12
texnik, huquqiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik
ta’minotlarga ajralishi qabul kilingan.
Axborot taminoti
axborot tizimlari
ichki mashina axborot
bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari hujjat
lashtirishning unifikastiyalashgan tizimlari, hujjat aylanmasi va hujjat
lar shakli uslublarini rastional xolga keltirishni o‘z
ichiga olgan
axborotni joylashtirish va tashkil kilish buyicha uslublar va vositalar
yigindisidir.
Dasturiy ta’minot
xisoblash
texnikasi
vositasida
ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy
vositalari yig‘indisidir.
Texnik ta’minot ma’lumotlarini
kayta ishlash tizimini
funktsiyalashtirish uchun qo‘llanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u
ma’lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operastiyalarni amalga
oshiruvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy
ta’minot
axborot
tizimini
yaratish
va
funkstiyalashtirishni tartibga soluvchi xuquqiy meyorlar yig‘indisini
o‘zida namoyon etadi. Axborot tizimini
qayta ishlashning huquqiy
ta’minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o‘rtasidagi shartnomaviy
o‘zaro munosabatlar me’yoriy aktlari, chetga chiqishlarining xuquqiy
tartibga solinishini o‘z ichiga oladi.
Lingvistik ta’minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish
va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta
ishlash tizimini yaratish va foydalanishning
turli bosqichlarida
ishlatiladigan til vositalari yig‘indisini o‘zida namoyon etadi.
Axborot tizimlarini hayotda qo‘llab qanday natijalar olish
mumkin?
Matematik metod va intellektual tizimlarni qo‘llab,
boshqarishning optimal variantlarini olish.
Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini
engillashtirish.
Eng to‘g‘ri axborotga ega bo‘lish.
Axborotlarni qog‘ozda emas balki magnit yoki optik disklarda
saqlash
Maxsulot ishlab chiqarish sarf xarajatlarnini kamaytirish.
Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.