|
Axborot tizimlari Pdf ko'rish
|
bet | 135/155 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #243546 |
Bog'liq 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid5. Konvergentsiya.
Konvergentsiya AATning zamonaviy rivojlanish
jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va
xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni
uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va
axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va
korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori
va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.
SHunday qilib, yangi axborot texnologiyalari – bu dunyo miqyosida jamiyat
taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir. Mazkur
tendentsiyaning biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:
har bir ish o’rnida resurslar etarli bo’lganda axborotni qayta ishlash uchun
taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish;
xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommunikatsiyaning
rivojlangan tizimini yaratish;
iqtisodiy ob’ekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global
kommunikatsiyalarga ega bo’lishi;
elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;
iqtisodiy ob’ekt integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni
bartaraf etish.
15.3 Masofaviy ta’lim - elektron ta’lim tizimi
Masofaviy ta’lim
- o’qitishning universal shakli sifatida, zamonaviy
axborot va telekammunikatsiya texnologiyalariga va texnik vositalarning keng
spektrlaridan foydalanishga asoslangan bo’lib, o’quvchilar tomonidan o’qitish
darslarini erkin tanlash, o’qituvchi bilan muloqot qilish imkoniyatlarini
ta’minlaydi. Bunda o’qitish jarayoni o’quvchilarning ham hududiy, ham vaqt
bo’yicha joylashishiga bog’liq bo’lmaydi.
Masofaviy o’qitishning axborot - ta’lim muhiti o’z ichiga axborotlar,
axborot resurlari, o’zaro-munosabatlar protokollari, apparat-dasturlar va tashkiliy
uslubiy ta’minotlardan iborat tizimli tashkiliy to’plam vositalarini oladi hamda
foydalanuvchilarning ta’limga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga
yo’naltiriladi [16,17,18].
Masofaviy o’qitish an’anaviy o’qitish shakllaridan quyidagi
|
| |