I-BOB. BIZNESDA AXBOROT TIZIMLARI ASOSLARI




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/92
Sana26.12.2023
Hajmi3,4 Mb.
#128476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
13259 2 80C7DA6F1C5DAB2FBA8F4E018FAE1DDC884A9A05


I-BOB. BIZNESDA AXBOROT TIZIMLARI ASOSLARI 
1.1. Mavzu. Axborot tizimlari sohasidagi tendensiyalar 
Reja: 
1. Biznesda e-biznes roli. Axborot tizimlarining turlari 
2. Aхborot teхnologiyalarining boshqaruv muammolari. Axborot 
tizimlari komponentlari. 
3. Axborot tizimlari resurslari. Axborot tizimlari funksional vazifalari 
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud 
bo‘lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi 
uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayerlangan axborotni talab etgan. Bu 
ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va madaniy ne’matlarni 
ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular 
jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy axborot 
tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy 
ob’yektini boshqarish tizimidagi tutgan o‘rnini aniqlab olish lozim. Bu 
ob’yekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq. 
Axborot jarayonlarini (axborotni yig‘ish, qayta ishlash, va 
uzatish) doimo ilm-fan, texnika jarayonlarini insoniyat tarraqiyoti 
davomida avtomatlashtirishga muttasil ravishda intilish kuzatiladi. 
Binobarin, bu jarayonlarning asosi, ichki tuzilishi o‘zgarishsiz qolgan.
Axborotni yig‘ish 

sub’yektning, uni qiziqtirayotgan ob’yekt 
haqida ma’lumot olish uchun olib boradigan faoliyatidir.
Axborot almashinuvi 

bu jarayon davomida axborot manbai 
axborotni uzatadi va iste’molchi qabul qiladi. Agar ma’lumotlar 
uzatishda xatolar aniqlanilsa, u holda axborotni qayta uzatish tashkil 
etiladi. 
Axborot manbai va iste’molchi o‘rtasidagi axborot almashinuvi 
natijasida o‘ziga xos “Axborot balansi” yuzaga keladi, bunga ko‘ra, 
ideal holatda iste’molchi xam manba kabi xuddi o‘sha axborotni 
tarqatadi. Qabul qilingan axborotdan iste’molchi (ko‘p) bir necha bora 
foydalanishi mumkin. Bu maqsadda u, ma’lumotni axborot tashuvchi 
qurilmada qayd qilishi kerak. Boshlang‘ich, sistemalashtirilmagan 
axborot to‘plamining shakllanishi jarayoniga axborot yig‘ilishi 
deyiladi. Yozib olinmagan signallar orasida qimmatli yoki ko‘p 
foydalaniladigan axborotlar bo‘lishi mumkin. Axborotning bir qismi 



ayni vaqtda alohida qiymatga ega bo‘lmasligi lekin keyinroq unga 
ehtiyoj tug‘ilishi mumkin.
Yakuniy axborotni saqlash

bu boshlanqich ma’lumotni 
foydalanuvchilar so‘roviga muvofiq uzatish uchun belgilangan 
muddatga qadar saqlab turish jarayoni.
Axborotni qayta ishlash 

bu masala yechish algoritmiga 
muvofiq, axborotni qayta shakllantirib tartiblash jarayonidir. Axborotni 
qayta ishlash vazifasi bajarilganidan so‘ng axborot talab qilingan 
ko‘rinishda yakuniy foydalanuvchilarga yetkazib berilishi lozim. Bu 
operastiya axborotni uzatish vazifasini bajarilishi davomida amalga 
oshiriladi. Axborot uzatish odatga EHMning tashqi qurilmalari 
yordamida matn jadval ko‘rinishida amalga oshiriladi. Axborot 
texnologiyasi 

bu bir zanjirga birlashgan, axborotni yig‘ish, qayta 
ishlash, saqlash, tarqatish va aks etish shu bilan birga axborotning 
ishonchliligini 
va 
tezkorligini 
oshirish 
jarayonlari, 
mehnat 
unumdorligini orttirish maqsadida axborot resursdan foydalanishni 
ta’minlovchi uslublarni ishlab chiqish jarayonlari va dasturiy, texnik 
vositalarining yig‘indisidir. 
Jamiyatni axborotlashtirish joylarda insoniyat faoliyatining 
barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rinishlarida ishonchli 
axborot va unumli ma’lumotlardan to‘lik va zamonaviy tarzda 
foydalanilishga qaratilgan chora-tadbirlar informastion davlatdagi 
barcha foydalanuvchilarga infrastruktura tushunchasi ostida axborot 
hisoblash resurslari va avtomatlashgan aloqa tizimi keng miqyosda 
qo‘llaniladigan bazada yangi axborot texnolgiyalaridan foydalanish 
imkoniyatini beruvchi axborot ta’minlov strukturasi tushuniladi. 

Download 3,4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  I-BOB. BIZNESDA AXBOROT TIZIMLARI ASOSLARI

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish