• Joriy likvidlik koeffitsienti.
  • JM – joriy majburiyatlar
  • Tez likvidlik koeffitsienti.
  • Mutloq likvidlik koeffitsienti.
  • 5.INQIROZGA QARSHI BOSHQARISH JARAYONIDA KORXONA FAOLIYATINI TASHXISLASH 5.1.Inqirozga qarshi boshqaruvda tashxislash haqida tushuncha va uning ijobiy taraflari
  • Tashxislashning maqsadi
  • Tashxislash o‘zida 3 talabni aks ettiradi
  • O‘tkazilgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki
  • 5.2. Korxonani reyiting asosda baholash metodikalari
  • 5.1-jadval Korxonalarni moliyaviy mustahkamligiga ko‘ra taqsimlash jadvali
  • Likvidlik ko‘rsatkichlari tahlili




    Download 0,56 Mb.
    bet6/164
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,56 Mb.
    #3899
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164

    4.2.Likvidlik ko‘rsatkichlari tahlili

    Likvidlik ko‘rsatkichlari haqida gap ketganda avval likvidlik atamasi bo‘yicha kelishib olish kerak bo‘ladi. Chunki, likvidlik iqtisodiy fanlarda korxona aktivlariga nisbatan ham ishlatiladigan tushunchadir.

    Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, likvidlik – bu korxona aktivlarini pulga aylanish tezligi hisoblanadi. Ya’ni korxona aktivlari likvidlik darajasiga ko‘ra, tez likvidli (joriy aktivlar) va sekin pulga aylanadigan (uzoq muddatli aktivlar) aktivlarga bo‘linadi. Bundan likvidlik atamasi korxona mablag‘ini bir shakldan ikkinchi bir shaklga o‘tishida qoplanish tezligini ifodalayotganligini ko‘rish mumkin.

    Korxona moliyaviy holati tahlil qilinayotganda likvidlik atamasidan foydalaniladi. Ba’zi olimlar likvidlik ko‘rsatkichlarini korxona to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari deb atashadi. CHunki, likvidlik koeffitsientlari o‘zida majburiyatlar va joriy aktivlarning nisbiy natijasini ko‘rsatgani va majburiyatlarning joriy aktivlar orqali qoplanishini anglatganligi uchun shunday nomlash keng tarqalgan.

    Fikrimizcha, bu ko‘rsatkichlarni likvidlik deb yuritilishi maqsadga muvofiq. Chunki, joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati to‘lov qobiliyatini emas, balki aktivlar orqali majburiyatlarni qoplash darajasini ko‘rsatib beradi. To‘lov qobiliyati esa – bu xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni yetarlilik darajasini anglatadi.

    Likvidlik atamasining mohiyati mablag‘ning bir turini ikkinchisiga aylanish darajasini ko‘rsatib beradi. Likvidlik koeffitsientlari ham mohiyatan joriy majburiyatlarni joriy aktivlarga aylanish darajasini aks ettiradi.



    Asosan korxona faoliyatini tahlil qilishda likvidlikning 3 xil turi qo‘llaniladi:

    1. Joriy likvidlik koeffitsienti;

    2. Tez likvidlik koeffitsienti;

    3. Mutloq likvidlik koeffitsienti.

    Joriy likvidlik koeffitsienti. Joiriy likvidlik koeffitsienti likvidlikning bir o‘lchovi hisoblanib joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbatini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    Kjl=(JA/JM) ≥ 2
    Bu yerda:

    Kjl – joriy likvidlik koeffitsienti;

    JA – joriy aktivlar;

    JM – joriy majburiyatlar
    Mazkur koeffitsientga chegaraviy me’yor o‘rnatilgan bo‘lib, u korxonaga tashxis berishda qo‘llaniladi. Jahon amaliyotida joriy aktivlardan joriy majburiyatlarni ikki baravar katta bo‘lishi belgilangan. Agar hisob-kitob natijasi undan past chiqsa inqiroz havfi tug‘iladi. Birdan past chiqsa korxona joriy aktivlari joriy majburiyatlarni bajarishga etishmaydi deb hisoblanib bankrotlik belgilari mavjud degan xulosa beriladi.. Ikki va undan yuqori natijani bersa korxona o‘z majburiyatlarini joriy aktivlar hisobiga ikki marta qoplashidan dalolat beradi va barqaror hisoblanadi.

    Tez likvidlik koeffitsienti. Tez likvidlik koeffitsienti likvidlikning yanada chuqurroq ko‘rsatkichi bo‘lib, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    Ktl=((JA-TMZ)/JM)≥1,25
    Bu yerda:

    Ktl – tezlikvidlik koeffitsienti

    TMZ – tovar moddiy zahiralari
    Aylanma kapital va joriy koffitsientga qo‘shimcha sifatida aylanma kapitalning adekvatligini tekshirishning yana bir yo‘li tez likvidli aktivlarni hisoblashdir. Tez likvidlik koeffitsienti eng tez pulga aylanadigan joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbatini ifodalaydi. Bularga pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va debitorlik qarzlari kiradi. Lekin debitorlik qarzlarini eng tez pulga aylanadi deb aytish tugri emas. Sababi debitorlik qarzi korxona ixtiyoridan tashqarida boshqarilayotgan mablag‘ bo‘lgani uchun uni qaytib kelishi hamkor korxonaning moliyaviy intizomiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tez likvidlik koeffitsienti 1,25 yoki undan katta ko‘rsatkichni bersa, korxona o‘zining joriy majburiyatlarini qoplash zahirasiga ega korxonalardan biri hisoblanadi. Lekin uni 1,25 dan past chiqishi korxonaning to‘lov qobiliyati past degan xulosani bermaydi.

    Mutloq likvidlik koeffitsienti. Korxonaning naqd pul mablag‘lari bilan joriy majburiyatlar o‘rtasidagi nisbat bilan aniqlanadi va quyidagicha topiladi:
    Kml=(PM/JM)≥0,2

    Bu yerda:

    Kml – Mutloq likvidlik koeffitsienti;

    PM – hisob-kitob raqamidagi pul mablag‘lari
    Korxonaning joriy majburiyatlarini o‘ziga qarashli naqd pul mablag‘lari bilan qoplanishini ifodalaydi. Korxona faoliyatining barqarorligini ta’minlash uchun koeffitsient 0.2 dan katta yoki unga teng bo‘lishi lozim. Bu ko‘rsatkichni ham belgilangan me’yordan past chiqishi korxonani inqiroz yoqasida ekanligini anglatmaydi. Chunki, korxonalarda naqd pul mablag‘lari doimiy emas. Korxona har kuni naqd pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarganligi uchun shu davrda korxona to‘lovga layoqatli lekin naqd pul mablag‘lariga vaqtincha ega bo‘lmasligi mumkin.
    Tayanch so‘zlar: ichki va tashqi imkoniyatlar, raqobatbardoshlik, inqirozga qarshi boshqaruv, likvidlik foeffitsienti, mutloq likvidlik koeffitsienti, tez likvidlik koeffitsienti
    Mustahkamlash uchun savollar


    1. Inqiroz holatini baholashda tahlilning vazifasi?

    2. Likvidlik va moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichlari tahlili bizga nimalar beradi?

    3. Ishchanlik faolligi ko‘rsatkichlari va rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili nima beradi?

    4. Likvidlik koeffitsientini topishning turlarini sanab bering?

    5. Korxonada vujudga kelgan inqirozni tahlil qilish jarayoni va uning yo’nalishlarini guruhlarga bo’lish orqali izoh bering?

    6. Korxonadagi inqiroz darajasini baholash ko’rsatkichlarini aytib bering?


    5.INQIROZGA QARSHI BOSHQARISH JARAYONIDA KORXONA FAOLIYATINI TASHXISLASH
    5.1.Inqirozga qarshi boshqaruvda tashxislash haqida tushuncha va uning ijobiy taraflari

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz tartibda faol ishlashi qaror qabul qilish jarayoniga bog‘liq. Qaror qabul qilish mexanizmini ishlab chiqarish korxonalarida to‘g‘ri tashkil etilganligi esa uni ma’lumotlar bilan ta’minlovchi tizimning axborotlarini ishonchliligi va o‘z vaqtida etkazib berilishi bilan tavsiflanadi. Bu tizimining ajralmas qismlaridan biri korxonalarni tashxislash jarayonidir.

    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida korxonalarda, aynan shu tizimni kamchiliklardan holi faoliyat yuritishi korxonaning muvaffaqiyatli biznes kaliti va uni yo‘lga qo‘yish muhim tadbir ekanligi davr talabiga aylandi. Keyingi vaqtlarda bozorning va umuman iqtisodiyotning tezkorlik bilan o‘zgarishi jarayonida korxonalar ham shu tezlikda ildamlik bilan harakat qilishlari, aks holda esa qarorlarning kech qabul qilinishi natijasida ishlab chiqailgan mahsulotning raqobatbardoshliligini pasayib ketishi ayni haqiqatdir.

    Korxona faoliyatiga tahdid solayotgan omillar tashxislash natijasida aniqlanadi va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga uzatiladi. Aks holda korxona yaqinlashayotgan inqirozni payqamasdan qo‘yib yuborish mumkinki, bu keyinchalik yomon oqibatlarga olib keladi.

    Inqirozni korxonaning moliyaviy barqarorligiga qanchalik asosda jiddiy ta’sir qilishini anglash qiyin emas. SHu sababdan ham, inqirozga qarshi boshqaruvning eng birinchi bosqichi, uni vaqtida aniqlash va unga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Inqiroz havfini aniqlash jarayoni tashxislash(diagnostika) deb ataladi.

    Global inqiroz davrida tashxislash o‘z dolzarbligini yanada oshirdi. Bu uni bevosita maqsadidan ham kelib chiqadi.



    Tashxislashning maqsadi – o‘rganilayotgan obyektni holatiga aniq va to‘g‘ri baho berish, undagi yutuqlarni takomillashtirish, kamchiliklarni tugatish borasida qilinadigan ishlarni strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishdir. Shuningdek, tashxislashning maqsadi korxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatidagi mavjud bo‘lgan muammolarni, ularni hosil bo‘lish sabablarini aniqlash hisoblanadi.

    Vazifasi – korxona tuzilmasini tashkil qiluvchi barcha elementlarga chora-tadbirlar ishlab chiqishdir. Shunday ekan, inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil etishning talablaridan biri ham tashxislash jarayonini tashkil etilish darajasiga bog‘liq.

    Tashxislash tushunchasi avval tibbiyotda paydo bo‘lgan bo‘lib, quyidagicha ta’riflanadi: tashxis, diagnoz – kasallikning xususiyati, mohiyati va bemorning ahvoli haqida vrachlar bergan qisqacha ta’rif, ta’rif, xulosa, kasallikning nomi. Bemorni to‘g‘ri davolash uchun tashxis aniq qo‘yilishi shart. To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun bemorda kasallikning o‘tish xususiyatlarini bilish, kasallik belgilarini barcha usullar bilan o‘rganish va boshqa kasallik belgilariga taqqoslab ko‘rish kerak. Tashxisni rasmiylashtirishda asosiy kasallikdan tashqari, unga qo‘shilgan yo‘ldosh kasalliklar ham ko‘rsatiladi. Erta qo‘yilgan (kasallikning boshlang‘ich belgilariga ko‘ra) klinik (tekshirishlar natijasiga asoslanib, differensial (farqlash) funksional (a’zolar funksiyasini tekshirib)), davo natijalariga qarab qo‘yilgan, shuningdek, vafotdan keyingi (patologoanatomik) va boshqa tashxislar farq qiladi. Har qanday kasallikni o‘z vaqtida aniqlab to‘g‘ri tashxis qo‘yilgandagina davolash natijasi samarali bo‘ladi1.

    Kundalik hayotda tashxis so‘zini qo‘llanilishida biz birinchidan, kimnidir yoki nimanidir tadqiq qilish natijalarini qayd qilishni, ikkinchidan, mazkur natijalarning ko‘rsatkichlariga, me’yorlariga va xarakteriga qarab xulosa berishni tushunamiz.

    Tashxis qo‘yish tashxislash kategoryasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Tashxislash tibbiyot nuqtai nazaridan, kasallikni davolashga mo‘ljallangan kompleks choralarni ishlab chiqish uchun kasalikka aniqlik kiritish jarayonidir. SHu kabi korxonalar faoliyatida iqtisodiy-moliyaviy barqarorlik darajasini o‘rganishni tashxislash amaliyoti natijasida qo‘lga kiritiladi. Tashxis qo‘yishni iqtisodiy kategoriya sifatida tushunish uchun avvalo iqtisodchi olimlarni bu haqdagi fikrlarini va qarashlarini o‘rganish lozim.

    Tashxislashni amalga oshirish uchun korxona holati turli xil uslublar orqali uning faoliyatini ko‘p tomonlama baholash va ko‘rib chiqish uchun moliyaviy tahlil qilinadi. Tahlilni o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobotlari bazasi ostida hisoblanadigan moliyaviy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi2.

    Rossiyalik olimlardan E.A.Babushkina3 bankrotlik kelish ehtimolini bashorat qilish uchun avvalo uni tashxislash kerakligi haqida aytadi. SHundan so‘ng, tashxislashda foydalaniladigan umumiy ko‘rsatkichlar haqida fikr yuritadi.

    E.P.Jarkovskaya4 esa tashxislashni uning maqsadi asosida yoritib, uni korxona faoliyatidagi muammolarni aniqlashni bajarishi bilan izohlaydi. U ham bu o‘rinda alohida ta’rif bermagan bo‘lib, tashxislash qachonki, korxonada inqiroz havfi sezilganda amalga oshiriladigan hodisa ekanligiga ishora qiladi. Lekin tashxislashni o‘rganish uchun 4 ta tahliliy ko‘rsatkichlar sinfiga kiruvchi 30 dan ortiq koeffitsientlar orqali tashxislash mumkinligini beradiki – bu aynan moliyaviy tahlilning o‘zidir.

    V.I. Orexov va yana bir guruh olimlar: “Inqirozga qarshi boshqaruvni shakllantirish uchun korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati va undagi debitorlik, kreditorlik qarzlari, xususiy mablag‘lar bilan ta’minlanganligi, mavjud va bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyurtmalar, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab va korxonani tahlil qilish kerak bo‘ladi. Bu inqiroz sababini aniqlashtiradi va uni bartaraf etishga imkoniyat yaratadi”1 deb ma’lum ma’noda tashxislashni tahlil qilish jarayonining aynan o‘zi ekanligini ko‘rsatib o‘tadilar.

    N.YU. Kruglova2 esa tashxislash jarayonini rasmiy va norasmiy talablar asosida bajarilishi va bu talablar bevosita korxona xo‘jalik faoliyatni moliyaviy mustahkamligini tahlil qiluvchi koeffitsientlardan iborat ekanligini tushuntiradi.

    YUn G.B., Tal G.K., Grigorev V.V. o‘z asarlarida3: tashxislash – bu mashina, organizmlar holatini tavsiflovchi alomatlarni o‘rganish, o‘rnatish va ularning me’yoriy ish foaliyati rejimini buzilish holatining yuzaga kelishi hamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘ishlarni oldinidan aytish tizimi. Korxona holatini tashxislash esa – bu qonunchilik tomonidan belgilangan vaqt ichida korxona to‘lov qobilligini tiklay olishligini aniqlash uchun amalga oshirilgan chora-tadbilar kompleksi hisoblanadi deb ta’rif berganlar. Ular ta’riflari davomida tahlilga ham ta’rif berib, uni – hal etish, tarkibiy qismlarga ajratish, muhokama qilish deb tushuntirganlar.

    Korxonalar xo‘jalik faoliyatni tashxislash jarayoni haqida keng ma’lumot bergan olimlardan biri professor YA.A.Fomin hisoblanadi. U moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni tashxislashning matematik modellarini ham ilimy yoritib bergan. Uning fikricha4, bankrotlik – bu inqiroz holatining shunday ko‘rinishiki, unda firma kreditorlik qarzlarini to‘lashga hech qanday imkoniyat qolmaydi va to‘lov qobiliyatini o‘zining xususiy kapitali hisobiga qoplay olmaydi. Shu sababdan ham, tashxislash inqirozdan avval amalga oshiriladi. U yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, tashxislash jarayoni korxonaning umumiy hayotiysikl bilan bog‘liq hodisa bo‘lib, u turli jadval va chizmalarda aks etishi kerak.

    M.Meskon, M.Albert F.Xedourilar tomonidan chop etilgan Amerikaning mashhur maenejmentdan darsligida5 yozilishicha, har bir muammo uchun ratsional qaror uni aniqlashtirish yoki to‘liq va to‘g‘ri tashxislashdan boshlanadi. U inqirozni tashxislash u bilan kurash boshlanishini anglatishini aytib, quyidagi –rasmdagi kabi inqirozga qarshi boshqaruvning tashxislash tizimini qisqartirilgan ko‘rinishda tushuntirgan.

    Korxoning inqirozli holatida tashxislash inqiroz bor yoki yo‘qligini angalatadi. Agarda inqiroz bo‘lsa, tashxislash jarayonidan boshqaruv qarorlari asosida boshqaruvning inqirozli holatidagi tizimiga o‘tiladi va himoya strategiyasini ishlab chiqish hamda qo‘llash uchun tezkorlik bilan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Tadbirdan so‘ng yana tashxislash jarayoni takrorlanadi. Agarda inqiroz bo‘lmasa, boshqaruv nazorati davom ettirilaveradi va jarayon birorta alomatni aniqlash davrigacha davom etaveradi. Qaror qabul qilishni ma’lumotlar bilan ta’minlash jarayonida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida tashxislash jarayoni to‘xtamasdan faoliyat yuritadi.

    Ko‘rinib turibdiki, inqirozga qarshi boshqaruvni strategik va taktik vazifalari inqirozni o‘z vaqtida tashxislash vazifasiga munosabatan bo‘ladi.



    Tashxislash o‘zida 3 talabni aks ettiradi:

    1. O‘z vaqtida inqiroz alomatlarini tan olish;

    2. Tan olish natijalarining ishonchliligi;

    3. Tashxislash jarayonini uzluksizligi.

    Inqirozning alomatlari tabiatan turli xil bo‘lishi mumkin. Lekin ular kutilmaganda kelib chiqadi. Korporativ boshqaruv bo‘yicha taniqli nazariyotchi I.Ansoff ularni strategik kutilmaganliklar deb nomlashni taklif qiladi: “Bu huddi radar tizimi orqali kuzatishga o‘xshaydi, ba’zi muammolar kuzatuvchilardan qutulib qoladi, kuzatuvchilar qancha harakat qilmasin ular strategik kutilmaganliklarga aylanadi. Bu shuni anglatadiki, a) muammo to‘satdan va kutilmaganda paydo bo‘ladi; b) firmaning oldinigi tajribalarini mavjudligiga qaramasdan u yangi vazifalarni qo‘yadi; v) tezkor tadbirlarni qo‘llay bilmaslik katta moliyaviy zararga yoki korxonaning foydaga ega bo‘lish imkoniyatlarini pasayishiga olib keladi; g) nazorat tadbirlari uchun tezkorlik bilan qaror qabul qilinishi kerak lekin odatda firmadagi tartib bunga yo‘l qo‘ymaydi”1.

    O‘tkazilgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, korxona faoliyatini tashxislash – bu korxonaning iqtisodiy faoliyatini har tomonlama tahlil qilish, holatni aniqlash va havf-xatarni oldini olishning chora tadbirlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Tashxislash natijasida boshqaruv shakli va uslubi ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq qilinadi.

    Tashxislash – bu boshqaruv emas, balki, boshqaruvning uslubini tanlash vositasidir. Ya’ni, tashxislash amaliyoti natijasida korxona foliyatidagi barcha yaxshi va yomon tomonlar aniqlanadi. YAxshi taraflar takomillashtiriladi, salbiy holatlar esa bartaraf etiladi. SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda uning ahamiyati katta va u orqali bir ko‘rishda ilg‘ab bo‘lmaydigan holatlar ko‘riladi va tadqiq qilinadi.

    Korxonaning moliyaviy holatini tashxislashga bo‘lgan umumiy yondoshuvlar korxonalarda inqirozli vaziyatlarni sabablarini aniqlash, oldindan oghlantirish va profilaktikasini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu tashxislashda inqirozga qarshi boshqaruv texnologiyasinining mavjudligidan dalolat beradi.
    5.2. Korxonani reyiting asosda baholash metodikalari

    Korxonalarda inqirozlarning mavjudligini baholash tahlilning ikki usuli: tashxislash va reyting asosida bashoratlash yordamida aniqlanadi.

    Reyting asosida korxona xo‘jalik faoliyatini baholash – bu korxonaga inqirozning ta’siri qanchalik darajada zarar keltirish va inqirozdan so‘ng korxonada sog‘lomlashtirish ishlari olib borilgunga qadar holati qanday bo‘lishi haqida ma’lumot beradi. Reyting asosida bashoratlashning afzallik va kamchilik tomonlari mavjud. Afzalligi, korxonada inqiroz havfini oldindan bashoratlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Inqirozning darajasi aniq raqamlar yordamida aniqlanib, korxonani qaysi ahvolga olib kelganligi ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari, bashoratlash inqirozni oldindan aniqlab, unga qarshi chora-tadbir ishlab chiqish uchun vaqt bo‘yicha sharoit yaratadi.

    Kamchiligi, korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini oldindan yuz foiz aniqlikda aytib bera oladigan mexanizm ishlab chiqilmagan. Barcha bashorat qiluvchi reyting ko‘rsatkichlari korxonani joriy holati haqidagi moliyaviy ko‘rsatkichlarni aks ettirib beradi hamda kelajak haqida taxminiy xulosaga olib keladi. Ikkinchidan, deyarli barcha bashorat qiluvchi ko‘rsatkichlar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur davlatlarning iqtisodiy jarayonlariga moslashtirilgan. SHu sababli, reyting asosida bashoratlash ko‘rsatkichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy korxonalarda qo‘llab bo‘lmaydi.



    Olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, korxonalarning xo‘jalik faoliyati moliyaviy jihatdan o‘rganilayotganda tahlilchi olimlar tomonidan omilli baholashdan ko‘ra reyting asosida baholashga qiziqish kuchaymoqda. Sababi, reyting asosida moliyaviy holat o‘rganilganda, korxonaga inqirozning yoki to‘lovga qobiliyatsizligining ta’siri emas, balki, korxonaning ma’lum davr uchun moliyaviy qarorlarining natijasiga baho beriladi. Bu korxona moliyasini tashkiliy ishlari qay darajada ketayotganligidan dalolat beradi. Quyidagi jadvalda korxona moliyasini reyting asosida baholashning usullaridan birini ko‘rishimiz mumkin.
    5.1-jadval

    Korxonalarni moliyaviy mustahkamligiga ko‘ra taqsimlash jadvali1

    Ko‘rsatkichlarni nomlanishi

    Ballar yig‘indisi

    Moliyaviy nomustahkamlik turlari (o‘rtacha holat) / ballar miqdori

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    To‘lovga qobillikning yig‘ma koeffitsienti*

    25-0

    >1.0/25

    0.9/20

    0.8/15

    0.7/10

    0.6/5

    <0.5/0

    Tez likvidlik koeffitsienti**

    20-0

    >1.5/20

    1.4/16

    1.3/12

    1.2/8

    1.1/4

    <1.0/0

    Joriy likvidlik koeffitsienti ***

    18-0

    >2.1/18

    1.9/15

    1.7/12

    1.5/9

    1.3/6

    <1.1/0

    Xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlangan-lik koeffitsienti ****

    20-0

    >0.2/20

    0.17/16

    0.14/12

    0.11/8

    0.08/4

    <0.06/0

    Moliyaviy mustahkamlik koeffitsienti *****

    17-0

    >0.6/17

    0.55/14

    0.5/11

    0.45/8

    0.4/5

    <0.35/0

    Jami ballar-

    100-0

    100

    81

    62

    43

    24

    0

    Izoh: yuqoridagi jadvalni hisoblash uchun formulalar bilan tanishib chiqiladi:

    To‘lovga qobillikning yig‘ma koeffitsienti

    *Ksvt=(A1+0,5A2+0,3A3)/(P1+0,5P2+0,3P3)

    Tez likvidlik koeffitsienti

    **Ktl=(A1+A2)/(P1+P2)

    Joriy likvidlik koeffitsienti

    ***Kjl=(A1+A2+A3)/(P1+P2)

    Xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti

    ****Kxat=(P4-A4)/(A1+A2+A3)

    Moliyaviy mustahkamlik koeffitsienti

    *****Kmm=(P4+P3)/Jami balans
    Reyting asosida baholash usulidan ko‘rinadiki, to‘plangan ballar miqdoriga qarab tashkilotning moliyaviy holati aniqlanadi. Ya’ni:

    1-moliyaviy mustahkam va to‘lovga qobil tashkilot (100-85)

    2-me’yoriy mustahkam, lekin qisqa muddatli to‘lovlar bo‘yicha muammo bo‘lishi mumkin (84-70)

    3-korxonada moliyaviy nomustahkamlikning rivojlanishi to‘lovlar muddatini uzayishi (69-50)

    4-davomiy moliyaviy nomustahkamlik va to‘lovga noqobillik (49-30)

    5-korxona moliyaviy holatini inqirozga uchrashi (29-11)

    6-korxonaning bankrotlik holati yoki ishlab chiqarish faoliyatini amaliy jihatdan to‘xtashi (<10)

    Bu besh pozitsiyali reyting asosida baholash usuli yordamida Respublika sanoat korxonalari faoliyatini baholash mumkin. Unda ular tomonidan qabul qilingan moliyaviy boshqaruv qarorlarining samaradorlik darajasi o‘rganiladi.

    Korxonalar faoliyatida moliyaviy reyting asosida baholashning yana bir qancha usullari mavjud. Bu usullardan biri korxonaning hayotiylik siklida tutgan o‘rniga qarab moliyaviy koeffitsientlarni aniqlash va undan eng birinchi foydalanish usulidir. Unga ko‘ra, korxona o‘zining hayotiylik chizmasining qaysi fazasida turganiga qarab, uni tashxislash ko‘rsatkichlari tanlanadi. Bu nazariy masala bo‘yicha birinchi fanga “Firmada inqirozga qarshi boshqarishning strategiya va taktikasi” o‘quv qo‘llanmasining A.P.Gradov tahriri ostidagi mualliflari kiritgan. Ular korxonaning moliyaviy holati ko‘rsatkichlari va hayotiyliksikl fazalari o‘rtasidagi qonuniyatning mavjudligini e’lon qildilar. Nazariyaga asosan mualliflar ko‘rsatkichlarni 5 ta shartli kategoriyalarga bo‘ldilar:


    1. Likvidlik ko‘rsatkichlari (mutloq likvidlik, umumiy likvidlik, joriy likvidlik, manevrlik va to‘lovga qobillik);

    2. Moliyaviy holat koeffitsientlari;

    3. Aylanuvchanlik koeffitsientlari;

    4. Rentabellik ko‘rsatkichlari;

    5. Sotuv rentabelligi.

    Ular o‘z takliflarini firma raqobatbardoshligining hayotiy sikli (FRHS) deb atadilar. U quyidagi ko‘rinishga ega (5.2-jadval).

    O‘quv qo‘llanmaning mualliflari korxona hayotiylik siklining turli bosqichlariga bog‘liq holda moliyaviy ko‘rsatkichlarni keraklik darajasiga qarab taqsimlaganlar va jadvalni keltirib chiqarganlar. Unda 4 burchakda yulduzcha(*) bilan belgilangan joydagi ko‘rsatkichlar korxona hayotiylik siklining aynan shu davrida muhim va eng kerakli ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi. Lekin mualliflarning aytishicha, bu belgilanish bilan boshqa ko‘rsatkich bu bosqichni tadqiq qilishda foydalanilmaydi degani emas, chunki hamma ko‘rsatkichning o‘z o‘rni bor. Tahlilchi o‘z intuitsiasidan kelib chiqqan holda bunga baho berishi mumkin.



    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Likvidlik ko‘rsatkichlari tahlili

    Download 0,56 Mb.