127
Masofadan o‘qitishning muhim jihatlari
Masofadan o„qitish boshqa o„qitish shakllari kabi o„z
xususiyatlariga ega. Bunday xususiyatlardan quyidagilarni ko„rsatib
o„tish mumkin:
Moslashuvchanlik. O„rganayotganlar, asosan, ma‟ruza,
seminar
ko„rinishidagi mashg„ulotlarda qatnashmaydilar. Har kim tanlangan
mutaxassisligiga oid fan, kursni o„zlashtirish bo„yicha aynan unga zarur
bo„lgan bilimlarni olgunga qadar o„qishi mumkin.
Modullilik. Masofadan o„qitish dasturi asosiga modullilik printsipi
qo„yilgan. O„quvchi tomonidan o„zlashtirilgan har bir alohida fan yoki
fanlar biror fan sohasi bo„yicha yaxlit bir tasavvurni shakllantiradi. Bu
mustaqil o„quv kurslari to„plamidan individual
yoki guruh talablariga
javob beruvchi o„quv rejasini shakllantirish imkonini beradi.
Parallellik. O„qitish asosiy faoliyatidan ajralmagan holda olib
borilishi mumkin, ya‟ni «ishlab chiqarishdan ajralmagan holda».
Masofaviylik. Samarali bilim olish jarayoni uchun o„rganuvchining
joylashgan joyidan ta‟lim muassasasigacha bo„lgan masofa to„siq
bo„lmaydi (aloqaning sifatli ishlashi shartida).
Asinxronlik. Asinxronlik deyilganda, o„qish jarayonida o„qituvchi va
o„quvchi vaqtga bog„liq bo„lmagan holda o„qitish va o„qish
texnologiyasini amalga oshirishi mumkinligi, ya‟ni har biriga qulay
bo„lgan jadval va tezlik tushuniladi.
Egallovchanlik. Bu ayrim hollarda «ommaviylik» deb ham ataladi.
Masofaviy ta‟lim tizimida o„quvchilar
soni kritik parametr
hisoblanmaydi. Ular ko„plab o„quv axborot manbalariga (elektron
kutubxonalar, berilganlar bazalari) kirishi hamda bir biri va o„qituvchi
bilan aloqa tarmog„i orqali yoki boshqa bog„lanish vositalari yordamida
muloqot qilishlari mumkin.
Rentabellik. Bu jihatda masofaviy ta‟limning iqtisodiy samaradorligi
tushuniladi. Chet el va Rossiya masofaviy ta‟lim tizimlari shuni
ko„rsatadiki, ular asosan mavjud o„quv maydonlari va axborot
texnologiyalari texnik vositalaridan samarali foydalanish hisobiga
taxminan 10-50 % ga arzon hamda yuqori darajada tartiblangan o„quv
materiallarini
taqdim etishga, katta hajmli (ko„p sonli) o„quvchilarga
yo„naltirilgan masofaviy ta‟lim texnologiyalarini tadbiq etishga
yo„naltirilgan.
O‘qituvchi.
Bunda
(tanishuv
jarayonini
koordinatsiyalash,
o„qitilayotgan kursni tahrirlash, maslahat berish, o„quv
loyihalariga
rahbarlik va boshqa vazifalar) o„qituvchining yangi vazifasi haqida so„z
www.ziyouz.com kutubxonasi
128
yuritiladi (masofaviy ta‟limda – tyutor). O„rganuvchi bilan o„zaro aloqa
asosan asinxron, pochta yoki aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari o„zaro uchrashuvlar (yuzma- yuz) ham uyushtirilishi
mumkin.
Ta’lim oluvchi. Aniqrog„i, ta‟lim oluvchining yangi vazifasi,
masofaviy ta‟lim tizimida tinglovchi deb qaraladi. Masofaviy ta‟limga
kirish
uchun mehnatsevarlik, o„z-o„zini tashkillashtirish va ma‟lum bir
boshlang„ich bilim darajasi talab qilinadi.
Yangi axborot texnologiyalari. Masofaviy ta‟lim tizimida yangi axborot
texnologiyalari (kompyuterlar, audio-, videotexnika, telekommu-
nikatsiya tizimi va vositalari va h.k.) qo„llaniladi.