Marketing axborot boshqaruv tizimlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/155
Sana19.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#243546
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

Marketing axborot boshqaruv tizimlari
– bu hammadan avval 
informatikaning zamonaviy axborot kommunikatsion va dasturiy vositalari asosida 
faoliyat yurituvchi interaktiv xizmatlarning marketing faoliyatini qo’llab-quvvatlash 
maqsadida marketing axborotlarini yig’ish, saqlash, faollashtirish va ishlab chiqishni 
ta’minlovchi majmuidir.
Hozirgi vaqtda har tomonlama rivojlangan jamiyatni axborotlashgan deb 
ataydilar. Zamonaviy axborot texnologiyalari tufayli insonning ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi jahon tsivilizatsiyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan tajribalar, bilimlar va ma’naviy boyliklarni jalb qilish 
hisobiga haqiqatdan ham chegarasi kengaymoqda.
Inson yashayotgan dunyo moddiy va nomoddiy ob’ektlardan, hamda ular 
o’rtasidagi aloqalar va o’zaro hamkorliklardan iboratdir. Sezgi organlari asboblar 
yordamida qayd etiluvchi atrofdagi dunyoning dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ular 
aniq vazifalarni hal qilgan taqdirda axborotlarga aylanadi. Vazifalarni echish 
natijasida yangi bilimlar tizimlashtiriladi, haqiqiy yoki tekshiruvdan o’tgan qonunlar, 
nazariyalar, tasavvurlar va qarashlarning boshqa majmualari ko’rinishida 
umumlashtirilgan ma’lumotlar paydo bo’ladi. Keyinchalik bu bilimlarning o’zlari 
boshqa vazifalarni echish va o’tganlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan 
ma’lumotlarning tarkibiga kirishlari kerak bo’lishi mumkin.
Tijorat 
mahsulotlarini 
ishlab 
chiqaruvchilar 
o’zlarining 
modellarida 
foydalanuvchilarning modellarini ham hisobga olishga harakat qiladilar.
SHunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida yaratilayotgan 
va tarqatilayotgan asosiy tovar «axborot mahsulotlari va xizmatlari» dan iborat. O’z-
o’zicha ma’lumotlarning mavjudligi, hatto noyob bo’lsada, agar foydalanuvchi ularni 
eng qulay shaklda ololmasa, tijorat muvaffaqiyatini kafolatlamaydi.
Eng umumiy ko’rinishda axborotlarni tijoratli tarqatishning zamonaviy 
texnologiyalarida, foydalanuvchilar o’zlarining terminal qurilmalari yordamida 
axborot mahsulotlari bilan «muloqot» qiladilar. Ulardan asosiysi ma’lumot bazalari 
belgilangan muammo sohaga tegishli mashina o’qiydigan shakldagi ma’lumotlar 
to’plamlari, hamda turli ma’lumotli direktoriyalar MB da foydalanuvchilarga 
qidirishni engillashtiruvchi rubrikatorlar va boshqa ma’lumotlardir.
Umuman MB sanoatining asosiy tarkibiy tuzilmalari quyidagilar:
1. Axborot mahsulotlari va xizmatlarini shaxsan ishlab chiqaruvchilar:

Download 2,86 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish