209
Qamrab olish
. Bir vaqtning o’zida o’quv axborotlarining bir qancha
manbalariga (elektron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari va h.k.),
o’quvchilarning ko’pchiligi murojaat qilishi. Aloqa to’rlari orqali bir-birlari va
o’qituvchilar bilan muloqatda bo’lishi.
Iqtisodiyligi
. O’quv xonalari, texnika vositalaridan samarali foydalanish,
o’quv axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan holda taqdim qilish
va unga mulьti erishish o’quv jarayonlarini tashkil etish harajatlarini
kamaytirish.
Texnologiyaliligi.
Ta’lim jarayonida axborot va telekommunikatsiya
texnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish insonni jahon
axborotlar olamiga kirib berishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy tenglik.
O’quvchining qaerda yashashidan, sog’lig’ining holati va
moddiy ta’minlanganligidan qat’i nazar, ta’lim olish imkoniyatidagi tenglik.
Internatsionallik.
Ta’lim xizmati bozorida jahon yutuqlarining eksport va
importi.
O’qituvchining yangi o’rni.
Masofaviy ta’lim o’qituvchining o’rnini
kengaytiradi va yangilaydi, bilim olish jarayonini muvofiqlashtiradi, o’qitiladigan
kurslarni doimo takomillashtiradi, ijodiy faolligi va mutaxasisligi bo’yicha
yangiliklar va innovatsiyalarga bo’lgan talabi mos ravishda ortib boradi.
Masofadan o’qitishning sifati ta’lim olishning kunduzgi shakli sifatida,
ko’zga ko’ringan o’qituvchi kadrlar tarkibini jalb qilish va o’quv jarayonlarida
eng yaxshi o’quv-uslubiy ishlar va fanlar bo’yicha nazorat testlaridan
foydalanish hisobiga qolishmaydi.