116
ixtiyoriy abonyenti bilan pochta almashinuvini amalga oshirish mumkin.
Ham matnli, ham ikkilik fayllarni uzatish imkoniyati mavjud.
MCI Mail – savdo uchun mo„ljallangan va Internet bilan
bog„langan. Mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko„rsatadi: pochta, faksimil
va teleks.
UseNet – tarmoq yangiliklarini olish, tarmoq elektron e‟lonlar
taxtasini olish va unga axborotlarni joylashtirish imkoniyati. Internet
tarmog„ining elektron taxtalari mavzular bo„yicha shakllantirilgan.
Foydalanuvchi o„z ixtiyoriga ko„ra xohlagan yangiliklar guruhiga a‟zo
bo„lishi mumkin.
IRC (Internet Relay Chat) – Internet tarmog„i orqali suhbatni
uzatish. Bu tizim foydalanuvchilarga tezkor rejimda murojaat qilish
imkonini beradi. Insonlar guruhi qandaydir aniq munozara mavzusini
qo„llovchi kanallarga birlashadilar. Xabar kiritilib,
Enter klavishi
bosilgandan so„ng, bir necha sekundda u kanalning barcha ishtirokchilari
ekranida hosil bo„ladi.
TelNet – kompyuterlarga masofaviy kirish xizmati. Abonentga
Internet tarmog„ining ixtiyoriy kompyuteridan o„zining shaxsiy
kompyuteri
sifatida foydalanish, ya‟ni dasturlarni ishga tushurish,
fayllarni o„qish va h.k.lar uchun imkon beradi.
FTP (File Transfer Protocol) – fayllarni uzatish protokoli.
Abonentga ikkilik va matnli fayllarni tarmoqning ixtiyoriy kompyuteri
bilan almashish imkonini beradi. Foydalanuvchi masofaviy kompyuter
bilan aloqa o„rnatib, undan o„z kompyuteriga fayllardan nusxa olishi
yoki o„zining kompyuteridan masofaviy kompyuterga faylning nusxasini
ko„chirishi mumkin.
FTP kirishi mumkin bo„lgan fayllar to„plami
FTP-
arxivlarga birlashtirilgan. Bunday fayllar tematika va kataloglar
bo„yicha tartiblangan.
NFS (Network File System) – taqsimlangan faylli tizim. Abonentga
masofaviy uzoqlashgan kompyuter faylli tizimidan shaxsiy kompyuter
tizimi sifatida foydalanish imkonini beradi.
Lpr – tarmoqda chop qilish. Masofaviy (tarmoq)
printerga chop
qilish uchun faylni yuborish.
Lpq – tarmoqda chop qilish. Tarmoq printerida navbatda turgan
fayllarni ko„rsatadi.
Ping – tarmoq orqali masofaviy EHMga kirishlilikni tekshirish.
Talk – masofaviy uzoqlashgan foydalanuvchi bilan «suhbatlashish»
imkonini beradi. Bunda kompyuter ekranida kiritilayotgan matn va
masofaviy foydalanuvchi javoblari bir vaqtda chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan asosiy xizmatlardan tashqari, Internet tarmog„i
www.ziyouz.com kutubxonasi
117
quyidagi spesifik xizmatlarni ham taqdim etadi:
Who is (kim bor) – Internet tarmog„i manzillar kitobi. So„rovga
ko„ra masofaviy kompyuterlar va foydalanuvchilar haqida axborot olish
mumkin.
Gopher – Internet tarmog„ida keng tarqalgan axborot qidirish
vositasi bo„lib, kalit so„zlar va iboralar asosida zarur axborotni qidirib
topish imkonini beradi. Gopher tizimi bilan ishlash mundarijani
ko„rishni eslatadi, bunda foydalanuvchiga
bir qator ichma-ich
joylashgan menyulardan o„tish va zarur mavzuni tanlash taklif etiladi.
Hozirgi kunda Internet tarmog„ida 2000 dan ortiq Gopher-tizimlar
mavjud. Ular yordamida har doim zarur axborotlarni topish mumkin.
Muammolar yuzaga kelganda
Veronica xizmatidan foydalanish
mumkin. Veronica foydalanuvchilarni o„zlari qidirish zaruratidan ozod
qilgan holda Gopherning 500 dan ortiq tizimlarida qidiruvlarni amalga
oshiradi.
Wais – axborot olish vositasi. Gopherga nisbatan yanada kuchli
vosita hisoblanadi. Chunki u hujjatlarning
barcha matnlarida kalit
so„zlarni qidirishni amalga oshiradi. Waisga so„rovlar soddalashtirilgan
ingliz tilida yuboriladi. Bu ularni mantiqiy algebra tilida shakllantirishga
nisbatan juda yengil va mutaxassis bo„lmagan foydalanuvchilar uchun
Waisni yanada jozibador qiladi. Wais bilan ishlash jarayonida
foydalanuvchilar zarur materiallarni topish uchun ko„p vaqt
sarflamaydilar. Internet tarmog„ida 200 dan ortiq Wais-kutubxonalar
mavjud. Axborotlar akademik tashkilotlar xodimlari tomonidan taqdim
etilganligi sababli, ularning asosiy qismini kompyuter sohasidagi
bilimlar va izlanishlar tashkil etadi.
Webster – ingliz tili slovarining tarmoq talqini.
Faks-servis – foydalanuvchiga tarmoq faks-serveridan foydalangan
holda faksimil aloqasi yordamida xabar jo„natish imkonini beradi.
Elektron tarjimon – unga jo„natilgan matnni
bir tildan ikkinchi tilga
tarjima qilishni ta‟minlaydi. Elektron tarjimonga murojaat qilish
elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
Amalda tarmoqning barcha xizmatlari mijoz-server printsipiga
asosida qurilgan. Internet tarmog„ining serveri deyilganda mijozlarga
qandaydir tarmoq xizmatlarini taqdim eta oladigan kompyuterlar
tushuniladi. Mijoz- server aloqasi odatda quyidagicha amalga oshiriladi:
mijozlardan so„rovlar kelganda server tarmoq xizmatlari ko„rsatuvchi
turli dasturlarni ishga tushuradi. Ishga tushurilgan dasturlarning
bajarilishi natijasida server mijozlarning so„rovlariga javob beradi.
Tarmoqning barcha dasturiy ta‟minotini ikki guruhga bo„lish
www.ziyouz.com kutubxonasi
118
mumkin: mijoz va server dasturiy ta‟minotlari. Bunda serverning
dasturiy ta‟minoti tarmoq xizmatlarini taqdim etish uchun xizmat qiladi.
Mijoz dasturiy ta‟minoti esa serverga so„rovlarni
uzatish va ularga
javoblarni olishni ta‟minlaydi.