• REJA; 1.Elektron tijorat tarixi
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  • Reja; Elektron tijorat tarixi Elektron tijorat istiqbollari




    Download 330.26 Kb.
    bet1/3
    Sana09.04.2024
    Hajmi330.26 Kb.
    #192038
      1   2   3
    Bog'liq
    rivojlanish tarixi44
    Iqtisodiy indekslar, FANDAGI YANGILIKLAR slayd, suhbat, MAt - ingliz, 15, 1-маруза, Самост. раб. №1 Тиллаев А (СБ), Uteniyazova Alima хулоса666, 11, Tojixol, Algoritmlarni loyihalash, TURK TILLARI TANSIFIDAGI FONITIK TAMOYILAR, TURK TILARINING DASTLABKI TARRAQIYOT DAVRIGA XOS FONETIK QONUNIYATLAR, TURK TILINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, 1 (1)







    Mavzu;ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

    REJA;



    1.Elektron tijorat tarixi

    2.Elektron tijorat istiqbollari


    KIRISH


    XXI asrda insonlarning ajralmas bir qismiga aylangan internet oldingi davrlardagi faoliyatlarni bir muncha osonlashtirdi. 1980-yillarda bir-biri bilan elektron hujjatlar almashuvchi individual foydalanuvchilar soni oshganidan soʻng, 1990-yillarda eBay va Amazonning yuksalishi elektron tijorat sanoatida inqilob qildi. Iste’molchilar endi ko‘plab mahsulotlarni faqat elektron tijorat sotuvchilari shuningdek, elektron sotuvchilar deb ataladigan va elektron tijorat imkoniyatlariga ega bo‘lgan do‘konlardan onlayn xarid qilishlari mumkin. Misol tariqasida tijoratni oladigan bo‘lsak, insonlarning hayotiga internet savdo kirib keldi. Bunda u bir qator afzalliklarni o‘zida mujassam etdi:
    Bozorga bormay turib o‘z ehtiyojlari uchun buyurtma berish;
    Bozorlarga borish uchun vaqtni sarflamaslik;
    Elektron tijoratning rivojlanish tarixiga qaraydigan bo‘lsak, uni internetdan foydalanish ko‘rsatkichi ortishi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababdan elektron tijorat AQSh, YI mamlakatlarida dastlabki rivojlanish bosqichlarini o‘zlarida mujassam etgan. Misol tariqasida AQSh (Amazon, walmart, apple, eBay) Buyuk Britaniya (ASOS, Tesco) YI (Zalando, Cdiscount, Zara, Otto GmbH) elektron tijorat yaqqol namoyondalari hisoblanadi. Shunga qaramasdan XXR elektron tijorat sohasida ham butun dunyoda o‘z o‘rni egallash uchun bir qator ishlar olib bordi.

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


    Asosiy hujjatlardan biri hisoblanmish “Elektron tijorat” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunida quyidaficha ta’rif beriladi: “elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisi” – deb ta’rif berilgan[1]. Shuningdek elektron tijorat tushunchasi olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib quyidagi olimlarning ilmiy qarashlari keltirilgan. Y.Nanehkaranning ta’kidlashicha, “elektron tijorat inson hayotini tubdan o‘zgartirgan kuchli innovatsion jarayon bo‘lib, elektron tijorat ham iqtisodiy sohada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari inqilobining asosiy mezonlaridan biridir”[2; B.41]. J.Ritterning ta’kidlashicha, “Elektron tijorat yoki elektron savdo – bu Internetda tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotish hamda Internet platformasida iste’molchilaar tomonidan narxlarni solishtirish va eng so‘nggi ma’lumotlarni ko‘rish uchun ma’lumot manbai”[3]. Shu bilan bir qatorda Elektron tijorat qulayliklarga hamda xavfsiz bo‘lishi darkor. Ta’kidlash joizki, xavfsiz onlayn doʻkon mijozlarga optimal xizmat koʻrsatishni ta’minlaydi, bu esa savdo hajmini oshirishga olib keladi va mijozlar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi [4]. Endilikda rus olimlarining elektron tijorat atamasiga ta’rif berilganligini tahlil qilamiz. Ilmiy nutqda "elektron tijorat" atamasining paydo bo‘lishi odatda XX asrning 90-yillari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi, bu odatda kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan iqtisodiyot sohasidagi faoliyatni tavsiflash uchun ishlatilgan. Shu bilan birga, ba’zi tadqiqotchilar ushbu kontseptsiyaning ilgari paydo bo‘lishiga moyil bo‘lib, uni elektron ma’lumot almashish texnologiyalaridan foydalanishning boshlanishi bilan bog‘lashadi
    [5; b. 172]. Yuqoridagi ilmiy tadqiqotchilar hamda mutaxassislarning fikrlarini umumlashtirgan holda Elektron tijoratning eng asosiy xususiyatlarini, xavfsizligini, qulayligini va samaradorligini ta’minlashning birdan bir yo‘li sifatida huquqiy me’yoriy hujjatlarning tatbiq etilganligi hamda mukammalligidir.

    Download 330.26 Kb.
      1   2   3




    Download 330.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja; Elektron tijorat tarixi Elektron tijorat istiqbollari

    Download 330.26 Kb.