52
3.4 Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining turkumlanishi
Avtomatlashtirish -
bu inson ish faoliyatini mashina
va mexanizmlar bilan
almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar
hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo’lib,
ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv
jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki
butunlay cheklash imkonini beradi.
Avtomatlashtirish qachon zarur bo’ladi?
Quyidagi
hollarda boshqaruvni
avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur
bo’ladi:
insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish
uchun etarli bo’lmasa;
boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo’lsa;
boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o’ta
yuqori malakani talab
etsa;
boshqarish kerak bo’lgan jarayon o’ta tang yoki avariya holatida bo’lsa.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT)
– boshqaruv vazifalarini
hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va
vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalanish asosida
rivojlangan dasturiy ta’minotni qo’llash bazasida bajariladi.
SHunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi
texnik vositalardan,
ko’proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari,
tashkiliy texnika vositalari,
dasturiy ta’minot, tashkiliy – uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan
personaldan iborat bo’ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotni yig’ish, uzatish, to’plash,
saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi.
Demak, har qanday axborot texnologiyasining maqsadi - belgilangan tashuvchi
vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotni olishdir.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini
bir qator belgilarga, xususan,
axborot tizimini avtomatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati, avtomatlashtirilgan
axborot texnologiyasining boshqaruv vazifalarini qamrash darajasi, texnologik
operatsiyalar sinfi, foydalanuvchining
interfeys turi, EHM tarmog’idan foydalanish
variantlari va xokazo xususiyatlariga ko’ra tasniflash mumkin (3.3-rasm).