• Berilganlar bazasini yaratish
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/97
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #145719
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

    Berilganlar bazasi bilan ishlash. Microsoft Access bilan ishlashda 
    birinchi qadam berilganlar bazasini yaratish hisoblanadi. Ish dasturni 
    ishga tushirishda ochiladigan Microsoft Access muloqot oynasidan 
    boslanadi. Agar tayyor berilganlar bazasi mavjud bo„lsa, Открыть 
    базу данных (Open an Exieting Database) qo„yilmasi tanlanadi va 
    muloqot oynasidan zarur berilganlar bazasi fayli tanlanadi. 
    Yangi berilganlar bazasi bo„sh bo„ladi, ya‟ni unda hech qanday 
    obyekt bo„lmaydi. Bazaning har bir obyekti foydalanuvchi tomonidan 
    yaratiladi. 
    Master (Мастер) yordamida berilganlar bazasini yaratish uchun 
    Access muloqot oynasida Запуск мастера qo„yilmasi tanlanadi va OK 
    tugmasi bosiladi yoki Файл / Создать (File / Create) buyrug„i 
    bajariladi. Bulardan tashqari [Ctrl]+[N] klavishlar kombinatsiyasi yoki 
    anjomlar panelida Создать базу данных (New Database) tugmasidan 
    foydalanish mumkin. 
    Tanlangan usuldan qat‟iy nazar, Access Создание (New) muloqot 
    oynasini ochadi. Базы данных qo„yilmasi yordamida zarur master 
    tanlanadi. Agar qandaydir berilganlar bazasi masteri tanlansa, 
    Просмотр (Priviev) sohasida grafik tasviri hosil bo„ladi. Accessda turli 
    maqsadlar uchun mo„ljallangan kolleksiyani (Музыкальная коллекция 
    (Music Collectoin), Фотоальбом (Picture Library), Каталог 
    видеозаписей (Video Collektoin)) boshqaruvdan buxgalterlik kitoblarini 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    52 
    yuritishgacha (Основные фонды (Asset Tracking), Личное имущество 
    (Inventory Control)) bo„lgan berilganlar bazasi masterlari mavjud. 
    Berilganlar bazasini yaratish boshqa barcha hujjatlardan farq qiladi – 
    ishning katta qismi kompyuterda emas, balki Accessni ishga tushirishdan 
    avval bajariladi. Berilganlar bazasini rejalashtirish bir necha ketma-ket 
    bosqichlardan tashkil topgan. 
    Birinchi bosqichda (maydon mazmunini aniqlash) berilganlar 
    bazasiga qanday axborotli maydonlar kiritilishi aniqlanadi. Bu 
    bosqichda rejaning elektron variantini yaratish va boshqarish uchun 
    Worddan foydalanish mumkin. Bunda ishlashda kerak bo„ladigan barcha 
    elementlarni ko„rsatishga harakat qilish zarur. Masalan, kitoblar haqida 
    ombor yaratishda kitob nomi, muallifi va mavzusi kiritilishi aniq. 
    Ammo, chiqarilgan yili, matbaa nomi, rasmlari soni, sahifalari soni, 
    narxi (agar zarur bo„lsa – boshqa davlatlardagi narxi), muqova turi va 
    h.k.larni ham qo„shish mumkin. 
    Ikkinchi bosqichda (maydonlardagi axborot turini aniqlash) har bir 
    maydonda saqlanuvchi axborot turi aniqlanadi. Access bir necha 
    variantlarni taklif qilsa ham, odatda matn, son va vaqt orasida tanlashga 
    to„g„ri keladi. 
    So„ngra berilganlar bazasi tarkibi rejalanadi. Ya‟ni, berilganlar 
    bazasida maydonlar qanday tashkillashtirilishi kerak? Maydonlar jadval 
    bo„yicha qanday va qaysi tartibda joylashishi hal qilinadi. 
    Agar bir qator yozuvlarda axborot ayrim maydonlarda takrorlansa, 
    bu maydonlarni alohida jadvalga joylash va bog‘lanish o‘rnatish zarur. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    53 
    Bu omborning hajmini kamaytiradi va ma‟lumotlar aniqligini oshiradi. 
    Masalan, bir matbaaga tegishli ko„plab kitob mavjud bo„lsa, axborotni 
    takroriy kiritish o„rniga Matbaa deb nomlanuvchi jadval yaratish 
    maqsadga muvofiq va har bir matbaaga kod belgilanadi. So„ngra 
    Kitoblar jadvalida kitob va matbaa o„rtasida bog„lanish o„rnatish uchun 
    kodini kiritish kifoya. 
    Maydonlarni tashkillashtirish va ularni bir yoki bir necha 
    jadvallarga taqsimlash, hamda bog„lanishlar yaratish normallashtirish 
    deyiladi. 
    Jadvalda har bir yozuvni aniqlovchi bir yoki bir necha maydon 
    birlamchi kalit yoki indeks deb nomlanadi. Indeksning mavjudligi 
    yozuvlarni tez saralash va topishda Accessga yordam beradi. Birlamchi 
    kalit sifatida foydalanuvchi maydon avtomatik ravishda tartiblanadi. 
    Birlamchi kalit va indekslar rejalashtirishning bir qismi bo„lishi 
    zarur va ular odatda jadval yaratishda ko„rsatiladi. 
    Access muhitida berilganlar bazasining boshqa obyektlari bilan 
    ishlashda yangi jadvalni yaratishni osonlashtirish uchun jadval 
    masteridan foydalanish mumkin. Jadval masteri biror berilganlar bazasi 
    shabloniga asoslangan yangi jadval yaratish bosqichida ketma – ket siz 
    bilan birga bo„ladi. Siz ishlamoqchi bo„lgan ma‟lumot turiga mos 
    jadvalni topasiz va zarur maydonlarni tanlaysiz. Jadval masteri 
    yordamida yangi jadval yaratish quyidagicha amalga oshiriladi. 
    Berilganlar bazasi oynasida Таблицы (Tables) qo„yilmasiga o„tiladi 
    va Создать (New) tugmasi bosiladi. Access Новая таблица (New 
    Table) muloqot oynasini ochadi. 
    Новая таблица muloqot oynasi ro„yxatidan Мастер таблиц 
    (Table Wizard) tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Access Jadval 
    masterining birinchi muloqot oynasini ochadi. 
    Образцы таблиц ro„yxatini varaqlab, kerakli bo„lgan jadval 
    tanlanadi. Bizning misolda Заказы (Orbers) jadvali tanlangan. 
    Образцы полей ro„yxatidagi ma‟lumotlar ko„rib chiqiladi. Yangi 
    jadval uchun kerakli maydonlar tanlanib, Поля новой таблицы (Fields 
    In My New Table) ro„yxatiga ko„chiriladi. 
    Ro„yxatga qo„shilgan maydonlar nomini o„zgartirish mumkin. 
    Buning uchun u tanlanadi va Переименовать поле (Rename Field) 
    tugmasi bosiladi. Access yangi nom kiritish uchun kichkina muloqot 
    oynasi ochadi. Yangi nom kiritilgandan so„ng OK tugmasi bosiladi. 
    Maydonlar tanlab bo„linganidan so„ng, Далее (Next) tugmasi 
    bosiladi. Jadval masterining ikkinchi muloqot oynasi ochiladi. Jadvalga 
    nom kiritilib, Далее tugmasi bosiladi. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    54 
    Agar berilganlar bazasi bir necha jadvaldan iborat bo„lsa, boshqa 
    jadvallar bilan bog„lanish muloqot oynasi ochiladi. Bunda yaratilayotgan 
    jadval bilan berilganlar bazasida mavjud bo„lgan ixtiyoriy jadval bilan 
    aloqa o„rnatish mumkin. Jadvaldan aloqani o„chirish yoki o„zgartirish, 
    qo„shish uchun ro„yxatda aloqa tanlanadi va Связи (Relationships) 
    tugmasi bosiladi. 
    Jadval masteri so„nggi oynasi jadval yaratilgandan so„ng qanday 
    ishlar qilmoqchi ekanligingizni ko„rsatish imkonini beradi: 
    jadval tarkibiga o„zgartirishlar kiritish; 
    jadval rejimida ma‟lumotlar kiritish; 
    ma‟lumotlar kiritish uchun Masterdan forma yaratishni talab 
    qilish. 
    Agar ma‟lumotlarni klaviaturadan kiritmoqchi bo„lsangiz, Accessga 
    forma yaratishni yuklang. Buning uchun kerakli ko„rsatkich tanlanadi va 
    Готово (Finish) tugmasi bosiladi. Master jadval yaratishni tugallaydi. 
    Jadvalning har bir maydoni o„z xossasiga ega. Xossa maydondagi 
    ma‟lumotlarni chiqarish, ularga ishlov berish, axborotning saqlanish 
    usullarini aniqlaydi. Ular tarkibiga: maydon nomi, ma‟lumot turi, va 
    boshqa bir qator parametrlar (masalan, maydon o„lchami, formati, 
    inzosi) kiradi. Agar kursor matn maydoni xossasida tursa, Access 
    oynaning o„ng quyi burchagida berilgan xossa haqida axborot chiqaradi. 
    F1 klavishini bosish bilan ko„proq axborot olish mumkin. Access 
    jadvalida har bir maydon uchun ma‟lumot turi tanlanishi lozim. 
    Ma‟lumot turini berish yoki o„zgartirish uchun zarur maydonning Тип 
    данных ustunida sichqoncha klavishi bosiladi va ochiluvchi ro„yxatda 
    yangi tur tanlanadi. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    55 
    Access maydonlari turlari 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish