• Ikkinchi avlod EHM lar
  • EHM lar birinchi avlodining




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/155
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #232505
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

    EHM lar birinchi avlodining 
    (XX asr 50 yillari) element bazasini elektron 
    chiroqlar tashkil etar edi. Bunday mashinalar an’anaviy tarkib chizmasiga mos holda, 
    bir-biriga qat’iy bog’liq asosiy qurilmalar to’plamidan (arifmetik-mantiqan, eslab 
    qoluvchi boshqaruv qurilmasi va kirish-chiqish qurilmasi) iborat bo’lgan.
    Dasturlar mashina tilida tuzilgan. Har bir foydalanuvchi o’z ixtiyoriga EHM ni 
    ma’lum bir vaqtga olib, usha vaqtning bir qismi dasturni to’g’irlashga ketar edi. 
    Dasturiy ta’minot asosan standart kenja dasturlardan iborat bo’lgan. O’sha paytda 
    EHM dan ilmiy va muxandislik bo’yicha eskicha masalalarni echishda 


    48 
    foydalanishgan. Birinchi avlod mashinalari nisbatan keng o’lchami, energiyani ko’p 
    sarflashi, sustroq harakatlanishi va ishonchliligining pastligi bilan ajralib turadi. 
    Ikkinchi avlod EHM lar
    yarimo’tkazgichlarga asoslanib, XX asrning 50 yillari 
    oxirgi va 60 yillar boshlarida yaratilgan. 
    Mazkur EHM lar avlodi markazlashmagan holda kirish-chiqishni boshqaruv 
    xususiyatiga ega bo’ldi. Bu turli tashqi qurilmalarning markaziy protsessorga 
    osongina ulanish imkoniyatini berdi. Kirish-chiqish qurilmasini to’plami ko’paydi, 
    tashqi qurilmasining hajmi kengaydi. Dasturiy ta’minot sezilarli darajada kengaydi. 
    Uning tarkibiga algoritmik tilli translyatorlar, operatsion tizimlari kira bordi. Ayni 
    paytda bir dasturli EHM lar bilan birga ikki dasturli EHM lar ham paydo bo’ldi. Ular 
    bitta protsessor bilan mashinalar asosiy qurilmalarining parallel ishlashini tashkil 
    etish hisobiga bir necha dasturlarni birgalikda amalga oshirish imkonini beradi.
    EHM larning ikkinchi avlodi nafaqat muxandislik va ilmiy vazifalarni, 
    shuningdek, keladigan hamda chiqadigan katta hajmdagi axboroti bilan farqlanuvchi 
    iqtisodiy, axborot masalalarini hal etishda ham qo’llanila boshlandi. Ularning 
    nisbatan takomillashgan element bazasi sezilarli darajada protsessorning tezroq 
    harakatlanishiga va xotira hajmini oshirishga, EHM o’lchami qisqarib energiya 
    sarfining kamayishiga imkon berdi. Bunga ko’p darajada axborotni bosib chiqarish 
    montajining qo’llanishi sabab bo’ldi.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish