114
Internetda ishlash uchun qo„shimcha dasturlar zarur. Bunday
dasturlarni tanlash Internetning qanday xizmatidan foydalanishimizga
bog„liq. Turli xildagi xizmatlarni taqdim etuvchi bir necha tur xizmatlar
mavjud.
Internet pochtasi. Kimda kim Internetga ulansa, avtomatik ravishda
elektron pochta manzilini oladi. Bog„lanish
amalga oshirilayotgan
serverda elektron «pochta qutisi» yaratiladi (qattiq diskda papka).
Elektron pochta bilan ishlash uchun standart dastur xizmat qiladi
(Windows 95 – Internet Mail, Windows 98 – Outlook Express va h.k.).
Elektron pochtaning oddiy pochtaga nisbatan ustunligi – tezkorlikdir
(har qanday nuqtaga bir necha soatda yetkaziladi). Yana bir ustunligi –
uning arzonligi. Internetning har bir
mijoziga manzil avtomatik
berilganligi sababli, bu xizmatni tekin deyish ham mumkin.
Elektron pochtaning telefon aloqasiga nisbatan ham ustunligi
mavjud. Elektron pochta orqali uncha tanish bo„lmagan kishiga yoki
juda band kishiga ham murojaat qilish mumkin, masalan, Prezidentga.
Agar uning imkoniyati bo„lsa, javob beradi.
Telekonferensiyalar. Bu qiziqarli xizmat elektron pochtaning o„ziga
xos rivojlangan turi hisoblanadi. Telekonferensiyalar
guruh yangiliklari
deb ham yuritiladi. Masalan, biz xabarni bir kishiga emas, yer yuzining
barcha aholisiga yubormoqchimiz. Buni amalga oshirish uchun
insonning manzilini emas, balki telekonferensiya nomini ko„rsatish
zarur. Bizning xabarimiz avval bizga Internet xizmati ko„rsatuvchi
serverga tushadi, so„ngra u bilan bog„langan barcha serverlarga uzatiladi
va shu tariqa davom etadi. Yuborilgan xabar dunyo bo„ylab tarqaladi.
Xabarlar serverlarda uch – yetti kun saqlanadi. Bu vaqt mobaynida
har qanday foydalanuvchi bizning xabarni o„zining xizmat taqdim
etuvchi serverida o„qishi mumkin.
Windows 95 tizimida
guruh
yangiliklari bilan ishlash uchun
Internet News dasturi,
Windows 98 da
esa buning uchun
Outlook Express xizmat qiladi.
World Wide Web – bu Internetning eng ommaviy va eng taniqli
xizmati. Ko„pincha uni sodda qilib Web deb nomlashadi. Web interfaol
ishlash uchun mo„ljallangan, axborotlarni qidirish va yig„ish
imkoniyatini beradi. WWWda ishlash dunyo bo„ylab
qiziqarli joylarni
o„rgangan holda virtual sayr qilishga o„xshaydi.
World Wide Web
asosida ikki tushuncha yotadi: hujjatlarning HTML formati va
gipermatnli murojaatlar.
HTML – bu elektron matnli hujjatlarni formatlash maxsus tilidir. U
noma‟lum vositalar orqali ko„riladigan elektron hujjatlarni jihozlash
uchun maxsus yaratilgan. HTML tilida hujjat yaratish dasturlash kabidir.
115
HTMLda gipermatnli murojaatlar yaratish
uchun maxsus teglar
guruhi (maxsus kodlar) mavjud.
Gipermatnli murojaat – matnning
ajratilgan qismi bo„lib, u bilan boshqa Web-sahifaning tarmoq manzili
bog„langandir. Har bir Web-sahifa boshqa
Web-hujjatlarga murojaat
qiluvchi ko„plab murojaatlarga ega bo„lishi mumkin.
WWW muhitida ishlash uchun Web-sahifalarni ko„rish maxsus
vositasi zarur. Bunday dasturlar brauzerlar deb nomlanadi. Hozirgi
kunda bunday brauzerlarning bir necha turi mavjud. Masalan,
Internet
Explorer,
Opera,
Mozilla Firefox, Cherome va boshqalar.