pochta aloqasining yuzaga kelishi




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/155
Sana14.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#232505
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

pochta aloqasining yuzaga kelishi
bilan izohlanadi. Ayni davrda fotografiya (1879 
y.), telegraf (1832 y.), telefon (1876 y.), radio (1895 y.) kashf qilingan edi. Axborot 
texnologiyasi rivojlanishida foydalanuvchi uchun qulay shaklda axborotni olish, 
saqlash va tezda uzatishning umumjahon tizimini yaratish davri yuzaga keldi. Bu 
esa axborotni texnik, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning harakatlanuvchi kuchiga 
aylantirdi hamda zamonaviy texnik inqilob bosqichida uning etakchilik kuchini 
belgilab berdi. Natijada uzoq yillar davomida jamiyatda juda katta hajmda axborot 
to’planib qolishi va undan oqilona foydalana olmaslik masalasini hal etish 
imkoniyati yuzaga keldi.
Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste’mol qiladigan eng 
qimmatli mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining taraqqiyoti XX asr 
ikkinchi yarmida yangi bosqichga keldi. Bu davrda axborot texnologiyasi rivojlanib, 
qog’oz o’rnini texnik vositalar egalladi. Endi axborotni uzatish (elektromagnit 
to’lqinlar yordamida) tezligi og’zaki nutqqa nisbatan million marta ortib keldi.
Intiutsiyasi (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, sun’iy intellekt 
esa texnik taraqqiyotning sifat jihatidan yangi vazifalarini hal etish imkoniyati 
yuzaga keldi. Mashinaviy dinamik axborot tizimining alohida ahamiyati jamiyat 
hayotida eng oldingi rejaga yanada zamonaviy EHM va u bilan bog’liq 
texnologiyalarni yaratish muammosini qo’ydi. Insonlar o’rtasida (endilikda inson va 
mashina o’rtasida) o’zaro axborot harakati mexanizmining rivojlanish tarixi axborot 
texnologiyasini barcha ilm sohalari rivojlanishining yagona integratsiya tizimi 
sifatida tushunishga asos beradi. 
XX asrning 50 yillarida EHM ning paydo bo’lishi va ulardan foydalanish 
imkoniyatining jadal oshib borishi bilan mehnatni avtomatlashtirish, axborot 
mahsulotlari 
va 
xizmati 
bozorining 
yuzaga 
kelishiga 
asos 
bo’ldi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining rivojlanishi axborotni qayta ishlash 
va uzatish bo’yicha yangi texnik vositalarning paydo bo’lishi, EHM dan 
foydalanishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, infratuzilmani yangi 
kommunikatsiya 
vositalari 
bilan 
boyitish 
bilan 
bir 
qatorda 
kechdi. 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining evolyutsiya jarayoni 3.1-jadvalda 
berilgan. 
EHM avlodlari almashuvi ro’y berdi. Bu EHMning asosiy texnik foydalanish 
va iqtisodiy parametrlari, birinchi navbatda samaradorlik, xotira hajmi, ishonchliligi, 
gabarit o’lchami va narxi kabi omillar o’zgarishi bilan bog’liq edi. Mashina orqali 
echish uchun vazifalarni tayyorlash ish hajmini kamaytirish, insonning EHM bilan 
aloqasini engillashtirish hamda EHMdan foydalanish samaradorligini oshirish EHM 
rivojlanishining asosiy omili edi va shunday bo’lib qolmoqda.


47 
3.1-jadval 

Download 2,86 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish