• I QISM . AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARINING NAZARIY ASOSLARI 1-BOB. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI AXBOROTLASHTIRISH MILLIY TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
  • ,.Barkamol avlod yili" davlat dasturi. — Т.: O'zbekiston, 2010. — 8—9-b




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    2,.Barkamol avlod yili" davlat dasturi. — Т.: O'zbekiston, 2010. — 8—9-b.
    6


    — kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalaridan tashkiliy, 
    iqtisodiy sohadagi masalalami yechishda foydalanish;
    — jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish;
    — fuqorolaming axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada 
    to'llaroq qondirish va h.k.
    O'quv kursining predmeti bo'lib, axborot texnologiyalarini joriy 
    qilish usullari, texnik va dasturiy vositalaming nazariy asoslari va ularni 
    tegishli sohalarda tadbiq qilish usullari hisoblanadi.
    Mazkur darslik iqtisodiy ta’lim yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarining 
    bakalavrlari, o'qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilarga mo'ljallangan.


    I QISM . AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    TIZIMLARINING NAZARIY ASOSLARI
    1-BOB. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 
    AXBOROTLASHTIRISH MILLIY TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
    1.1. Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish jarayonlari
    Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axbo­
    rotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va 
    bilimlaming tutgan o‘mi tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga 
    aylangan. Dunyoda jamg'arilgan axborot va bilimlaming 90 % i so'nggi 30 
    yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga 
    ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta’limda ham 
    axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko'lamda samarali 
    foydalanishni talab etmoqda.
    Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy ax­
    borot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbayi, dasturlashtirish, 
    shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta ’minlash va boshqa shu kabi ilmiy 
    tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini 
    ifoda etadi.
    Axborot — ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlaming, tafakkur ilmining ta­
    raqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning ama­
    liy faoliyati davomida to'plagan tajribalari majmuyi demakdir. Inson axborot 
    oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning 
    bir-biriga aloqadorligini, o'zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mu- 
    shohada va mulohaza qilib ko'rish maqsadida ko'pdan ko'p dalil va raqam- 
    larga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan 
    birlashadi.
    Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborot oqimining juda ham 
    kengayishiga olib keldi. Axborot oqimining tobora kengayib borayotgani- 
    dan shu narsa ham dalolat bera oladiki, o'tgan asrning 70-yillari o'rtalariga 
    keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga yelgan edi- 
    ki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish 
    uchun yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo'ladi. Tabiiyki. bunday 
    murakkab hisob-kitobni cho‘t qoqib amalga oshirib bo'lmaydi. 10 milli­
    ard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik 
    amalni yecha olishi mumkin.
    Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular meh­
    nat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo'ladi. 
    Ayni paytda axborot — bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali
    8


    foydalanish hamda ulami asrab-avaylashga ko'maklashuvchi yagona resurs 
    turidir.
    Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarining rivoj- 
    lanmaganligi insonning u to ‘g‘risida ta’savvurga ega bo'lishi va ulardan 
    foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko'plab vaqt axborotni qidirishga, ajra- 
    tishga va foydalanishga ketadi. Axborot fondlari har bir insonga xizmat 
    qilishi uchun yangi, zamonaviy vositalar kerak bo'ladi. Shuning uchun 
    XX asr o'rtalariga kelib axborotni ishlash sohasida ko'p odamlar shug'ullana 
    boshladi. Axborot bilimlar manbayi sifatida jamiyat uchun strategik resurs- 
    ga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlash­
    tirish jarayoni bilan bog'liq.

    Download 4,18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ,.Barkamol avlod yili" davlat dasturi. — Т.: O'zbekiston, 2010. — 8—9-b

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish