|
texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish. Inijjat-Bog'liq axborotlashtirishtexnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish. Inijjat-
lashtirishning me'yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar
joy olgan. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni bajarish bir necha bosqichda
amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
Respublikamizda qabul qilinayotgan
m e 'y o r iy
hujjatlarda kompyu
terlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, ularni
qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq vazifalari
oldinga qo'yilgan va maqsadli yo'nalishlari ifodalab berilgan. Jumladan,
Toshkent eletrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari
universitetiga aylantirildi. Ushbu universitetda yangi mutaxassisliklarning
keng doirasi bo'yicha kadrlar tayyorlash tizimini ancha kengaytirish nazarda
tutilmoqda. Bundan tashqari, o'quv yurtlarining moddiy-texnik va ilmiy-
tadqiqot bazasini kengaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlami amalga
oshirish nazarda tutilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mavjud qonun
chilik tizimi, umuman olganda, axborot-kommunikatsiya texnologiya-
larining rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko'rsatmoqda. Respublikamiz-
dagi ko'pgina firmalar telekommunikatsiya axborot texnologiyalari bo-
zorlariga dadil kirib bormoqdalar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha jahon hamjamiyatiga
kirish faolligini oshirish maqsadida qomusimizga, fuqarolik kodeksiga,
jinoiy protsesual kodekslarga o'zgartirishlar kiritildi.
Hukumatimiz tomonidan so'nggi yillarda axborotlashtirishga oid
quyidagi qonunlar ishlab chiqildi:
1) telekommunikatsiyalar to'g'risida;
2) axborotlashtirish to'g'risida;
3) aloqalar to'g'risida;
4) radiochastotalar spektori to'g'risida;
5) pochta aloqasi to'g'risida;
6) elektron hujjat aylanish to'g'risida;
7) elektron to'lovlar to'g'risida;
8) elektron raqamli imzo to'g'risida;
9) elektrok tijorat to'g'risida;
10) kompyuter jinoyatchiligi to'g'risida;
11) elektron hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazasi dasturlarini
huquqiy himoyasi;
12) topologiya va integral sxemalaming huquqiy himoyasi;
13) axborotga kirishni kafolatlash va erkinliklari to'g'risida;
14) standartlashtirish to'g'risida;
15) kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida;
16
|
| |