qabul qilishdan maqsad
kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish,
respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari uchun zamonaviy talablarga
javob beradigan yuqori malakali mutahassislar tayyorlash, shuningdek,
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida mutahassislar,
kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari uchun oliy m a’lumotli
pedagog kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish va ularning sifatini
oshirish hisoblanadi.
Ko'rsatib o'tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samarador
ligini o'sishida telekommunikatsiyalar, Kompyuter va axborot-texno-
logiyalarining faol roli oshishini, odamlaming faoliyat va turmushi texnik
qurilmalar va xizmatlaming eng zamonaviy turlari bilan jixozlanishini
ta ’minlash, respublikaning jahon jarayonlariga muvaffaqiyatli integ-
ratsiyalashuvi imkonini beradi.
Demak, iqtisodiy mutaxasisliklar bo'yicha ta’lim olayotgan talaba-
laming davr talabiga javob bera oladigan yetuk mutahassis, komil inson
bo'lib tarbiyalanishlarida, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllan-
tirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy
axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya
vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda,
fuqarolaming axborotga ortib borayotgan talab-extiyojlarini yanada to'liqroq
qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda hamda jahon axborot
resurslaridan bahramand bo'lishni kengaytirishda „Axborotlar texno
logiyalari va tizimlari" fanini o'qitish katta ahamiyatga egadir.
|