10
4-bosqich (90-yillar boshlaridan) -
tashkilotlararo aloqalar va
axborot tizimlarining zamonaviy texnologiyasini yaratishdan iborat.
Mazkur bosqich biznesdagi strategik afzalliklarni tahlil qilish
tushunchasi bilan bog`liq va telekommunikatsiya
texnologiyalari
yutuqlari hamda axborotlarni qayta taqsimlashga asoslangan edi.
Axborot tizimlari quyidagi xossalar bilan xarakterlanadi:
har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning umumiy prinstipi
asosida taxlil
qilinadi va boshqariladi;
axborot tizimi dinamik ko‘rinishga ega bo‘lib, rivojlanuvchi tizim
xisoblanadi;
axborot tizimining maxsuloti xam axborot xisoblanadi;
axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko‘rinishida tasavvur qilish
lozim.
Axborot tizimlarining turlari.
Axborot tizimlari (AT) ma’lum kriteriyalarga ko‘ra
bir nechta
turlarga ajratiladi.
Avtomatlashtirish darajisiga ko‘ra axborot tizimlari qo‘lda
bajariladigan avtomatlashtirilgan va avtomat tizimlarga bo‘linadi.
Ko‘lda bajariladigan AT hamma qayta ishlash operastiyalari inson
tomonidan bajarilishi bilan xarakterlanadi.
Avtomatlashtirilgan AT
ma’lumotlarni boshqarish yoki qayta
ishlash funkstiyasining bir qismi avtomat
tarzda ikkinchi bir qismi
inson tomonidan bajariladi.