Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/97
Sana25.01.2024
Hajmi2,13 Mb.
#145719
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

texnik, texnologik va uslubiy aspektlarni e‟tiborga olish zarur. 
Metodologik aspekt. Bu yerda asosiy muammo zamonaviy axborot 
texnologiyalari darajasiga mos keluvchi ta‟lim jarayonining asosiy 
printsiplarini ishlab chiqish hisoblanadi. Bu bosqichda yangi 
texnologiyalar sun‟iy ravishda an‟anaviy ta‟lim formalariga tayanadi. 
Shu sababli, ta‟limning har bir darajasiga asosiy talablarni shakllantirish 
uchun yangi yondashuvlarni topish zarur. Masalan, to„g„ri yozishning 
an‟anaviy talablari kompyuter imkoniyatlari bilan hisoblashmaydi va 
insonga xos bo„lgan erinchoqlik bunday ko„nikmalarning shakllanishiga 
to„sqinlik qiladi. Shunday misolni o„qish uchun ham keltirish mumkin. 
Bunday an‟anani chizmachilik va boshqa fanlarda ko„rish mumkin. 
Texnik jarayonni to„xtatish mumkin emasligi sababli yangi ta‟lim 
standartlarini tanlash juda muhim. 
Iqtisodiy aspekt. Axborot jamiyatining iqtisodiy asosi axborot 
sanoatining yo„nalishlari hisoblanadi (kompyuter, telekommunikatsiya 
va boshqalar). Axborot, axborot-texnologik va telekommunikatsion 
bozorlarni globallashtirish, telekommunikatsiyalar bo„yicha «elektron 
savdo»ni tadbirkorlik vositasiga aylantirish, xalqaro axborot sanoatini 
yetakchilari yuzaga kelishiga asolangan xalqaro «axborot iqtisodiyoti» 
ning shakllanish jarayoni sodir bo„lmoqda. 
Texnik aspekt. Hozirgi kunda alohida axborot texnologiyalarini 
amalga oshiruvchi ko„plab sonli dasturiy va texnik ishlanmalar 
yaratilgan va tadbiq qilingan. Ammo, bunda bir-biriga mos bo„lmagan 
texnik va dasturiy vositalar asosida turli uslubiy yondashuvlardan 
foydalaniladi. Bu esa uslubning ko„paytirilishiga va axborot manbalari, 
kompyuter texnikasi bilan muloqot qilishga to„sqinlik qiladi. Bundan 
tashqari, maktab va oliy o„quv yurtlari darajasida axborotlashtirishga 
bo„lgan turlicha yondashuv bir o„quv darajasidan ikkinchi darajaga 
o„tishda o„quvchilarga katta qiyinchiliklar tug„dirmoqda. O„quv 
vaqtining bir qismi zamonaviy kompyuter texnologiyalari asoslarini 
o„zlashtirishga sarf qilinmoqda. 
Shu sababli, regional va umumrespublika ta‟limida konseptual, 
metodologik va texnologik negizda yagona axborot sohasini 
www.ziyouz.com kutubxonasi


74 
shakllantirish doirasida o„quv jarayonining barcha ishtirokchilari 
harakatlarini birlashtirish zarur. Bu rejaning yangiliklaridan biri 
kompyuterlashtirish barcha tashkil etuvchilari va ta‟minot turlari bilan 
axborotlashtirish modelini ishlab chiqish hisoblanadi. Ta‟limda axborot 
tizimlarining 
ilmiy-texnik 
darajasi 
amaliy 
axborot 
tizimlariga 
qo„yiladigan talablarga mos keladi. Muammo metodologik savollarni 
qayta ishlashning yetarli darajada emasligidir. 
Texnologik aspekt. Axborot jamiyatining texnologik asosi 
telekommunikatsiya va axborot tizimlari hisoblanadi. Ular iqtisodiy 
o„sishni yuzaga keltiradi, jamiyatda katta hajmli axborot va bilimlarga 
erkin murojaat 
qilish 
uchun 
sharoit 
yaratadi, 
sotsial-iqtisodiy 
almashinuvlarga va axborot jamiyatining shakllanishiga olib keladi. 
Uslubiy aspekt. Zamonaviy axborot tizimlarining asosiy ustunliklari 
(ko„rgazmalilik, axborotlarni ifodalashning aralash formalari – 
ma‟lumotlar, grafik tasvirlar, stereoovoz, animatsiya, katta hajmli 
axborotlarga ishlov berish va saqlash, xalqaro axborot manbalariga 
kirish) ta‟lim jarayonini qo„llashning asosi bo„lishi lozim. 
Ta‟lim jarayonida axborot manbalarining samaradorligiga ta‟sir 
ko„rsatuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: 

Download 2,13 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish