• Taqrizchilar A. Abdullayev
  • UDK 338.124.4 KBK ISBN © I.N. Ismanov, J.X. Kambarov, M.M. Turdaliyeva KIRISH
  • INQIROZGA QARSHI BOSHQARUVNING MOHIYATI VA ZARURATI Inqiroz haqida tushuncha
  • Bu ham iqtisodiy inqirozni vujudga keltiruvchi sabablardan biri ekanligini unutmaslik lozim.
  • 1-ta’rif
  • Tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki
  • 1.1-rasm. Sanoat korxonalarida bankrotlik holati kelib chiqishi bosqichlari ketma-ketligi
  • I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish




    Download 0,56 Mb.
    bet1/164
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,56 Mb.
    #3899
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
    I.N. ISMANOV, J.X. KAMBAROV, M.M. TURDALIYEVA


    KORXONALARDA INQIROZGA QARSHI BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH


    FARG’ONA-2014

    UDK 338.124.4

    KBK

    X

    Taqrizchilar

    A. Abdullayev – iqtisod fanlari doktori, professor

    I.T. Yormatov – iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

    I.N. Ismanov, J.X. Kambarov, M.M. Turdaliyeva

    Korxonalarda inqirozga boshqaruvni tashkil etish: o’quv qo’llanma/I.N. Ismanov, J.X. Kambarov, M.M. Turdaliyeva. – Farg’ona: Nashriyot, 2014. – 180 b.



    ISBN
    Ushbu o’quv qo’llanmada korxona miqyosida vujudga keladigan inqirozlar, ularning sabablari, oqibatlari, uni vujudga keltiruvchi omillar ushbu soha yetakchi olimlarining nuqtai nazarlari, inqirozga qarshi boshqaruvning amal qilish mexanizmlari, korxonalarda inqiroz oldi vaziyatni tahlil qilish va tashxislash masalalari, inqirozga qarshi ishlarning huquqiy asoslari hamda korxononi sog’lomlashtirish ishlari batafsil bayon etilgan.

    Mazkur o’quv qo’llanma namunaviy o’quv dasturi asosida tayyorlangan bo’lib, oliy o’quv yurti talabalari, tadqiqotchilari va o’qituvchilari, ilmiy xodimlar va mutaxassislar uchun mo’ljallangan.



    UDK 338.124.4

    KBK

    ISBN
    © I.N. Ismanov, J.X. Kambarov, M.M. Turdaliyeva

    KIRISH

    Bozor iqtisodiyotini mulkchilikning turli xil shakllariga asoslanganligi ishlab chiqarishga yangi texnika-texnologiyalarning jalb qilinishiga imkon yaratadi, bu esa, mahsulotlar taklifining ko‘payishi hisobiga bozordagi narxlarning pasayishiga olib keladi hamda bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. Natijada bozor ishtirokchilari faoliyatida bankrotlik jarayonlari faollashadi. Ma’lumki, 2008 yilda jahon iqtisodiyoti muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham mazkur iqtisodiy tizimda inqirozlarni boshqarish xususiy mulkchilik sharoitida ancha murakkab ekanligini ko‘rsatdi.

    Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «inqirozning eng og‘ir bosqichi ortda qolganiga qaramay, hali-beri davom etadigan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning butun bir davrini boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Inqirozdan chiqish va inqirozdan keyin iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish jarayoni uzoq davomli va o‘ta murakkab bo‘lishi mumkin»1. Shuningdek, korxonalarda inqirozga qarshi samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish tamoyillari, prinsiplari va tashkiliy tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy asoslar yetarli emasligi monografiyaning dolzarbligini belgilaydi.

    Inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmini yaratish sohasida dunyoning taniqli olimlari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Mazkur tadqiqot yo‘nalishining inqirozga qarshi boshqaruv, investitsiyalarni jalb etish va boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishning nazariy va amaliy muammolarini o‘rganish xorijlik olimlar diqqat-e’tiborida bo‘lmoqda. Xususan, A.M.Bukreev, A.P.Gradova, V.A.Bogomolov, V.I.Koshkin, V.I.Orexov, V.R.Vesnin, G.B.YUn, G.K.Tal, E.A.Babushkina, E.P.Jarkovskaya, J.V.Eyken, K.V.Baldin, N.V.Baksha, N.N.Kojevnikova, N.YU.Kruglova, E.M.Korotkova, YA.A.Fomin2 va boshqa ko‘plab mutaxassislar asarlarida bu masalaning turli jihatlari tadqiq etilgan.

    Respublikada ham, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarishni rivojlantirish, iqtisodiy nochorlikni tahlil etish, bankrotlikni bartaraf etish mexanizmlarining ayrim jihatlari iqtisodchi olimlardan I.T.Abdukarimov, YO.Abdullaev, M.K.Azimov, A.SH.Bekmurodov, A.V.Vahobov, N.X.Jumaev, SH.N.Zaynutdinov, N.Q.Yo‘ldoshev, N.M.Mahmudov, M.Q.Pardaev, D.N.Raximova, B.YU.Xodiev, S.S.G‘ulomov, E.A.Hoshimov1 va boshqalarning ilmiy asarlarida o‘z aksini topgan.

    Mazkur tadqiqot qamrovini o‘z ichiga olgan boshqaruvning iqtisodiy mexanizmi, global inqirozning konyunkturaviy jihatlari, bankrotlik va sanatsiyaning institutsional xususiyatlari, sanoat korxonalarida riskni boshqarish va ularning amal qilish mexanizmiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari A.Q.Abdullaev, M.S.Ashurov, S.X.Komilov, O.SH.Mamanazarov, B.I.Salimova, N.S.Xasanovlar2 tomonidan tadqiq etilgan. Biroq, korxonalarda boshqaruvning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, bankrotlik va sanatsiyaning amal qilish mexanizmi va institutsional xususiyatlari, global inqirozning konyunkturaviy jihatlari hamda sanoat korxonalarida riskni boshqarishning tashkiliy-uslubiy tomonlari yoritilgan bo‘lsa-da ularda, korxona miqyosidagi iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmagan.

    Sanoat korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish va iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish, davlat tomonidan iqtisodiy nochor va zarar ko‘rib ishlovchi sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash inqiroz xatarining kamayishi hamda sog‘lomlashtirish jarayoni tezlashuviga olib keladi. Inqirozga olib kelayotgan tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda, ekspert baholashning reyting tizimining amaliyotda qo‘llanilishi inqiroz holatini baholashda aniqlikni oshirishga xizmat qiladi.

    Monografiyada ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan korxonalarining inqirozga qarshi boshqaruvi, ularda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun investitsion muhit yaratish, inqirozga qarshi boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash, moliyaviy barqaror korxonalar inqirozli vaziyatlarga tushib qolmasligi uchun qo‘llanuvchi tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi hamda inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmining nazariy va amaliy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganilishida foydalanish mumkin. Natijada ishlab chiqarish korxonalarini moliyaviy barqarorlashtirish, yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bilan bozordagi raqobat muhitini mukammallashtirish va sog‘lomlashtirish davlatning eksport imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, olib borilgan tadqiqotlar natijasida monografiyada ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan ilmiy yangiliklar korxonalarda iqtisodiy inqirozga qarshi tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.




    1. INQIROZGA QARSHI BOSHQARUVNING MOHIYATI VA ZARURATI

      1. Inqiroz haqida tushuncha

    Raqobat rivojlanish uchun turtki, inqiroz esa tajriba



    Mualliflar

    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sir etgan har bir davlatning milliy iqtisodiyotiga jiddiy talofat ko‘rmasdan qolmadi. Jumladan, inqirozning “vatani” hisoblangan AQSH va boshqa uning iqtisodiyotiga rivojlanishi bog‘liq bo‘lgan davlatlar(Angliya, Germaniya, Yaponiya va sh.k.) tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar ham ko‘zlangan darajada o‘zini oqlamadi.

    Shu munosabat bilan aytish mumkinki, inqiroz har bir iqtisodiy tizim va unda amal qilayotgan tarmoqlarning faoliyatini orqaga ketishi bilan bog‘liq holatni yuzaga keltiradi.

    Sanoat korxonalarida inqirozlar boshqa tarmoq yoki iqtisodiy tizimdagi qiyinchiliklar hisobiga va tarmoqning ichida ham vujudga kelishi mumkin. Bu o‘rinda inqirozlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa tarmoqlarga tegishli barcha sabablar sanoat korxonalaridagi inqirozlarni ham vujudga keltiradi.

    Inqiroz deganda insonning ko‘z oldida hech qanday moddiylik gavdalanmaydi va inqirozni hech qanday shakli-shamoyili bo‘lmaydi. Aynan shu mavhumiylikka ega bo‘lgan hech qanday moddiy ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan tushuncha tovar va pul munosabatlarini nomuvofiqlashtirish, makroiqtisodiyotni izdan chiqarish, ocharchilik, taqchillik, qimmatchilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarish hamda boshqa turli darajadagi qiyinchiliklarni shakllantirish quvvatiga ega.

    Moddiy ashyodan samarasiz foydalanilganda va (yoki) u turib qolganda jamiyat hayotiga zarar etkazishi mumkin, lekin o‘zi ko‘rinmagan narsa qanday zarar etkazadi degan fikr ham yo‘q emas. Bu holatda mavhum tushunchalarning deyarli barchasi insonga u yoki bu darajada ham ijobiy ham salbiy xususiyatlari bilan hayotini mos ravishda bir tomonga o‘zgartirishi mumkin ekanligini anglash mumkin. Misol, ishlab chiqarish korxonasining mulkdori bo‘lgan aksiyador korxona faoliyati orqaga ketib aksiyalarining bozor qiymati u sotib olganidan ko‘ra pasayganida tabiiy ravishda ruhiy tushkunlika tushib qoladi. Bu holatda ham mavxum tushunchalar o‘z kuchini ko‘rsatadi.

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inqiroz faqatgina amal qilgandagina insonlar yodiga tushadi. Agar mavjud bo‘lmasa uni hech kim eslamaydi. Bu ham iqtisodiy inqirozni vujudga keltiruvchi sabablardan biri ekanligini unutmaslik lozim. Chunki, inson o‘z nomi bilan unituvchi, u bo‘lgan voqea hodisalarni yozib, qayd etib borsada yana bir bor takrorlanmaginigacha xato qilaveradi. Bu esa obyektiv qonuniyat. SHu sababdan ham, inqirozlarni fazalar orqali namoyish etganda, u har bir davr odamining boshidan hech bo‘lmaganda bir marotaba o‘tganligini guvohi bo‘lamiz. Inqirozning tabiatan takrorlanuvchanligi ham shundan iborat.

    Inqirozni tushuncha sifatida kengroq tahlil qilganda, oqibati ham moddiy ham ma’naviy zarar bilan tugaydigan va insonlar boshiga turli qiyinchiliklarni soladigan vaqea-hodisalar to‘plamidan iborat jarayon ekanligini ko‘rish mumkin. Inqirozni tabiati va u haqda berilgan ta’riflar mohiyatan yagona tushuncha mazmunini beradi. Inqirozlarni xususiyati haqida gapirilganda esa, ularni kelib chiqish mohiyati va xarakteriga qarab buzg‘unchilik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy tizimlarni emirilishi va katta iqtisodiy-moliyaviy zararlar nazarda tutiladi. SHu bois, inqiroz hech kimni tasavvurida yorqin ijobiy hodisa emas, salbiy taasurotlarni vujudga keltiradi.

    Inqirozni to‘liq mohiyatini ochish uchun albatta u haqda berilgan fikrlar va mulohazar, shuningdek, ta’riflarni birma-bir ko‘rib chiqish lozim.

    O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida inqiroz (crisis) so‘ziga taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul deb ta’rif bildiriladi1. Mazkur ta’rif, inqirozga berilgan ta’riflarning eng ilmiysi deb hisoblansa hato bo‘lmaydi. Chunki, olimlar tomonidan inqirozga berilgan ta’riflar faqatgina, iqtisodiy-moliyaviy nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lib, bir tomonlama xarakterga ega.

    Zamonaviy adabiyotlarda inqirozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi holati bo‘yicha hali ham bitta tan olingan xulosaga kelinmagan. Inqirozlar bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qiladi, lekin ma’muriy tizimda mavjud emas degan tushunchalar mavjud.

    Ba’zilar iqtisodiy inqirozlar haqida so‘z yuritib, faqat davlat miqyosida amal qilib mikrodarajada bo‘lmaydi, korxona inqirozlarini boshqaruvdagi muammo, hato va kamchiliklardan iborat deb tushuntiradilar. Bunday tushunishlar hato fikr hisoblanadi. Agar ularning fikrini to‘g‘ri hisoblab shu vaziyatdan turib holatga baho beradigan bo‘lsak, firma boshqaruvida inqirozni rivojlanishini, strategiyasini oldindan ko‘ra bilishning ilojisi yo‘q va hisobga olib ham bo‘lmaydi.

    Inqiroz tushunchasi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiga ko‘p tomonlama ta’sir qiladigan risk tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq2.

    Rossiyalik inqirozga qarshi boshqaruv maktabi vakillari ham inqiroz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. E.A.Babushkina, O.YU.Biryukova, L.S.Vereshaginalarning ta’riflariga ko‘ra, inqiroz – bu korxonaning hayot faoliyatiga maksimal darajada qarama-qarshi ta’sir qiluvchi jarayon bo‘lib, faqatgina kapitalistik tizimga xos bo‘lgan holatdir1.

    Shu kabi fikrlarni E.P.Jarkovskaya va B.E.Brodskiylar ham bildirishgan bo‘lib: inqiroz – bu korxonaning ichki ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy hamda tashqi muhit bilan munosabatlarini keskinlashuvidir. Inqiroz korxonaning rivojlanish va tiklanish, ishlab chiqarishni kengayishi holatida ham pasayish sifatida aks etishi mumkin2.

    Angliyalik iqtisodchi olimlardan biri Djon Von Eykennning inqirozga bergan ta’riflari boshqa olimlarning mulohazalaridan ajralib turadi. U inqirozni bir necha ta’riflar yordamida tushuntirgan.



    1-ta’rif: inqiroz – bu havfli nobarqaror vaziyat va ish holati bo‘lib, voqea hodisalarni yaxshi yoki yomon tomonga qarab rivojlanishiga eng kata ta’sir qiladigan omildir;

    2-ta’rif: inqiroz – bu tashkilotning moliyaviy holati yoki obro‘-e’tiboriga ta’sir qiluvchi barcha salbiy holatlardir;

    3-ta’rif: inqiroz – bu korxonaning rahbarlari, hamkorlari uchun o‘z oldilaridagi imkoniyatlarini ochish haqida qaror qabul qilishga majbur etuvchi takroriy holatdir3.

    Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, inqirozga berilgan ta’riflar turlicha bo‘lgani bilan ularni mohiyati yagona fikr ostida birlashadi. Lekin aytib o‘tish zarurki, berilgan ta’riflarni inqirozni turli nuqtadan tahlil qiladi.

    Ta’riflarni tahlil qilganda quyidagilarni kuzatish mumkin. Babushkina E.A., Biryukova O.Y., Vereshagina L.S. larning bergan ta’riflarida inqiroz kapitalistik tizimdagina uchraydigan va sotsialistik iqtisodiy tizimga yod tushuncha sifatida ta’riflanadi. Bunday fikrga sabab, davlat boshqaruvida va mulkida bo‘lgan korxonalar doimiy ravishda davlat qaromig‘ida bo‘ladi va hech qachon inqirozga uchramaydi degan mulohazadir. Lekin sotsialistik tizimlarda ham inqiroz bo‘ladi. Sotsialistik tizim asoschilaridan biri K.Marks ham o‘zining Iqtisodiyssiklning nazariy egri chizig‘ida ko‘rsatib o‘tgan. Ya’ni iqtisodiyot ma’lum cho‘qqini zabt etgandan so‘ng muqarrar ravishda inqirozlarni ham boshdan kechirishini isbotlab bergan. Demak, sotsialistik tizimda inqirozlar mavjud bo‘lmaganda edi K.Marks ham bu fikrni tasdiqlamagan bo‘lar edi. Faqat unda bozor iqtisodiyotidan farqli ravishda avval davlat inqiroz yoqasiga keladi.

    Yana shuni ham aytish kerakki, ular inqirozni natural xo‘jaliklarda ham mavjud bo‘lmasligi4 haqida fikr bildirganlar. Lekin inqirozni o‘zlari tomondan berilgan ta’rifda ham xo‘jalik faoliyatiga qarama-qarshi ta’sir qiluvchi jarayon sifatida aytib o‘tilgan. Natural xo‘jalikda faoliyatga qarama-qarshi ta’sir qiluvchi kuchlar, omillar yetarli. Bularga tabiiy omillarni misol qilib ko‘rsatishni o‘zi kifoya. Xulosa qilish mumkinki, inqirozga berilgan ta’rifni birinchi qismi maqsadga muvofiq tartibda berilgan bo‘lishiga qaramasdan uni tahlilida olimlar inqirozga ta’sir qiluvchi omillarni e’tiborga olmaganlar.

    E.P.Jarkovskaya va B.E.Brodskiylar yuqoridagi olimlardan farqli ravishda inqirozni unga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni e’tiborga olgan holda ta’riflaganlar va korxonaning umumiy munosabatlarini keskinlashuviga olib kelishini tushuntirganlar. Mazkur ta’rifni tahlilini o‘rganib shunday xulosa qilish mumkinki, fikr bir tomonlamalik xarakterga ega. Chunki inqirozni ta’rifi iqtisodiy va moliyaviy tomonga bog‘langan ravishda berilgan. Lekin inqiroz korxona xo‘jalik faoliyatida faqatgina iqtisodiy va moliyaviy sabablar natijasida vujudga kelmaydi faqatgina uni oqibati bunga borib taqaladi. Bundan ko‘rinadiki, ta’rif omillarni oqibatiga yo‘naltirilgan. To‘g‘ri inqirozni oqibati iqtisodiy va moliyaviy zarar keltirgani uchun ham xatarli hisosoblansada, ammo ruhiy oqibatlarni ham yoddan chiqarmasalik zarur. Shuning uchun ham, inqiroz hatarlar girdobi hisoblanadiki, uni oqibati qaysi shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar faqatgina zarar keltiradi. Inqirozni foydali tomonlari ham mavjud bo‘lib, u haqda keyinroq fikr yuritiladi.

    Bugungi kunda korxonalarning ish faoliyatini aktivlashtirish va ishchanlik darajasini oshirish bo‘yicha eng ko‘zga ko‘rinarli ishlarni amalga oshirayotgan olimlardan biri – bu Djon Von Eykendir. U korxonalarni qayta tarkibiy tuzish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha 17 yillik2 tajribaga ega. U bir necha ta’riflarni tahlili bilan izohlab bergan bo‘lib, xozirgi davrdagi eng to‘g‘ri fikrlar deb hisoblash mumkin.

    U inqirozga bergan barcha ta’riflarida uni kelib chiqishi, omillarni ta’sir qilishi va oqibatlarini inobatga olib bergan. Shu bilan birgalikda e’tiborga loyiq tomoni inqirozni yomon holat sifatidagina emas, balki rahbar va hodimlarni o‘z imkoniyatlarini ochishlari uchun zamin deb hisoblagan. Bundan inqirozni kelajakda fan texnika taraqqiyotini ildamlatadigan va hodimlarni o‘z imkoniyatlarini yuqori darajada ko‘rsata olishiga yordamlashadigan jarayon deb ham atab o‘tilgan.

    Shu kabi iqtisodchi olimlar va klassiklar tomonidan inqirozga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib, har biri o‘z mohiyatiga ko‘ra korxona xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi xatarni u yoki bu tomonini ifodalaydi.



    Tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki, haqiqattan ham inqiroz deganda bir hayotiylik tizimida rivojlanib borayotgan obyekt yoki subyektni taraqqiyotidagi orqaga ketishi tushuniladi. Inqirozda harakatlanayotgan jism o‘zini tiklay olmasa yo‘q bo‘lib ketishi muqarrar. Inqiroz faoliyat va jarayonning har bir bosqichida to‘satdan yoki ma’lum va noma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi va uni harakatlanib ketayotgan yo‘lidan bir turtki bilan chiqarib yuborishi mumkin. SHu xususiyati bilan ham u xatarlarning manbaasidir.

    Har qanday iqtisodiy tizim inqirozlarsiz bo‘lmaydi. Buni e’tiborga olgan holda, inqirozga qarshi doimiy ravishda qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqish talab qilinadi.

    Iqtisodiy sikl bo‘yicha inqirozga baho berilganda, u siklning har bir fazasida, ya’ni jonlanish, ko‘tarilish yoki turg‘unlik davrida paydo bo‘lishi mumkin. O‘z mohiyatidan kelib chiqib inqiroz har bir grafikda pasayish tarzida aks etadi.

    Ushbu fan nuqtai nazaridan qaraganda, inqirozga yondosh tushunchalar qatoriga bankrotlik, iqtisodiy nochorlik, zarar ko‘rib ishlash kabi tushunchalar ham qo‘llaniladi.

    Inqirozga qarshi boshqaruv jarayoniga iqtisodiy tomondan baho berilganda – avvalambor, iqtisodiy nochor va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy-iqtisodiy tomondan sog‘lomlashtirish bo‘lib, boshqaruvning bu usulini harakatga keltiruvchi omil iqtisodiy nochorlik belgilari va zarar ko‘rib ishlash hisoblanadi. Respublikamiz qonunchiligida iqtisodiy nochorlik bankrotlik tushunchasi bilan bir xil atama sifatida qo‘llaniladi.

    Buni «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonun 3-moddasining birinchi qismida berilgan ta’rifdan ko‘rish mumkin: bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi.

    Boshqa MDH mamlakatlarida, jumladan Rossiya Federatsiyasida ham bu tushunchalar o‘zaro sinonimdir1.

    O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, bankrotlik – amaliyotda ikki xil ma’noda qo‘llaniladi. Bir tomondan iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish yoki tugatish bilan bog‘liq taomillar kompleksiga nisbatan ishlatilsa, ikkinchi tomondan, istiqbolsiz korxonalarni tugatish davridagi holatiga baho berishda foydalaniladi. Bankrotlik atamasi taomillar tizimi hamda istiqbolsiz korxonaning holatini anglatadi.

    Bir qator olimlar “nochorlik” va “bankrotlik” atamalarini jinoiy huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, bir-biridan farqlash kerakligi haqida aytiladi.

    O. Bulko va L. SHefchuklar1 nochorlik va bankrotlik tushunchalarini to‘lovsizlik alomati bo‘yicha differensiallash kerak deb hisoblaydilar.

    Le Xoaning2 fikricha, nochorlik va bankrotlikni sinonim sifatida tushunmaslik lozim. Nochorlik – bu to‘lovga qobiliyatsizlik, ya’ni, qarzdor o‘z vaqtida o‘ziga qarashli majburiyatlarni to‘lay olmaslik holatidir. Doimiy va davom etuvchi nochorlik mutloq to‘lovga noqodirlikka olib keladi. U holda qarzdor o‘z moliyaviy holatini tiklay olmaydi, uni faoliyatini davom ettirish mumkin bo‘lmay qoladi va maqsadli emas. Bunday nochor tashkilot bankrot bo‘ladi. Shunday ekan, Le Xoaning fikricha, bankrot – qarzdor tomonidan likvidatsiya bo‘lish haqida qaror qabul qilish holatidir.

    B. Klob3 nochorlik va bankrotlik tushunchalarini quyidagicha shakllanishini taklif qiladi: “Nochorlik arbitraj sudi tomonidan tan olinishi yoki kreditorlarning pul majburiyati bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qondira olmaslik va (yoki) uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv taomilini qo‘llagan holda, majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni to‘lashni amalga oshirish.

    Bankrotlik – arbitraj sud tomonidan tan olinishi yohud pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondira olmasligi haqida qarzdor tomonidan e’lon qilinishi va (yoki) qarzdorning mavjud aktivlari doirasida kreditorlar talablarini qondirish maqsadida qarzdorga nisbatan tanlovli ishlab chiqarish taomilini qo‘llab majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish”. Shunday ekan, ko‘rib chiqilgan mualliflar guruhi nochorlikni oddiy to‘lovga to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlikni esa – xo‘jalik sudi tomonidan tan olingan to‘lovga qobiliyatsizlik deb ataganlar.

    Shunday ekan, keltirib o‘tilgan mualliflar jamoasi, nochorlikni to‘lovga qobiliyatsizlik (majburiyatlarni bajara olmaslik), bankrotlik esa – sud tomonidan tan olinishi deb hisoblashni taklif etdilar. Bizning fikrimizcha, bunday nuqtai nazar bahsli, modomiki, bu huquqiy maqsadlardan ko‘ra iqtisodiy maqsadlardan kelib chiqadi.

    Korxonada bankrotlik alomatlarining4 vujudga kelishi natijasida dastlab sudgacha sanatsiya qilishga ehtiyoj tug‘iladi.

    Iqtisodiy nochorlik – korxonaning moliyaviy natijalari, iqtisodiy ahvoli va to‘lov qobiliyatini pasayishi bo‘lib, o‘z majburiyatini belgilangan muddatda bajara olmagan sharoitlarda vujudga keladi. Aslida, to‘lovga qobiliyatsizlik iqtisodiy nochorlikni keltirib chiqaradi. Amaliyotda ham to‘lovga qobiliyati yo‘qolgandan so‘ng iqtisodiy nochor korxona, deb yuritiladi, lekin bir paytda bankrot atamasi ham qo‘llanib ketaveradi. Shu sababli, bankrotlik kategoriyasiga nisbatan iqtisodiy nochorlik kategoriyasi yuzaga kelish davri va mazmuni jihatidan farq qilishi bo‘yicha aniq mezonlarni ishlab chiqish zarur.

    Nochorlik va bankrotlik kategoriyalarini ajratib turuvchi xususiyatlari quyidagilardan iborat:


    • Jonlantiruvchi taomillarni qo‘llagandan so‘ng, korxonani to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati bo‘lmagan holda, bankrotlik alomatlari mavjudligi haqida arbitraj sudning ajrimi;

    • Barcha to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati yo‘qotildi deb, korxonaning moliyaviy holati tavsiflanganda fuqarolik huquqiy me’yori bo‘yicha arbitraj sudning ajrimi.

    To‘lovga qobiliyatsizlik keyinchalik iqtisodiy nochorlik, moliyaviy nobarqarorlik, korxona resurslarining nomutanosibligini yuzaga keltiradi. Agar korxona shu holga tushib, uni sog‘lomlashtirishning iloji bo‘lmasa, tugatishga doir ish yuritish taomili qo‘llaniladi. Buni quyidagi rasm orqali ham ko‘rish mumkin (1.1-rasm).


    1.1-rasm. Sanoat korxonalarida bankrotlik holati kelib chiqishi bosqichlari ketma-ketligi
    Zarar ko‘rib ishlash sanoat korxonalarida hisobot davridagi resurslarning yo‘qotilishini bildiradi. Zarar – mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar shu mahsulotning bozorda sotilishidan kelib tushuvchi tushumdan ko‘pligini anglatadi. Sarflangan xarajatlar esa korxona resurslarining ma’lum maqsadda chiqib ketishi bilan aniqlanadi. Ularning qaytib kelishi esa daromad ko‘rinishida bo‘ladi. Korxona o‘z imkoniyatlaridan foydalanib, foyda olish maqsadida tavakkalchilik sharoitida o‘z resurslarini sarflaydi.

    Zararning mohiyati xarajat qilingan resurslarning sarflangan holatiga nisbatan kamayib qaytishi hisoblanadi. Masalaga dialektik yondashilsa, jamiyat boyligi bu holatda kamaymaydi deb xulosa qilish mumkin. Lekin yo‘qotilgan resurs korxonaga qaytarilmasligi sotilgan mahsulot iste’molchilar tomonidan arzon baholanganligini e’tiborga olib, korxona zarar ko‘rganida resurlar jamiyat a’zolari o‘rtasida notekis taqsimlanadi va bozordagi raqobatga salbiy ta’sir qiladi deb aytish mumkin.

    Zararga olib keluvchi sabab, faqat arzonga sotish emas, balki tayyor mahsulot iste’molchiga etib bormasdan omborda turishi, chirishi, tabiiy yo‘qotilishi ham mumkin. Bu holatda korxona resursining zarar ko‘rinishida yo‘qotilishi jamiyat boyligining kamayishiga olib keladi. SHuning uchun korxonalar nochorligi va zarar ko‘rib ishlashini tahlil qilishda ularning sonidan ko‘ra, ko‘rilgan zarar miqdori, yo‘qotilgan resurslar hajmini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, ko‘rilgan zarar miqdorini tahlil qilish korxona faoliyatining kelgusidagi holatini oldindan baholashni osonlashtiradi hamda boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni samaradorligini ham ko‘rsatib beradi.

    Aytib o‘tilganidek, sanoat korxonalari zarar ko‘rishi oqibatida iqtisodiy resurslarning muntazam kamayib borishi, korxonada moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Kreditorlik qarzlarining esa ko‘payishi bankrotlik taomillarini qo‘llash ehtiyojini hosil qiladi.

    Iqtisodiy nochorlik zarar ko‘rib ishlashning hosilasi hisoblanadi. CHunki korxona tomonidan ko‘rilgan zarar hajmi ortgani sari, to‘lov qobiliyati ham pasayib boraveradi. Bu holatni korxona kapitalining shakllanishi yordamida tahlil qilish iqtisodiy inqirozning ehtimollik darajasini aniqlash imkonini beradi. Ko‘rilgan zararning iqtisodiy nochorlikka ta’siri korxona kapitalining qaysi manbadan ko‘proq shakllanganligiga bog‘liq.

    Masalaga iqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan yondashilsa, korxona jami iqtisodiy resurslarining shakllanish manbaini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin. Iqtisodiy nochorlik belgilari shu guruhlarning o‘zaro mutanosibligiga bog‘liq holda vujudga keladi (1.2-rasm).


    Download 0,56 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish

    Download 0,56 Mb.