31
va
Microsoft
Access
ko„proq taniqlilari hisoblanadi.
Guruhli axborot tizimlari
ishchi guruhlar a‟zolari tomonidan
axborotlardan jamoaviy foydalanishga yo„naltirilgan va asosan lokal
hisoblash tarmoqlari negizida quriladi. Bunday ilovalarni ishlab
chiqishda ishchi guruhlar uchun berilganlar bazasi serverlaridan
foydalaniladi (
SQL
-server deb nomlanadi). Ko„plab
SQL
-serverlar
mavjud: tijorat va erkin tarqatiluvchi. Ularning ichida quyidagi
berilganlar bazasi serverlari:
Oracle
,
DB2
,
Microsoft
SQL
Server
,
InterBase
,
Sybase
,
Inforqix
keng tarqalgan hisoblanadi.
Korporativ axborot tizimlari
ishchi guruhlar uchun tizimlarning
rivojlantirilgani bo„lib, katta kompaniyalarga yo„naltirilgan. Ular
masofaviy taqsimlangan bo„g„inlar va tarmoqlarni ta‟minlashi mumkin.
Ular asosan bir necha darajali iyerarxik tarkibga ega. Bunday
tizimlar uchun mijoz-server yoli ko„p darajali arxitektura xarakterli.
Bunday tizimlarni ishlab chiqishda guruhli axborot tizimlarini ishlab
chiqishda foydalanilgan berilganlar bazasi serverlaridan foydalanish
mumkin. Katta axborot tizimlarida
Oracle
,
DB2
va
Microsoft
SQL
Server
keng tarqalgan.
Guruhli va korporativ tizimlar uchun ma‟lumotlarning bajarilishi va
himoyalanganligiga talablar ortadi. Bu xossalar berilganlar bazasi
serverlarida ma‟lumotlar, muloqotlar va jo„natmalarning yaxlitligini
qo„llash orqali ta‟minlanadi.
Axborot tizimlarini tadbiq qiish sohasi bo„yicha ham guruhlash
mumkin. Shuni ta‟kidlab o„tish lozim-ki, bunday guruhlash yetarlicha
shartlidir. Ko„pincha katta axborot tizimlari yuqorida keltirib o„tilgan
barcha tizimlarni o„z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ axborot
tizimlari odatda bir necha turli sohalarda tadbiq qilishga mo„ljallangan
tizimostilaridan tashkil topadi.