47
Taktik modellar o„rta daraja boshqaruvi tomonidan mavjud
manbalarni taqsimlash va foydalanish ustidan nazorat o„rnatish uchun
qo„llaniladi. Ularni qo„llash mumkin bo„lgan muhitlar ichida
quyidagilarni ajratish mumkin:
moliyaviy rejalashtirish;
ishchilarga talablarni loyihalash;
savdoning o„sishini loyihalash;
korxonaning joylashuvi sxemasini qurish.
Bu modellar odatda korxonaning alohida qismlariga tadbiq qilinadi
(masalan, ishlab chiqarish va savdo tizimiga) va o„z ichiga
agryegirlangan ko„rsatkichlarni olishi mumkin. Taktik modellar bir
oydan ikki yilgacha bo„lgan davrni o„z ichiga oladi. Bu yerda ham
tashqari manbalardan ma‟lumot talab qilinishi mumkin, ammo asosiy
e‟tibor korxonaning ichki ma‟lumotlariga qaratilishi lozim.
Tezkor modellar boshqaruvning quyi darajalarida tezkor qarorlar
qabul qilish uchun qo„llaniladi va kun va haftalarda belgilanadi. Bu
modellarni tadbiq qilish o„z ichiga quyidagilarni oladi: debitorlik va
kreditorlik hisobotlari, ishlab chiqarish kalendarini loyihalash,
zahiralarni boshqarish va boshqalar. Tezkor modellardan korxona ichki
ma‟lumotlarini hisoblashda foydalaniladi. Ular optimallashgan va
universaldir (ya‟ni, turli korxonalarda qo„llanilishi mumkin).