• Uslubiy vositalar
  • Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/97
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #145719
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

    Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari 
    Ma‟lumotlarni olish, ishlov berish, tahlil qilish, vizuallashtirish 
    saqlash masalalarini birlashtiruvchi boshqaruvni shartli ravishda oltita 
    vaqtli avlod (bosqich)ga ajratish mumkin. 
    Birinchi avlod (e.a. 4000-yillardan – 1900-yilgacha), taxminan, olti 
    ming yil mobaynida axborotlarni ifodalashda loyli jadvallardan 
    papirusga, so„ngra pergamentga va nihoyat qog„ozga o„tish kuzatilgan. 
    Ma‟lumotlarni ifodalashda ko„plab yangiliklar kiritilgan: fonetik 
    alifbolar, bayonlar, kitoblar, kutubxonalar, chop qilish nashriyotlari. Bu 
    katta yutuq bo„lgan, ammo bu davrda axborotlarga ishlov berish qo„lda 
    amalga oshirilgan. 
    Ikkinchi avlod (1900 – 1955-yillar) perfokartalar texnologiyasi bilan 
    bog„liq bo„lib, undagi ma‟lumotlar ikkilik tarkib ko„rinishida 
    ifodalangan. Katta hajmdagi qog„ozli axborot manbalarining hajmini 
    kamaytirishga erishilgan. 
    Uchinchi avlod (yozuvlarga ishlov berish dasturlangan qurilmalari, 
    1955– 1965-yillar) har biri o„n minglab perfokartalardagi axborotlarni 
    saqlashi mumkin bo„lgan magnit lentalar texnologiyasining yuzaga 
    kelishi bilan bog„liq. Axborotlarga ishlov berish uchun saqlanuvchi 
    dasturli va sekundiga yuzlab yozuvlarga ishlov bera oluvchi elektron 
    kompyuterlar ishlab chiqildi. Yangi texnologiyaning asosiy jihati 
    dasturiy ta‟minot bo„ldi. Uning yordamida oson dasturlash va 
    kompyuterdan foydalanish mumkin bo„ldi. Paketli ishlov berish 
    kompyuterlardan samarali foydalanish imkonini yaratdi. Ammo, uning 
    ikkita muhim kamchiligi bor edi: asosiy faylga ishlov bergunga qadar 
    xatoliklarni aniqlay olmaslik va joriy axborot haqida tezkor bilimning 
    mavjud emasligi. 
    To„rtinchi avlod (tezkor berilganlar bazasi, 1965 – 1980-yillar) 
    tezkor jo„natmali berilganlar bazasini qo„llashga asoslangan interfaol 
    rejimda ma‟lumotlarga tezkor kirishni tadbiq qilish bilan bog„liq. Tezkor 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    83 
    berilganlar bazasi ma‟lumotning har qanday elementiga sekundning 
    ulushlarida kirishni ta‟minlovchi magnit disk yoki barabanlarda 
    saqlanadi. Bu qurilmalar va ma‟lumotlarni boshqarish dasturiy ta‟minoti 
    dasturlarga bir necha yozuvlarni o„qish, ularni o„zgartirish va yangi 
    qiymatlarni tezkor foydalanuvchiga qaytarish imkonini berdi. 1980- 
    yillarga kelib, yozuvlar to„plamiga yo„naltirilgan, ma‟lumotlarning 
    tarmoq modeli juda ommaviylashib ketdi. Ammo, yo„naltiruvchi 
    dasturiy 
    interfeys 
    darajasi 
    yuqori 
    emas 
    edi. 
    Bu 
    axborot 
    texnologiyalarining yanada yangilanishiga turtki bo„ldi. 
    Beshinchi avlod – relyatsion berilganlar bazasi: «mijoz-server» 
    arxitekturasi (1980 – 1995-yillar) quyi darajali interfeys uchun muqobil 
    yechim bo„ldi. Relyatsion modellar aloqa va mohiyatni bir xilda taqdim 
    etishdan iborat. Ma‟lumotlar relyatsion modeli ma‟lumotlarni aniqlash, 
    boshqarish universal tiliga ega. Bu yo„nalishdagi ishlar standart sifatida 
    qabul qilingan SQL tilining yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda 
    berilganlar bazalarining barcha tizimlari SQL interfeysini ta‟minlaydi. 
    Bundan tashqari, barcha tizimlarda bu standart chegarasidan tashqariga 
    chiqqan o„zining kengaytmalari mavjud. Berilganlar bazasiga parallel 
    ishlov berish relyatsion modellarning ikkinchi kutilmagan ustunligi 
    bo„ldi. Relyatsion model kompozitsiya bo„yicha berk amallar to„plamini 
    o„z ichiga oladi: har bir amal kirishda nisbat oladi va qiymat sifatida 
    nisbat chiqaradi. Shu sababli, relyatsion amallar bir amalning chiqishini 
    navbatdagi amalning kirishiga yo„naltirish yo„li bilan konveyerli 
    parallelizm imkoniyatini taqdim etadi. 
    Oltinchi avlod (mul‟timediali berilganlar bazasi, 1995-yildan) 
    an‟anaviy son va belgilarni saqlashdan murakkab harakatli 
    ma‟lumotlarni olgan relyatsion-obyektga o„tish bilan bog„liq. Internet 
    mijozlari va serverlari u yoki bu turdagi ma‟lumotlarni saqlovchi, ishlov 
    beruvchi va tasvirlovchi applet va «xelper»larni qo„llash asosida 
    qurilmoqda. Appletlar ovoz, video, elektron jadvallar va grafikani 
    boshqaradi. Bunday appletli ma‟lumotlarning har qanday turi uchun 
    sinflar kutubxonasi mavjud. 
    Endi biz turli xil ma‟lumotlarni saqlovchi (hujjatlar, grafika, ovoz 
    va video namunalari) oltinchi avlod tizimlari boshlanishida turibmiz. Bu 
    oltinchi avlod tizimlari Internet va Intranet sahifalarida ma‟lumotlarni 
    saqlashning negiz vositalarini ifodalaydi. 
    Axborot bilan ishlash anjomiy ombori (qurilmalar, stanoklar, 
    anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish vositalari 
    hisoblanadi. Ularni quyidagilarga ajratish mumkin: uslubiy, axborot, 
    matematik, algoritmik, texnik va dasturiy. Uslubiy vositalar axborot 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    84 
    texnologiyalarini ishlab chiqish va ishga tushirishdagi talablarni 
    aniqlaydi. Axborot esa dasturiy va texnik mosligini ta‟minlaydi. Axborot 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish