|
Axborotlashtirish jarayoniBog'liq axborotlashtirishAxborotlashtirish jarayoni
deganda — inson faoliyatining muhim
yo'nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko'rilgan
kopleks chora-tadbirlar tushuniladi.
Zamonaviy va samarali yechimlar topish uchun ko'plab, struktura
jihatidan murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish
jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va
moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining ko'plab mablag'larini shu sohaga
jalb qilishga olib kelmoqda. Bu o'z navbatida insonlami axborot resurslari-
dan ratsional foydalanish yo'llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamo
naviy sharoitda yangi axborot oqimi qanchalik tez ko'paysa, shu bilan
birga ularning eskirish muddatlari ham tezlashmoqda, bu o'z navbatida,
axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda.
Har bir injener, xizmatchi, rahbarning o'z faoliyati davomida ko'plab
qog'ozlaiga bitilgan axborotni tahlil qilishiga to'g'ri keladi. Bu esa axborotga
erishish uchun ko'plab vaqt sarflashga to'g'ri kelib, ishni tashkil qilish
unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday muammolarni samarali yechish
jamiyatni axborotlashtirish masalasini ko'ndalang qilib qo'ymoqda.
Jamiyatni axborotlashtrish
— yuridik va jismoniy shaxslarning ax
borotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot
texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit
yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir.
Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarning
hal etilishini talab etadi:
1. Hisoblash texnikasi vositalarini jamiyat faoliyatining barcha
tarmoqlariga tadbiq qilish.
2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foy
dalanishga o'rgatish.
3. Jamiyat a’zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirishda axborot re-
|
| |