Axborot tizimlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/155
Sana14.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#232505
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

Axborot 
mahsulotlari 
va 
xizmatlari 
marketingida 
kompyuter 
texnologiyalarini qo’llash – davr talabi.
Marketing 
ma’lumotlarini 
doimo 
kuzatish va saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa marketing operatsiyalari 
orasida katta o’rinni egallaydi, chunki u axborotlarning xususiyatlari bo’yicha turli-
tuman manbalar bilan bog’liqdir.
Marketing
korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish 
tamoyili sifatida tashkil qilinadi. SHuning uchun iste’molchilarning talablarini 
qanoatlantirish va eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarini har 
taraflama o’rnatish nuqtai nazaridan muhitning quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga 
suyanadi:
- tovar va xizmatlar bozori;
- tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish;
- ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog’liq tashqi makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar. 
Marketing 
boshqarish 
tizimidagi 
axborotlarni 
shakllantirish 
va 
foydalanishning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 
1. Axborotlarning muhimligi marketing muhitining holatini, vaqtning har bir 
lahzasida aks ettirilishini bildiradi.
2. Ma’lumotlarning ishonchliligi, ishlab chiqarish, bozor va tashqi muhitni 
ob’ektiv holati va rivojlanishini aniq katta tiklanishiga asoslangan.
3. Ma’lumotlarning relevantligi axborotlarni shakllantirgan talablarga to’liq 
mosligini va keraksiz ma’lumotlar bilan ishlashdan qutilishga imkon beradi.
4. Tavsiflarning to’liqligi marketing muhitining holati va rivojlanishiga 
ta’sirini shakllantiruvchi va ko’rsatuvchi barcha omillarning ob’ektiv hisobi uchun 
muhimdir.
5. Ma’lumotlarning maqsadga muvofiqligi ularni ichki va tashqi bozorlarda 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi aniq maqsadlar va vazifalarga 
qaratadi.
6. Muvofiqlashtirilganlik va axborot birligi xulosalarda ziddiyatlar, birlamchi 
va ishlab chiqilgan ma’lumotlarda moslashtirilganlik imkoniyatini yo’qotuvchi 
ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi.

Download 2,86 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish