|
texnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek. ma'lumot vaBog'liq axborotlashtirishtexnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek. ma'lumot va
axborotning boshqa shakllari tushuniladi.
Axborot texnologiyalari rivojlanishi bevosita iqtisodiy obyektlarning
axborot tizimlaridan foydalanishi bilan bog'liq. Zamonaviy axborot tex
nologiyalari rahbarlarga, mutahassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta
ishlash va qarorlar qabul qilishda hamda to'liq va ishonchli bo'lgan zamo
naviy axborot tizimini yaratishda ko'mak beradi.
Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlashning mustaqil ti
zimi sifatida ham, funksiyaviy tarkibiy qism sifatida ham ishlaydi va yanada
yirik tizim doirasida boshqaruv jarayonini ta’minlaydi. Bunday tizimlar
qatoriga sanoat korxonalari, firmalar, korporatsiyalar, moliya-kredit va
tijorat-savdo tashkilotlari, ishlab chiqarish va xo'jalik jarayonlarining avto
matlashtirilgan boshqarish, ilmiy tajribalar, iqtisodiy-matematik modeli,
ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi, kutubxona xizmati va boshqa bir qator
sohalar kiradi.
Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha
tarmoqlariga: tijorat, biznes va boshqalarga zamonaviy axborot texnolo
giyalari keng ko'lamda kirib kelmoqda.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining hayotimiz barcha
jabhalariga kirib kelishi biznes va ta’limni yo'lga qo'yish mexanizmlarini
tubdan o'zgartirib bormoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyo
tining globallashib borayotganida Internet orqali ta’lim xizmatlarini taklif
etish borasida mehnat bozorining hajmi cheksizdir.
O'zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini
intensiv yo'lga o'tkazishni, resurslaming barcha turlaridan oqilona foy
dalanishni, ishlab chiqarishga tobora takomillashgan mehnat qurollarini
joriy etishni juda ham muhim vazifa qilib qo'ymoqda.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekom-
munikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga
kirib borishni va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvor o'rinlarga
chiqmoqda. Iqtidorli yoshlar ishtirokida respublikada Intemet-festivallar,
Intemet-forumlar o'tkazish odat bo'lib qoldi, shaharlar va qishloqlarda
Internet tarmog'idan jamoa bo'lib foydalanish punktlarining soni tabora
ko'paymoqda, axborot xizmatlari turlari sezilarli darajada kengaymoqda,
ularning xizmatlari yanada intellektualroq bo'lib bormoqda.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlan
tirish bo'yicha vazifalami hal etish uchun 2002-yil 30-mayda O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining „Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" gi
13
|
| |