Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/97
Sana25.01.2024
Hajmi2,13 Mb.
#145719
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Geoaxborot texnologiyalar 
Hozirgi kunda yangi axborot texnologiyalarining talablariga ko„ra, 
elektron kartada axborotni tasvirlash zarurati bilan bog„liq bo„lgan, 
ko„plab boshqaruv tizimlari yaratilmoqda va faoliyat ko„rsatmoqda. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


87 
Ularga quyidagilarni keltirish mumkin: 
geoaxborot tizimlari; 
hududiy boshqaruv tizimlari; 
loyihalash tizimlari; 
harbiyga mo„ljallangan tizimlar va boshqalar. 
Bu tizimlar biror bir amaliy muhitda (geografik, iqtisodiy va 
boshqalar) faoliyat ko„rsatayotgan texnik va ijtimoiy tizimlar faoliyatini 
boshqaradi. 
Biror bir vaziyatni kompyuter ekranida grafik taqdim etish 
deyilganda, turli grafik namunalarning tasvirlanishi tushuniladi. 
Geoaxborot ko„rinishlarni amalga oshirishda asosiy muammo aniq 
predmet sohasini formal bayon etishning qiyinligi va uni elektron 
kartada tasvirlash hisoblanadi. 
Shunday qilib, geoaxborot texnologiyalar amaliyotga fazoviy-vaqtli 
ma‟lumotlar bilan ishlashning usul va vositalarini keng tadbiq qilish 
uchun mo„ljallangan. Bunda ma‟lumotlar elektron kartalar videotizimi 
va turli toifa foydalanuvchilar uchun turli xil axborotlarga ishlov 
berishga yo„naltirilgan vositalarini taqdim etadi. 
Geoaxborot texnologiyalarning geometrik axborotni o„z ichiga 
olgan va fazoviy aspektlarini aks ettiruvchi ma‟lumotlari asosiy sinfi 
koordinata ma‟lumotlari hisoblanadi. Koordinata ma‟lumotlarining 
asosiy turlari: nuqta (tugunlar, cho„qqilar), chiziq (ochiq), kontur (berk 
chiziq), poligon (maydon). Amaliyotda real obyektlarni qurish uchun 
ko„plab ma‟lumotlardan foydalaniladi (masalan, osilgan bo„g„in, normal 
bo„g„in, qoplash, qat va h.k.). Geoaxborot texnologiyalarni qo„llash, 
ma‟lumotlarni fazoviy taqdim etish uchun asosiy grafik muhit 
hisoblanadi. Uning asosini vektorli va rastorli (katakli) modellar tashkil 
etadi. 
Geoaxborot tizimlarni loyihalashning asosiy jihati modelning 
o„lchamliligi hisoblanadi. Geoaxborot tizimlarda ikki (2D) va uch (3D) 
o„lchamli koordinatalar modelidan foydalaniladi. Ikki o„lchamli 
modellardan elektron kartalar qurishda, uch o„lchovli modellardan esa, 
geologik jarayonlarni modellashtirishda, injenerlik qurilmalarini 
loyihalashda (suv omborlari, to„g„onlar, karyerlar va h.k.) foydalaniladi. 
Geoaxborot texnologiyalar elektron kartalar tuzishda, shahar 
xo„jaligi, davlat yer kadastri, ekologiya, iqtisod sohalarida, harbiyga 
mo„ljallangan maxsus tizimlarda keng qo„llaniladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


88 

Download 2,13 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish