9. Internet xalqaro tarmog‘i
Internet tushunchasi
Barcha tarmoqlarni bir necha turga ajratish mumkin (hududiy
jihatdan):
lokal hisoblash tarmog„i (LAN) – bir yoki bir nechta binolarda
joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tizim;
hududiy (hududiy hisoblash tarmog„i (WAN)) – bir nechta
hisoblash tarmoqlarini birlashtirishdan hosil bo„ladi. Ayrim
hollarda hududiy tarmoq global hisoblash tarmog„i deb ham
yuritiladi;
Internet – supertarmoq yoki tarmoqlar tarmog„i. Bunday
nomlanish shuning bilan izohlanadiki, Internet 100 dan ortiq
davlatlardagi o„n minglab kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi.
Internet – axborotlarni qidirish, saqlash va uzatish uchun ajoyib
tarmoqdir. Bu hayotimizning axborot loyihasidir.
Uning xizmat doirasi keng:
ilm va san‟at, tijorat va siyosat;
o„qish va ish, dam olish va ko„ngilochar o„yinlar;
ajoyib insonlar bilan uchrashuvlar, xizmat sohasi va boshqalar.
Internetning barcha axborotlari elektron ko„rinishda taqdim
etilgan.
Internet – jahon bo„yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan
yaxlit tarmoq bo„lib, unda yagona «til» – andoza-qoidalar majmui
asosida axborot almashadilar. Uning nomi «tarmoqlararo» degan
ma‟noni anglatadi. Umuman olganda Internetni tarmoqlarning tarmoqi
sifatida qabul qilish to„g„ri bo„ladi.
Internet unga ulangan tarmoqqa kiruvchi kompyuterlarning o„zaro
ma‟lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet davlat
buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan
faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida o„tgan asrning 60-yillari oxirida
(yanada aniqroq aytadigan bo„lsak, 1969-yilning 2-yanvarida) AQSh
www.ziyouz.com kutubxonasi
108
mudofaa vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang„ich
tarmoq ARPANet bo„lib, avvalo Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 ta
kompyuterni o„zaro bog„lagan. 1972-yilda ARPANet tajriba tarmog„i
namoyish etiladi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo„lib, barcha
kompyuterlar teng huquqli bo„lishga va resurslarga faqat murojaat
qilishga mo„ljallangan dasturiy ta‟minot yordamidagina kirish mumkin
bo„lgan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib 80-yillar oxirida (1987-yil
NSFNet Backbon) AQSh milliy ilmiy jamiyatning ixtiyoriga topshirildi va
NSFNet (National Science Foundation (NFS) – Milliy ilmiy fond)
shaklida rivoj topdi. Bu davrda boshqa davlatlarda ham milliy tarmoqlar
shakllana bordi. Asta-sekin turli davlatlarning kompyuter tarmoqlari
birlasha bordi va 90-yillarga kelib hozirgi Internet tarmog„i shaklandi.
Internetdan foydalanishda quyidagi tendentsiyalar kuzatildi:
1981-yilda 213 ta kompyuter;
1983-yilda 562 ta kompyuter;
1986-yilda 5089 ta kompyuter;
1992-yilda 727000 ta kompyuter;
1995-yilda 20 mln.dan ortiq kompyuter.
Bundan ko„rinib turibdi-ki, Internet tarmog„iga ulangan
kompyuterlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Internetga egalik qilish huquqi hech kimga berilmagan, ya‟ni turli
davlatlar vakillaridan tashkil topgan BMTga o„xshash maxsus nazorat
qiluvchi tashkilotlar yo„q. 1998-yilda Amerika hukumati Internetga
tegishli bo„lgan masalalarni yechish (foydalanuvchilarning huquqilarni
himoyalash, intellektual mulkni himoyalash, ta‟magirlikka qarshi kurash
va h.k.) uchun bir nechta notijorat tashkilotlarini tashkil qilishni taklif
qildi. Natijada Internet Corporation for Assigned Names & Numbers
(ICANN) tashkiloti yuzaga keldi.
Internet XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu
kashfiyot tufayli jahondagi millionlab kompyuterlar yagona tarmoqqa
birlashtirildi. Bosh kompyuterni internet tarmog„iga ulash uchun
joylardagi internet ishini boshqaruvchi tashkilotga murojat qilinishi
kerak.
Kompyuterni internetga yuklash uchun dastlab telefon tarmog„i
orqali internetda xizmat ko„rsatadigan provayder serveriga ulanish kerak
bo„ladi. Ulanish vaqtida kompyuterda mijozning ismi (login) va paroli
kiritilishi talab qilanadi. Agar kiritilgan ism va parol to„g„ri bo„lsa,
mijozning kompyuteri provayder serveriga ulanadi. Ulanish va uning
tezligi xaqida ma‟lumot oynasi hamda kompyuterning topshiriqlar
jadvalida oldinma-keyin joylashgan kompyuterlar tasviri paydo bo„ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
109
Ushbu jarayonlar to„g„ri bajarilgandan so„ng, istalgan biror-bir brauzer-
dastur yordamida Internet tarmog„iga ulaniladi. Agar aloqa o„rnatilmay
qolsa, aloqa o„rnatilmaganligi haqida xabar beruvchi oyna paydo
bo„ladi. Bunday xolda aloqani o„rnatish uchun yuqoridagi jarayon qayta
takrorlanadi.
Internet tarmog„ida barcha mavjud bo„lgan aloqa tarmoqlaridan
foydalanilmoqda: past tezlikdagi telefon tarmoqlaridan yuqori tezlikdagi
raqamli
sputnik
kanallarigacha.
Internet tarmog„ida ko„plab
kompyuterlar Unix yoki VMS operatsion tizimlarida ishlamoqda. Bundan
tashqari, NetBlazer yoki Cisco turidagi maxsus tarmoq marshrutizatorlari
taqdim etilgan. Internetda «WWW» nom tarkibiga kiruvchi manbalar
ko„pchilikni tashkil etadi. Yuqori darajaning eng katta domeni «COM»
hisoblanadi va u 3,96 mln.dan ortiq saytga ega bo„lib, saytlar umumiy
sonining 25% ini tashkil etadi. Hozirda EDU, NET, Japan, NIL domenlari
ham tez kengayib bormoqda.
Internet turli korxona va tashkilotlarga tegishli bo„lgan ko„plab
lokal va global tarmoqlardan tashkil torgan. Bu tarmoqlar o„zaro turli
aloqa tarmoqlari orqali bog„langan. Internetni turli kattalikdagi
tarmoqlardan tashkil topgan va o„zaro bir-biri bilan xabar, fayl va
boshqalar jo„natib, faol aloqada bo„lgan mozaika ko„rinishida tasavvur
qilish mumkin.
Internet tarmog„ini tashkil etuvchi negiz kompyuterlar xostlar (Host)
yoki tarmoq bo„g„inlari deyiladi. Bunday kompyuterlar o„rtasida aloqa
24 soat mobaynida davom etadi. Ular ilmiy va o„quv binolarida,
korxonalarda, katta firmalarda va boshqa korxonalarda joylashgan.
Tarmoq bo„g„inlari o„rtasida aloqa shisha tolali, sputnikli, radioreleli va
telefon kanallari orqali amalga oshiriladi.
Internet ko„pqavatli tarkibga ega. Asos tarmoqda yuqori tezlikdagi
optik bog„lanish kanallaridan foydalaniladi. Unga lokal tarmoqlar va
kompyuterlar bilan o„zaro aloqalarni ta‟minlovchi hududiy tarmoqlar
ulangan. Lokal tarmoqlar va kompyuterlar Internet provayderlari
deyiladi.
Internet provayderi – bu Internet xizmatini taqdim etuvchi firma yoki
tashkilot. Internetda ishlash sifati va qulayligi provayderga bog„liq.
Yaxshi provayderni tanlashda quyidagi qiyinchilar mavjud:
1.
Internet xizmati to„plami va ularning narxi.
2.
Provayder bilan aloqaning sifati (provayderning kirish
tarmoqlarida qanday modem o„rnatilgan – sifatli modemlar
aloqani ishonchliroq ta‟minlaydi);
3.
Internetning boshqa provayderlari bilan o„tkazuvchanlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
110
qobiliyati.
4.
Ma‟lumotlarni uzatishda bog„lanish tezligi.
5.
Texnik yordam va maslahat xizmatining mavjudligi yoki mavjud
emasligi.
2005-yilga kelib O„zbekistonda provayderlar soni salkam 600 taga
yetdi. Internet tarmog„idan foydalanuvchilar soni esa 780 ming nafarni
tashkil etdi. To„rt mingga yaqin o„zbek saytlari ro„yxatdan o„tkazildi.
|