119
mavjud bo„lmaydi. Rasm ko„rinishidagi ma‟lumotlar ustida faqatgina
uning nomi yoki turi bo„yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko„pgina
internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko„rinishidagi ma‟lumotlarni
qidirish uchun alohida bo„limga ega bo„lib, bu bo„lim orqali ixtiyoriy
turdagi rasmlarni ularning nomlari bo„yicha qidiruvni amalga oshirish
mumkin.
Internet tamog„ida matnli yoki rasm ko„rinishidagi ma‟lumotlardan
tashqari
musiqa va
video ma‟lumotlarning ham ko„plab manbalari
mavjud. Internet tarmog„i orqali musiqa eshitish, radio tinglash,
teledasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilish mumkin. Internet orqali
radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ushbu turdagi xizmatlarni
taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet
orqali radio tinglash yoki teleko„rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu
tizimga bog„lanishning o„zi kifoya. Ammo musiqa va filmlar Internet
tarmog„iga ulangan kompyuterlarda alohida material ko„rinishida
saqlanadi. Musiqa va video materiallari ustida ham grafik (rasm)
materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo„yicha qidiruv olib borish
mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi
maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taaluqli biror jumla
kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi.Qidiruv tizimi tomonidan
kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan
Web-saytlar ro„yhati shakllantiriladi.