49
Ushbu avlod mashinalarida ularga uzoq masofada bo’lgan abonentlarning
bevosita kira olish imkoniyati kengaydi. Abonentlarning EHM lar bilan muloqoti
mashina-axborot aloqa kanallari (telegraf, telefon, radioaloqa va hakazo)
bilan
bog’liq abonent punktlarining rivojlangan tarmog’i hisobiga amalga oshiriladi.
EHM dan foydalanish sohalari ancha kengaydi. Masalan, samarali ishlash nuqtai
nazaridan mumkin bo’lmagan vazifalar borasidagi cheklashlar deyarli yo’q bo’ldi.
Ulardan foydalanuvchilar o’rtasida vaqtni avtomat ravishda aniqlash rejimidagina
emas, boshqaruvchi tizim tarkibida vaqtning aniq bir ko’lamida ham ishlashga qodir
universal mashinalar sifatida foydalanila boshlandi.