• Mashhur axborot-qidiruv tizimlari.
  • WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/97
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #145719
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

    WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ – bu barcha 
    foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog„idagi milliy 
    segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi 
    tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va 
    kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM 
    Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining 
    asosiy hususiyatlaridan biri uning ko„p tilli axborot qidiruvi (ruscha, 
    o„zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va berilganlar bazalari 
    bilan o„zaro ishlay olishidadir. 
    WWW.UZ Internet tarmog„i foydalanuvchilariga milliy segmentda 
    joylashgan Web-saytlar bo„yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va 
    qidiruvni Web-sayt manzili va ichki ma‟lumotlari bo„yicha olib borishi 
    mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo„lgan axborotni samarali 
    qidirish va topish imkoniyatini beradi. 
    WWW.UZ qidiruv tizimi Internet resurslari (Web-saytlari) katalogini 
    va Web-saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo„yicha jamlangan statistik 
    ma‟lumotlarni to„playdi hamda axborot texnologiyaari sohasidagi 
    yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    120 
    WWW.UZ «Katalog» bo„limi – Internet tarmog„ida ochiq holda 
    joylashgan, O„zbyekiston Ryespublikasiga aloqador bo„lgan, ro„yxatga 
    olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo„yicha saralangan 
    web-saytlar to„plami. WWW.UZ katalogi har kuni qidiruv tizimining faol 
    foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi. Har bir 
    foydalanuvchi «Top-reyting» bo„limiga kirib, barcha ro„yxatga olingan 
    saytlar reytingini ko„rishi, «Jamlangan statistika» bo„limida esa ularning 
    statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin. 
    Mashhur axborot-qidiruv tizimlari. Internet tarmog„i yirik berilganlar 
    bazasi hisoblanadi. Undan kerakli ma‟lumotlarni qidirib topish 
    foydalanuvchining oldiga qo„yilgan eng asosiy masalalardan biridir. 
    Bunday hollarda yirik berilganlar bazasidan kerakli ma‟lumotlarni 
    qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega. 
    Internet tarmog„ida bunday tizimlarning ko„plab turlarini uchratish 
    mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o„zbek, rus 
    va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. 
    http://www.google.ru 
    http://www.rambler.ru
     
    http://www.yandex.ru
     
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    121 
    http://www.yahoo.com
     
    Axborot-qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil 
    kengaytrilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli 
    shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi 
    axborot- qidiruv tizimlaridan foydalanib ixtiyoriy foydalanuvchi o„ziga 
    kerakli bo„lgan ixtiyoriy turdagi ma‟lumotni qidirib topishi va undan 
    foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma‟lumot kerak bo„lib, lekin siz 
    uning qayerda va qanday ko„rinishda joylashganligini bilmasangiz, u 
    holda shu kabi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalaning. 
    Axborot-qidiruv tizimlari – bu web-sayt bo„lib, Internet tarmog„ida 
    axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Google va Yahoo 
    axborot-qidiruv tizimlari dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan 
    hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi 
    qidiruv so„rovlari bo„yicha ilg„orlardan biridir. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish