8
foydalanishdagi (elektron pochta, telemuloqotlar)dagi faoliyatlarini
moddellashtirishga asoslangan yangi prinstiplardir.
Axborot tizimi
axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov
berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan
tartibga solingan jami axborot resurslari,
axborot texnologiyalari va
aloqa vositalari.
Axborot tizimi
boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun
xodimlarni turli xil axborotlar bilan ta’minlovchi ob’yekt
haqidagi
axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish va saqlash bo‘yicha
ma’lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o‘zida namoyon etadi.
Axborot tizimi quyidagi xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi:
a) har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi,
tizim tuzilishining
umumiy tamoyillari asosida qurilishi va boshqarilishi mumkin;
b) axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;
v) axborot tizimini tuzishda tizimli
yondoshuvdan foydalanish
zarur;
g) axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul
qilinadi;
d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning “inson-
kompyuter” tizimi sifatida qabul qilish lozim.