MS Access – berilganlar bazasini boshqarish tizimi




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/97
Sana25.01.2024
Hajmi2,13 Mb.
#145719
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

MS Access – berilganlar bazasini boshqarish tizimi 
Berilganlar bazasi ma‟lumotlarga ishlov berish va tasvirlash uchun 
qo„llaniladigan jadval, forma, so„rov va hisobotlardan tashkil topgan. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


49 
MS Accessda bunday obyektlar bilan ishlash berilganlar bazasining 
oynasida amalga oshiriladi. Berilganlar bazsini yaratish quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
ma‟lumotlarni saqlash uchun jadval loyihalash va yaratish; 
ma‟lumotlar kiritish; 
axborotni ko„rish, tahrirlash va chiqarish uchun mo„ljallangan 
ombor boshqa elementlarini ishlab chiqish. 
Microsoft Accessda berilganlar maxsus obyektlar – jadvallarda 
saqlanadi. Masalan, bir jadval talabalar haqida ma‟lumotlarni, ikkinchisi 
ular qatnashadigan o„quv kurslari haqida ma‟lumotlarni saqlashi 
mumkin. 
Bu alohida jadvallarni birlashtirish zarur. Barcha jadvallar va ular 
o„rtasidagi o„zaro bog„lanish berilganlar bazasining asosini tashkil etadi. 
Jadvalda har bir ustun maydonni, ya‟ni axborot toifasini, har bir 
satr – yozuv, ya‟ni jadvalning bir elementini ifodalaydi. Har bir maydon 
faqat bir turga tegishli ma‟lumotlarni oz' ichiga olishi mumkin - matn, 
son, vaqt va h.k. Har bir yozuv faqat bir element haqida axborot saqlaydi 
(masalan, talaba haqida ma‟lumot yoki o„quv kursi). 
Microsoft 
Access 
turli 
xildagi ma‟lumotlarga beriladigan 
maydonlarga ega. Turli ko„rinishga ega bo„lgan matnlarni, sonlarni, kun, 
vaqt va pul birliklarini kiritish mumkin. Bulardan tashqari Windows 
dasturiga qo„yish mumkin bo„lgan ixtiyoriy obyektni yozish 
(animatsiya, ovoz, rasm, videoklip va h.k.) imkonini beruvchi maxsus 
tur (Obyekt OLE) maydonga ham ega. 
Microsoft Accessda berilganlar bazasining har bir jadvali qat'iy 
tarkibga ega, undagi barcha axborot o„z joyiga joylashgan bo„lishi kerak. 
Agar yozuvda qandaydir maydon bo„sh bo„lsa, Access bu joyda, 
hech qanday axborot bo„lmasa ham, bo„shliq belgisini ( _ ) tasvirlaydi. 
Aniq bir berilganlar bazaiga tegishli bo„lgan barcha obyektlarni 
Access katta bir faylda saqlaydi. Access dasturi bilan ishlaganda aynan 
shu fayl bilan ishlanadi. Bir berilganlar bazasi bilan bog„langan 
obyektlar: axborotlar saqlanuvchi jadvallar, ma‟lumotlarni ifodalash 
uchun forma va hisobotlar, turli ma‟lumotlarni so„rash uchun so„rovlar, 
ombor bilan ishlashni avtomatlashtirish uchun modul yoki makroslar 
bo„lishi mumkin. Omborda barcha obyektlar o„z turiga qarab tartiblanadi 
va berilganlar bazasi oynasining mos qo„yilmalarida tasvirlanadi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MS Access – berilganlar bazasini boshqarish tizimi

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish