Axborot infratuzilmasi — axborot tizimlarining ishiashini ta’minlovchi
tashkiliy-texnikaviy tuzilmalar va obyektlar, ma’lumotlar banklari va
bazalari, aloqa va m a’lumotlar uzatish tizimlarining majmuyi.
Axborotlashtirish — axborot resurslari, axborot texnologiyalari va
axborot tizimlaridan foydalanilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarning
axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar
yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Axborot resursi — moddiy jismlardagi yoki axborot tizimi tarkibidagi
axborot, ma’lumotlar banki va bazasi, dasturiy mahsulot.
Axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori — axborot
resurslariga, axborot tizimlariga to'la hajmda egalik qiluvchi, ulardan
foydalanuvchi va ulami tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Axborot resurslarining, axborot tizimlarining egasi — axborot
resurslariga, axborot tizimlariga qonun bilan yoki axborot resurslarining,
axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida
egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs.
Axborot tizimi — axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa
vositalarining axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va
undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan
majmuyi.
Axborot mulkdori — o'z mablag'iga yoki boshqa qonuniy yo'l bilan
olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
227
Axborotni muhofaza etish — axborot borasidagi havfsizlikka
tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-
tadbirlari.