Avtomatlashgan loyihalash tizimlari




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/97
Sana25.01.2024
Hajmi2,13 Mb.
#145719
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Avtomatlashgan loyihalash tizimlari 
Loyihalashni avtomatlashtirish har qanday ishlab chiqarish sohasida 
samarali masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, mashinasozlikda 
detallar, bo„g„inlar va tayyor mahsulotning sexda bo„lish vaqti bilan 
o„lchanuvchi korxonaning ishlab chiqarish sikli loyihalash boshlanish 
vaqtidan tayyor mahsulot chiqarishgacha bo„lgan vaqtning 1% ini 
tashkil etadi, qolgan 99%i konstruktorlik, tajribaviy-konstruktorlik va 
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga to„g„ri keladi. Ikkinchi 
tomondan 
avtomatlashgan 
loyihalash 
masalasini 
yechishning 
murakkabligi, aniq predmet sohasining turli-tumanligi bilan bog„liq. 
Avtomatlashgan loyihalash tizimlari (SAPR – системы автомати-
зированного проектирования) mahsulotlar yaratishning asosan 
quyidagi yo„nalishlarida qo„llaniladi: 
tekislikda chizish, hajmli modellashtirish va fotoreal 
vizuallashtirish uchun universal grafik paket; 
ilovalar yaratish uchun ochiq grafik muhit (turli sohalarda turlicha 
reja va texnik masalalarni yechish uchun SAPR); 
grafik redaktor va ilovalar grafik muhiti; konstruktorlik 
loyihalash ochiq muhiti; 
mutaxassis bo„lmaganlar uchun SAPR (uyda foydalanish uchun). 
Universal grafik paket darajasida SAPR-mahsulotning 
imkoniyatlarini 
AutoCAD 2000 (Rossiyada eng keng tarqalgan chizmachilik paketi) 
misolida ko„rish mumkin. Autodesk firmasi tomonidan yaratilgan yangi 
ishlanmaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
samaradorlikni pasaytirmagan holda bir seansda bir necha chizma 
fayllari bilan ishlash imkoniyati; 
qirra va yoqlar darajasida qattiq tanali obyektlarni tahrirlash 
imkonini beruvchi modellashtirish vositalarining mavjudligi; 
obyektlar xossalariga murojaat qilish mumkinligi; obyektlarni 
turlari va xossalari bo„yicha tanlash, guruhlash va filtrlash 
mumkinligi; 
bloklarni yaratish va tahrirlash texnologiyasining mavjudligi; 
ekranda tasvirlash bilan birga chiziqlarning qalinligini 
www.ziyouz.com kutubxonasi


79 
boshqarish; bloklar, tashqi jo„natmalar, tasvir va chizma fayllari 
bilan ishlash uchun drag-and-drop texnologiyasining yangi 
interfeysi – DesignCenterning qo„shilishi; 
chop qilishga chiqarmasdan, qatlamlar bilan ishlash 
imkoniyatining mavjudligi; 
simli karkasdan bo„yashgacha bo„lgan vizuallashtirishning bir 
necha rejimi mavjudligi; 
yaratishda va tahrirlashda kiritishning aniqligini ta‟minlash 
vositalarining mavjudligi; 
chizmalarni birlashtirish va chop qilishga chiqarish imkoniyati; 
o„lchamlar va o„lcham stillari bilan ko„rgazmali ishlash; 
koordinata tizimlari va ko„rinishlarni boshqarish vositalarining 
mavjudligi; 
chizmaga gipermurojaat qo„yish mumkinligi; tashqi berilganlar 
bazalari bilan ishlash; 
Visual LISP va Visual Basic redaktorlari yordamida sozlash 
vositalarining mavjudligi; 
talqinlarning mosligi (DWG AutoCAD R14, R13 va DFX AutoCAD 
R14, R13, R12 formatlarda). 
Mutaxassislarning baholashlariga ko„ra AutoCAD 2000 2D/3D o„rta 
narx toifasida universal grafik paket hisoblanadi. 
SAPRning radioelektronika soxasida qo„llanilishiga to„xtalib 
o„tamiz. Radioelektronika keng ilmiy-texnik soha hisoblanadi, shu 
sababli radioelektron apparatlarni (REA) loyihalash muammosiga 
to„xtalamiz. 
REAni loyihalash sohasida SAPRga qo„yiladigan asosiy talablar 
quyidagilardan iborat bo„ladi: 
REA loyihalash barcha kompleks masalalarini yechish: tarkibiy, 
funksional va printsipial sxemalarni kiritish; hisoblashlarni 
bajarish; 
modellashtirish; apparaturalarni loyihalash; ishlab chiqarishning 
texnologik tayyorgarligi va uni tayyorlash; 
elementlar va bo„g„inlar to„liq kutubxonasining, ko„plab 
parametrlarni jamlagan va yengil o„zgartirish imkoniyatiga ega 
bo„lgan signal va shovqinlar generatorlarining mavjudligi; 
GOST va ma‟lumotlar omborlari ma‟lumotnomalarining 
mavjudligi; 
zarur hisoblashlarni amalga oshirish (ishchi rejimlar, 
ishonchliligi, quvvati va boshqa parametrlar); 
www.ziyouz.com kutubxonasi


80 
boshqa informatsion tizimlardan axborotni import va eksport 
qilish imkoniyati; 
turli periferiyani qo„llash. 
REAni loyihalash jarayonini bosqichlarga (tizimli, sxemali, loyihali, 
texnologik, ishlab chiqarish), loyihalanayotgan REAni esa darajalarga 
(tizim, tizim osti yoki apparatura, anjom, blok, katakcha yoki bo„g„in) 
bo„lish qabul qilingan. Bunday bo„linishdan kelib chiqadiki, SAPR 
barcha bosqichlar va loyihalash darajalarini to„liq hajmda ta‟minlashi 
lozim. Ammo, amaliyotda bunday yondashuv to„liq amalga 
oshirilmagan. 
Oxirgi yillarda mutaxassis bo„lmaganlar uchun SAPR (uyda 
foydalanish uchun) katta qiziqish uyg„otmoqda. Ulardan foydalanish 
sohalari: individual qurilish, havaskorlik modellashtirish va loyihalash 
va boshqalar. Bunday sinfga qo„yiladigan aosiy talablar-qoniqarli narh 
va kompyuter manbalariga talablarning katta emasligi. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash sohasida ochiq muhitlarni qo„llash 
samarali hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi loyihalash jarayonini 
avtomatlashtirish hisoblanadi (loyihalanayotgan obyekt tarkibini tanlash, 
zarur hisob-kitoblar va h.k). Bunday yondashuvni amalga oshirishga 
grafik qobiq ko„rinishida amalga oshirilgan almashuvchi muammoga 
yo„naltirilgan DiaCAD (SPRUT-texnologiyalar) misol bo„la oladi. 
Ammo DiaCAD SPRUT-texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi 
va berilgan predmet muhitida loyihalash jarayonini formallash amalga 
oshirilgan hollarda qo„llaniladi. Mumkin bo„lmagan joylarda esa, taniqli 
grafik redaktorlarida kabi, interfaol chizma vositalari qo„llaniladi. 
DiaCADning imkoniyatlari yechiladigan masalalar ro„yxati bilan 
aniqlanadi: 
GOST talablariga rioya qilgan holda chizmalarni tezkor ishlab 
chiqish; 
iyerarxik grafik ma‟lumotlar omborlarini yaratish va foydalanish; 
intellektual tahrirlash (o„lchamlari qiymatlarini o„zgartirish yo„li 
bilan chizmani tahrirlash); 
dasturlashsiz parametrlangan dasturlarni olish. 
DiaCADni funksional jihatdan ikki qismga ajratish mumkin: grafik 
berilganlar bazasi administrator muhiti va konstruktor muhiti. 
Grafik berilganlar bazasining administrator muhiti iyerarxik grafik 
berilganlar bazasi bilan ishlash uchun mo„ljallangan va quyidagi 
masalalarini yechish imkonini beradi: 
ixtiyoriy iyerarxik tartibli berilganlar bazasini yaratish; chizmani 
www.ziyouz.com kutubxonasi


81 
tezkor ko„rish; 
bir chizmadan ikkinchisiga ma‟lumotlarni ko„chirish; 
chizmani graf quruvchi yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish. 
Konstruktor muhiti chizmalar va geometrik modellar yaratish va 
tahrirlash imkonini beradi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish