O‘qish uchun qurilma CD-ROM (Compact Disk-Read Only Memory
– kompakt-disk, faqat o„qish uchun mo„ljallangan) faqat optik kompakt-
disklarda yozilgan audio, video va raqamli axborotni o„qish uchun
xizmat qiladi. Bunday qurilmalarning muhim tavsifi tezligi va sig„imi
hisoblanadi. Bir kompakt-diskning sig„imi 700 Mbayt (taxminan 260 000
ga yaqin matn sahifasi) axborotga yetishi mumkin. Ikkinchi tavsifi
kompakt-diskdagi axborotga kirish tezligi bilan aniqlanadi. O„qish
qurilmasi tezligi bir tezlikli qurilmadan 8 marotaba katta. Hozirgi kunda
54-tezlikli CD-ROM qurilmalari mavjud.
CD-R (Compact Disk-Recordable) – axborotni kompakt-diskka
yozish uchun maxsus qurilma. CD-ROMdagi axborotlarni qayta yozish
mumkin emas. Axborotni ko„p marotaba yozish uchun magnitli optik
kompakt-disklardan (CD-RW) foydalaniladi, ammo ular odatdagi
disklardan qimmat turadi.
Egiluvchan magnit diskli yig‘uvchilar (EMDY) egiluvchan magnit
disklarga axborotlarni yozish va o„qish uchun xizmat qiladi. Ular
birinchi navbatda katta bo„lmagan hajmli axborotlarni bir kompyuterdan
ikkinchisiga ko„chirish yoki uzoq muddatli saqlash uchun mo„ljallangan.
Egiluvchan magnitli disklar geomyetrik tuzilishi, konstruktiv bajarilishi
va sig„imi bilan farqlanadi. Disklar ikki diametrda bo„ladi: 5,25 va 3,5
dyuym. (1 dyuym taxminan 2,54 sm ga teng). Egiluvchan magnitli disk
birinchi bor ishlatilishidan avval formatlanishi lozim.
EMDY ning ustunliklari: sodda, arzon, axborotni ko„p marta qayta
yozish imkoniyati, qo„shimcha apparat vositalarini talab qilmasligi (Har
bir shaxsiy kompyuter kamida bitta EMDYga ega). Kamchiliklari: kichik
hajm, tezkorlikning pastligi.
Sichqoncha (Monipulyator) – kursorni ekranning kerakli nuqtasiga
qo„yish, obyektlarni tanlash va monitor ekranida boshqa harakatlarni
(ekran klavishlarini bosish, menyu holatini tanlash, chizish va h.k.)
bajarish
imkonini
beruvchi
qurilma.
Sichqonchalar
ikki
xil
konstruktsiyaga ega: ikki yoki uch klavishli. Ko„proq chap klavishdan
foydalaniladi (uning bosilishi bilan kursor ko„rsatgan obyekt ustida amal
www.ziyouz.com kutubxonasi
99
bajariladi). O„ng klavish kam ishlatiladi (ayrim dasturlarda, masalan,
Windows da uning bosilishi bilan aniq bir menyu chaqiriladi).
Klaviatura foydalanuvchi dastur yoki operatsion tizim bilan
ishlayotganda axborotlarni va buyruqlarni kompyuterga kiritish uchun
mo„ljallangan. Klavishlar soni va joylashuvi turli klaviaturalarda turlicha
bo„lishi mumkin. Asosan 101 klavishli klaviaturalar qo„llaniladi. Harfli
klavishlar lotin yoki rus (yoki boshqa millat) alifbosi harflarini kiritish
uchun xizmat qiladi. Bir tildan ikkinchi tilga o„tish ko„pincha bir vaqtda
maxsus tugmalarni bosish bilan bajariladi. Milliy alfavitlarni qo„llash
odatda maxsus dastur – klaviatura drayverlari orqali amalga oshiriladi.
Masalan, bu maqsadlar uchun ayrim hollarda [Alt]+[Shift] klavishlar
kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Monitor (displey) insonning kompyuter bilan tezkor muloqotida
matnli va grafik axborotlarni ekranda tasvirlash uchun mo„ljallangan.
Ekranda ko„rish mumkin bo„lgan tasvir sifati monitorning xossalari,
shaxsiy kompyuterning tizim magistraliga monitorni ulab beruvchi
adapter (videokarta)ning tavsiflari bilan aniqlanadi.
Monitor va adapterlarning tavsiflarini aniqlovchi bir necha standart
mavjud: CGA, EGA, VGA, SVGA. Bu belgilashlardan monitor va karta
turini aniqlash uchun foydalaniladi. CGA va EGA standartlari eskirgan
hisoblanadi va hozirgi kunda ko„proq SVGA standarti qo„llaniladi.
SVGA monitorlarining asosiy tavsiflari:
ranglilik (rangli va monoxrom);
diagonal bo„yicha ekran o„lchami (14 dan 21 dyuymgacha);
ekranda nuqtalar qadami (0,25 dan 0,28 mm.gacha, qadam qancha
kichik bo„lsa, tasvir shuncha sifatli bo„ladi);
maksimal yechim qobiliyati (640 x 480 dan 1600 x 1280
nuqtagacha);
vertikal razvertka chastotasi (72 Gts.dan kam bo„lmagan tavsiya
qilinadi, kam chastotada tasvirning yonib o„chishi sezilarli
bo„ladi, bu ko„zning toliqishiga olib keladi);
biologik himoyalanganlik (monitor zararli nurlanishlar maksimal
darajasini aniqlovchi MPRII standartiga mos kelishi lozim).
Chop qilish qurilmalari (printerlar) hujjatlar, matnlar, rasmlar
nusxalarini qog„ozga yoki maxsus plyonkalarga (masalan, diaproektorda
foydalanish uchun) olish uchun mo„ljallangan. Ishlash tezligi va
olinayotgan hujjat sifatiga ko„ra chop qilish qurilmalari uch turga
bo„linadi: matritsali, siyohli va lazerli.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, printerning muhim tavsiflari
www.ziyouz.com kutubxonasi
100
ishlash tezligi, chop qilish sifati va narhi hisoblanadi.
Matritsali printerlar asosan matnli hujjatlarni chop qilish uchun
mo„ljallangan. Bunda rasmlarni ham chop qilish mumkin, ammo sifati
juda past bo„ladi. Bunday printerlar juda arzon turadi va sarf materiallari
uchun kam xarajat qilinadi (har zamonda lyentani almashtirish zarur).
Ma‟lumotlar bilan ishlash uchun qo„llaniladigan texnik vositalar va
ularning qismlari quyidagilardan iborat:
сho„ntak kompyuterlari: Compaq, Rison, Palm va boshqalar;
protsessorlar: AMD Atlon, AMD Duron, Intel Celeron, Intel Pentium III,
Intel Pentium IV, VIA Cyrix III (C3) va boshqalar; monitorlar:
suyuqlik-kristalli;
grafik stansiyalar: Desten (bir protsessorli), MultiCo (bir va ikki
protsessorli);
printerlar: lazerli va yorug„lik diodli: HP Laserjet, Oki Oki Page,
Lexmark va boshqalar; siyohli: HP Deskjet, Epson Stylus Color, Canon
BJ, Lexmark Z va boshqalar;
skanerlar: Agfa e, HP Scanjet, Umax Astra va boshqalar; tizimli
platalar: ASUSTeK, MSI, GigaByte va boshqalar;
videoadapterlar: ASUS V, ATI Radeon, Matrox, 3dfx Voodoo 5 va
boshqalar;
ovoz platalari: Platinum, Diamond Monster, Creative Lads Sound
Blaster va boshqalar;
modemlar: US Robotics Courier 56 K, ZyXEL Omni Pro, D-Link- DFM
56 K va boshqalar;
sichqonchalar: Genius (KYE System), Microsoft, Logitech va
boshqalar;
DVD-ROM disk yurituvchilar: Pioneer, Hitachi GD, Creative Labs PC-
DVD Encore va boshqalar;
tashqi disk yurituvchilar: CD-RW Iomega Predator, Iomega ZIP,
CD-RW HP va boshqalar
raqamli kameralar: Nikon, Olympus Camedia, Canon va boshqalar;
videomontaj uchun platalar: Pinnacle Systems DV500plus, Matrox
RT2000 va boshqalar;
MP3-pleyerlar: Lenoxx MP-786, I&C Co, Ltd. MPMaster IM-600B,
Winstar Eline MP3P-CD, Iomega HipZip va boshqalar;
TV-tyurnerlar: Pinnacle Systems Studio PCTV, ATI-TV Wonder VE,
Eline TVMaster va boshqalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|