• 12. Elektron tijorat tizimlari Elektron tijorat haqida umumiy ma’lumot
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/97
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #145719
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

    http://www.sity.edu/: Universitet dasturining alohida jihatlaridan biri 
    dissertatsiya himoya qilish va ilmiy daraja olishni ko„zda tutuvchi 
    hisoblanadi. Webni qo„llagan holda virtual universitetda ko„plab 
    mamlakatlardan talabalar tahsil olmoqdalar. Serverda interfaol o„qitish 
    bo„yicha ma‟lumotlar olish mumkin. 
    Spechtrum virtual universiteti 
    http://www.by.org/: Internetda Virtual universitet serveri o„quv 
    markazining ajoyib illyustratsiyasi hisoblanadi. Bu yerda dasturlar va 
    dars jadvallari bilan tanishish, virtual o„quv jarayoni haqida ma‟lumot 
    olish, o„zingizni qiziqtirayotgan kursga yozilishingiz, real vaqtda 
    universitet talabalari bilan muloqot qilish uchun virtual kafedraga tashrif 
    buyurishingiz mumkin. Yangi axborot texnologiyalari o„quv jarayoni 
    samarasini oshirish va ko„zlagan maqsadga erishish imkonini beradi. 
    MIEM masofaviy ta’lim markazi 
    dlch.miem.edu.ru/: Moskva davlat elektronika va matematika 
    instituti masofaviy ta‟lim tizimi. Turli dasturlar bo„yicha mutaxassislarni 
    tayyorlash 
    va 
    qayta 
    tayyorlash 
    va 
    Amerika 
    va 
    Avstraliya 
    universitetlarida o„qitish bilan shug„ullanib keladi. Har bir o„qitish 
    yo„nalishi bo„yicha server sahifalarida annotatsiya va qisqacha mazmun, 
    o„quv rejasi va qabul qilish shartlari, o„qish narxi haqida axborot taqdim 
    etiladi. 
    Axborot texnologiyalari internet universiteti 
    http://www.intuit.ru/: Rossiya davlatining axborot texnologiyalari 
    bo„yicha virtual universiteti, 270 dan ortiq o„quv kurslariga ega. Malaka 
    oshirish va oliy ma‟lumot olish bo„yicha taxsil olish mumkin. Oliy 
    ta‟lim muassasasi sifatida davlar ro„yxatidan o„tkazilgan. 
    12. Elektron tijorat tizimlari 
    Elektron tijorat haqida umumiy ma’lumot 
    XX asrning 90-yillari o„rtasidan boshlab butun dunyoda on-line 
    savdo sohasida o„sishning faollashganligi kuzatilmoqda. Kompyuter 
    qurilmalari ishlab chiquvchi katta kompaniyalardan so„ng, tarmoqqa 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    131 
    an‟anaviy mahsulotlar bilan savdo qiluvchilar ham kira boshladilar. 
    Ko„plab kitob magazinlari, kompakt-disk va videokasseta magazinlari 
    paydo bo„ldi. Hozirda har qanday tovarni tarmoq orqali sotib olish 
    mumkin. 
    Elektron tijorat (e-commerce) – bu elektron yo„l bilan tijorat 
    jarayonlarini tezlashtirishdir. Bu holda axborot, har bir bosqichda 
    qog„ozli nusxasini yaratishni chetlab o„tgan holda, axborot qabul 
    qiluvchiga yuboriladi. 
    «Elektron tijorat» termini o„zida ko„plab turli texnologiyalarni 
    birlashtiradi, shu jumaladan – EDI (Electronic Data Interchange – 
    ma’luotlar bilan elektron almashish)elektron pochta, Internet, Intranet 
    (korxona doirasida axborot almashish), Ekstranet (tashqi olam bilan 
    axborot almashish). Shunday qilib, elektron tijoratni Internet orqali 
    tijorat yuritish deb tavsiflash mumkin. 
    Elektron tijorat tizimlarini ikki sinfga bo„lish mumkin: chakana 
    savdoni tashkillashtirish uchun tizimlar va ishbilarmon hamkorlar bilan 
    aloqalar uchun tizimlar. 
    Elektron tijorat tushunchasi nafaqat Internetga yo„naltirilgan 
    tizimlar, shu bilan birga boshqa kommunikatsion muhitlardan 
    foydalanuvchi «elektron magazinlar» – BBS, VAN va boshqalar uchun 
    ham o„rinlidir. Shu bilan birga, WWWdagi axborotlarni qo„llovchi, ammo 
    ma‟lumotlar almashish uchun faks, telefon va boshqa vositalardan 
    foydalanuvchi sotish jarayonlari qisman elektron tijorat tizimiga 
    kiritilishi mumkin. 
    WWW elektron tijoratning asosi bo„lishiga qaramay, bir qator 
    tizimlarda boshqa kommunikatsion imkoniyatlardan foydalaniladi. 
    Masalan, mahsulot parametrlarini aniqlash yoki buyurtmani hisobga 
    olish uchun ma‟lumotllar sotuvchiga elektron pochta orqali jo„natilishi 
    mumkin. 
    Qanday axborotni elektron ko„rinishda uzatish mumkin? 
    Kompyuterda yaratish mumkin bo„lgan har qanday axborotni. Masalan, 
    matnli fayllar, elektron jadvallar, berilganlar bazasi, rasmlar, axborot 
    so„rovlari, prays-varaqalar, multimedia ma‟lumotlari va boshqalar. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish