• Qarzdor
  • 2.1-rasm. Majburiyatlarni bajarish imkoniyatlarini kamayish sabablari
  • Korxona qarzdorligin shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin
  • 2.3.Korxonada to‘lovga noqobillikni kelib chiqish sabablari
  • Umumiy qilib olganda, korxona to‘lov layoqatini buzilishiga quyidagi omillar olib keladi
  • 3.KORXONALAR FAOLIYATINI TAHLIL QILISHDA QO‘LLANILADIGAN AXBOROT MANBAALARI 3.1.Boshqaruv va moliyaviy hisob qaror qabul qilish jarayonini axborot bilan ta’minlash manbai sifatida
  • Hisob natijalaridan foydalanuvchilar.
  • Hisobot axborotini taqdim etish shakllari.
  • Hisob axboroti o‘lchov birliklari.
  • Hisobot axborotlarini taqdim etish muddatlari.
  • 3.2.Moliyaviy hisobot shakllari va ulardan tahlilda axborot manbaalari sifatida foydalanish
  • Korxonada majburiyatlarning vujudga kelishi va turlari




    Download 0,56 Mb.
    bet4/164
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,56 Mb.
    #3899
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164

    2.2.Korxonada majburiyatlarning vujudga kelishi va turlari

    Bozor munosabatlarida ishtirok etuvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘lov jarayonlarida qarzdor yoki kreditor bo‘lib ishtirok etadi. Chunki, bozorda faoliyat olib borish sharoitida korxonalarda muntazam moliyaviy imkoniyatlari yetarli bo‘lmaydi. Masalan, mahsulot sotilganidan so‘ng kni puli hisob-kitob raqamiga kelib tushkingacha bo‘lgan jarayonda, yoki ishchilarga ish haqi va soliq to‘langandan so‘ng korxonada pul mablag‘larini uzilishi davriy ravishda ro‘y beradi, bu holda korxonada hamashy va materiallarga bo‘lgan talab vujudga kelib qolsa, u qarz hisobiga mahsulot sotib olishga majbur bo‘ladi. Boshqa hollarda, qarzga mahsulot sotishga majbur bo‘ladi. Shunday ekan, korxona balansida majburiyatlarni vujudga kelishi tabiiy hol hisoblanadi. Qachonki, debitor va kreditor qarzdorlik muddatidan o‘tib ketsagina, salbiy hisoblanadi. bu tushunchalarni batafsil ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.



    Qarzdor – bu turli ko‘rinishda va turli operatsiyalar natijasida o‘zgalar oldida majburiyat vujudga kelgan shaxs hisoblanadi. Boshqa ta’riflarda qarzdor – pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlirning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor1. Bundan ko‘rinadiki, Qonunga asosan qarzdor faqatgina yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkordir. Jismoniy shaxs ham qarzdor bo‘lishi mumkin. Lekin milliy qonunchiligimizda faqatgina yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlargagina bankrotlik taomili qo‘llanilganligi uchun qarzdor sifatida ular e’tirof etilgan.

    Kreditorlar esa qarzdor tomonidan qaraganda undan haqdor shaxslar. Unga Qonunda quyidagicha ta’rif berilgan: kreditorlar – qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarish bo‘yicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yo jismoniy shaxslar (qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog‘ligiga zarar etkazganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno)1. Qonunda kreditorlar sifatida sof hamkorlar hisobga olinadi. Lekin qarzdordan o‘z majburiyatini vaqtida bajarishni har qanday shaxs talab qiladi. Shuni e’tiborga olgan holda ta’rifni mavzu doirasida kengaytirish mumkin. Ya’ni kreditorbu shunday shaxski, u boshqa qarzdor shaxs oldida o‘ziga nisbatan majburiyatni vujudga keltirgan.

    Majburiyat iqtisodiy munosabatlarda korxonalarni ishtiroki nuqtai nazaridan olib qaraganda, korxonani boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi pul mablag‘lari va boshqa ko‘rinishdagi qarzdorlik bo‘lib hisoblanadi. Korxona buxgalteriya balansida aktivlarni chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga shakllangan manbaini aks ettiradi.

    Majburiyatni korxonada vujudga kelishi bo‘yicha yuqorida dastlabki tushunchalar berib o‘tildi. Bundan tashqari, korxonada majburiyatlarning bajarish imkoniyati quyidagi hollarda vujudga kelishi mumkin:



    2.1-rasm. Majburiyatlarni bajarish imkoniyatlarini kamayish sabablari
    Korxona majburiyatlarini muntazam nazorat qilib borish va ularni oqilona boshqarish inqirozga qarshi boshqaruv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki, pul mablag‘lari kirim-chiqimini, korxona to‘lov qobiliyatini muntazam kuzatib borish majburiyatlarni boshqarish asnosida sodir bo‘ladi.

    Korxonalarni inqirozga yuz tutishi va iqtisodiy nochorlikni boshdan kechirishining oxirgi sababi ham mana shu majburiyaitlarni keskin darajada ko‘payib ketishi natijasida, to‘lov qobiliyatini tushib ketishi bilan ifodalanadi. SHu sababli, majburiyatlarni turli klassifikatsiyasi bo‘yicha to‘g‘ri boshqarib borish, kreditorlar bilan doimiy iliq munosabatni shakllantirish inqiroz riskini kamaytiradi.



    Korxona qarzdorligin shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

    • Fiskal tizim oldidagi qarzlar. Bu davlat byudjeti oldidagi qarzlar hisoblanib, unga korxona o‘z ixtiyoridan tashqari majburiy belgilangan tartibda to‘laydigan to‘lovlar kiradi. Bular soliqlar, pensiya fondiga ajratmalar, yagona ijtimoiy to‘lov va shu kabilar. Shuni ham ta’kidlash lozimki, byudjet oldidagi qarzdorlik jazolovchi bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni penchlar turli ko‘rinishdagi jarimalar bunga misol bo‘la oladi.

    • Moliya-kredit tizimi oldidagi qarzdorlik. Bunga turli moliya muassasalari, moliya bozorlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda vujudga keladigan qarzdorliklar kiradi. Bular davriy foiz to‘lovlari, kreditning tani, qimmatli qog‘ozlar yuzasidan vujudga kelgan to‘lovlardan qarzdorliklar hisoblanadi. SHu bilan birgalikda bu turdagi qarzdorlikka sug‘urta kompaniyalar oldidagi qarzdorliklarni ham kiritish mumkin.

    • Kreditorlarga ular tomonidan taklif etilgan tovarlar va xizmatlar uchun majburiyatlar. Bu boshqa hamkorlar, mol etkazib beruvchilar va turli xizmat ko‘rsatuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar yuzasidan kelib chiqadigan qarzdorlikni anglatadi. Bugungi kunda korxonalar qarzdorligini eng katta qismi shu turdagi majburiyatlarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa o‘z vaqtida korxonalar o‘rtasidagi immobilizatsiyalashgan pul mablag‘lari hajmini ortib kelishiga olib kelmoqda.

    • Aksiyadorlar va korxona ishchi hodimlari oldidagi qarzdorlik (ichki qarzdorlik). Bu guruhga ish haqi to‘lovlaridan, turli mukofot va xizmat safari uchun to‘lovlardan, dividend va boshqa to‘lovlardan qarzdorliklar kiradi. Ichki qarzdorlikni o‘sib ketishi korxona imidjini omma oldida pasayib ketishiga va investor va ishchi-xizmatchilar o‘rtasida ishonchni yo‘qolib ketishiga olib keladi.

    Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan majburiyatlarni aniq bajarish vaqtlari mavjud. Majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik, to‘lov intizomini buzilishi hamkorlar va boshqa kreditorlarning xatar darajasini oshiradi. Korxonaning to‘lov qobiliyati bo‘yicha hatar darajasini ortib borishi va to‘lov muddatini uzayib ketishi muassislar, investorlar, hamkorlar oldidiga korxonaga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi. Bunday korxonalar o‘z faoliyatlarini ishonchsiz sheriklar bilan davom ettirishga majbur bo‘ladilar. Va ular bevosita jamiyat oldida intizomsiz to‘lovchiga aylanadilar.
    2.3.Korxonada to‘lovga noqobillikni kelib chiqish sabablari

    Majburiyatlar ixtiyoriy bo‘ladimi yoki majburiy bo‘ladimi ularni to‘lov muddatini o‘tishi korxonalarni to‘lov qobiliyatini pastligidan va iqtisodiy nochorlik alomatlarini mavjudligidan dalolat beradi. Majburiyatlarni bajarilmasligi yana aytish mumkinki, korxona faoliyatini susayishi hamda inqiroz xatarini ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Lekin aytish mukinki, har qanday faoliyatni yuz foizlik oldindan to‘lov bilan amalga oshirish mushkul asli mumkin emas. Deyarli barcha tashkilotdalarda davriy tartibda majburiyatlar mavjud bo‘ladi. Bundan xamma korxonalar ham to‘lovga noqobil deb aytib bo‘lmaydi. Chunki korxonalar o‘zaro shartnomalar tuzayotganda mol etkazib berish va to‘lov muddatini ko‘rsatib o‘tadilarki, ungi rioya qilgan korxonani moliyaviy barqaror deb aytish mumkin. Vaholanki, tovar etib kelgandan muddatdan boshlab 3 kun ichida pulni mol etkazib beruvchini mijoz bankidagi hisob raqamiga o‘tkazib berishga kelishilgan bo‘lsa, mol etib kelgandan so‘ng korxona etkazib beruvchi oldida 3 kungacha qarzdor bo‘ladi. Bu uni majburiyati bor demak to‘lovga qobiliyatsiz deyishga asos bo‘lmaydi. Shu sababdan ham korxonalarni to‘lovga noqobilligi tahlil qilinayotganda eng muhimi muddati o‘tib ketgan kreditorlik qarzdorligi hisoblanadi.

    To‘lovga noqobillikning davriy xususiyat mavjud. Ko‘p ishlab chiqarish korxonalarida buni yaqqol ko‘rish mumkin. Fasllarni almashinishi yoki, ma’lum moda va urflarni o‘zgarishi deyarli barcha korxona uchun mavsumiylikni mavjud ekanligini isbotlaydi. Korxonalar esa mavsumga moslashib toki bozor segmentini ushlab qolgunlaricha muayyan muddat to‘lov qobiliyatlari pasayib boradi. Moliyaviy barqaror korxonalar ham tez-tez yangi mavsumga moslashib olishlari uchun bunday holatlarni boshdan o‘tkazadilar. Bu holatda o‘zini tezlik bilan tiklab olishlik korxona barqarorligini oshirsa, bu davrda esankirab qolish korxonani butkul muammolar girdobiga tashlab qo‘yadi.

    Korxonaning to‘lovga noqobilligi (to‘lovga layoqatsizligi) – bu to‘lov muddati kelgan majburiyatlarini shartnomada kelishilgan va (yoki) Qonun bilan belgilangan muddatlarda bajara olmasligi. To‘lov qobiliyatining mavjud emasligi korxonaning o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarishiga to‘sqinlik qiladi va iqtisodiy nochorlik holatini yuzaga keltiradi. Inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi korxona to‘lov layoqatini tiklash bo‘lib hisoblanadi. Chunki, korxona to‘lov layoqatini pastligi inqirozga qarshi boshqaruvni samarasiz faoliyatidan darak beradi. Agar korxona to‘lov layoqati tiklanmaydigan bo‘lsa, korxonadagi inqirozli vaziyat yanada avj oladi.

    Korxona to‘lovlarni muddatidan biroz kechiktirib to‘lashi va muddatini o‘tkazib yuborishi to‘lov qobiliyatini pasayib ketayotganligidan va inqiroz hududiga tushib qolganligidan dalolat beradi. Hamkor korxonani shu kabi inqirozga tushib o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyatini pasayishi boshqa sheriklarini ham to‘lov qobiliyatini pasayib borishi natijasida bu holat zanjirsimon ko‘rinish olishi mumkin. Bu albatta kreditorlarning moliyaviy holatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatib ularning boshqa hamkorlari oldididagi majburiyatlarini bajara olmasliklariga olib keladi. Boshqa so‘zlar bilan aytish mumkinki, to‘lovga noqobillik korxona kreditorlariga moliyaviy zarar etkazadi, o‘z resurslaridan samarali foydalanishiga to‘sqinlik qiladi. Oxir-oqibat to‘lovga noqobillik korxona kreditorlarining oldiga bir qancha variantlarning tanlovini qo‘yadi:


    • korxonaning to‘lovga noqobilligi sharoitida unga inqirozdan chiqish va to‘lov qobiliyatini tiklash uchun imkoniyat berish;

    • o‘z haqini tezroq undirish maqsadida korxona mulkini sotish, tugatishga doir ish yuritishni xo‘jalik sudidan so‘rash.

    Bu yerda xamma narsa faqatgina kreditorga bog‘liq bo‘lmaydi. Qarzdorning o‘zi ham xususiy tartibda inqirozli vaziyatni va majburiyatlarini bajara olish imkoniyati yo‘qligini to‘g‘ri baholagan holda kreditorlar bilan kelishuv ishlarini amalga oshirishi mumkin. Hattoki, korxona sifatida o‘z-o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish (likvidatsiya)ni qo‘llashi mumkin.

    Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, to‘lovga noqobillikni keltirib chiqaruvchi sabablarga barcha olimlar turlicha fikr bildirganlar. Ba’zilar noqobillikni vujudga keltiruvchi asosiy omil marketing siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi deb baholasa boshqalar moliyaviy menejmentni to‘g‘ri tashkil etilmaganligi bilan bog‘laydi. Darhaqiqat, korxonalarda to‘lovga noqobillikni keltirib chiqaruvchi omillar xilma-xil bo‘lib ular bozor yoki ichki muhitda ishlarni tashkil etilganlik darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalani bu nuqtai nazar orqali o‘rganish, huddi inqiroz kabi to‘lovga noqobillikni ham keltirib chiqaruvchi sabablar tashqi va ichki sabablarga bo‘linishini ko‘rsatadi.

    Fikrimizcha, inqirozga ko‘proq tashqi omillar ta’sir ko‘rsatsa, to‘lov layoqatini yo‘qotishga ichki omilar ta’sir kuchli bo‘ladi. Bundan, inqiroz va to‘lov layoqatini yo‘qotish aynan bir xil vaziyat emasligini bilish mumkin. Iqtisodiy inqiroz to‘lov layoqatini yo‘qotishga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, korxona inqirozga uchrashidan avval to‘lov layoqatini yo‘qotadi va shu payitda boshqa tashqi sabablarning salbiy ta’siri natijasida o‘zini tiklay olmasdan, inqirozga yuz tutadi. Ya’ni, korxona ichki muhitida, boshqaruvida vujudga kelgan muammolar va vaqtinchalik qiyinchiliklar to‘lovga layoqatsizlikni hosil qiladi, shu davrda korxonani faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi tashqi omillarning vujudga kelishi inqiroz hatarini yanada kuchaytiradi. Demak, to‘lovga noqobillik inqirozning dastlabki bosqichi ekanligini anglash mumkin.

    Umumiy qilib olganda, korxona to‘lov layoqatini buzilishiga quyidagi omillar olib keladi:


    • Kadrlar malakasini pastligi natijasida moliyani boshqarish ishlarini to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;

    • Mahsulot sifatini pasayishi oqibatida sotishni kamayishi;

    • Valyuta kursidagi farqlarni ortib ketishi;

    • Jarima va penyalarni ko‘payib ketishi;

    • Yirik debitorlik qarzlarini qaytarilmasligi;

    • Favqulodda hodisalar natijasida aylanma mablag‘larning kamayishi va sh.k.

    Keltirib o‘tilgan asosiy noqobillikni keltirib chiqaruvchi sabablar oxir-oqibat korxona aylanma mablag‘larini keskin kamayib ketishiga olib keladi. Joriy aktivlarning joriy majburiyatlardan kamayib ketishi esa to‘lovga noqobillikni keltirib chiqaradi.

    Xulosa qilib aytish mumkinki, to‘lovga layoqatsizlikni sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar barcha sabablar bitta hodisaga, ya’ni aylanma mablag‘larni kamayishiga olib keladi. Korxonada aylanma mablag‘larning etishmovchiligi esa naqd pul tanqisligini keltirib chiqaradi so‘ng korxona to‘lov layoqatini yo‘qotadi.


    Tayanch so‘zlar: to’lov qobiliyati, qarzdor, korxona majburiyatlari, kreditor, korxonaning to’lovga noqobilligi, moliya-kredit tizimi, fiscal tizim
    Mustahkamlash uchun savollar

    1. Korxonaning to‘lov qobiliyati deganda nimani tushunasiz?

    2. Korxonaning majburiyatlari va uning turlari?

    3. Korxona majburiyatlarini to‘lov qobiliyatiga ta’siri qanday?

    4. Korxona to’lov layoqatini buzilishiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering?

    5. ”Qarzdor” atamasiga ta’rif bering?

    6. Korxona to’lov layoqatini mavjudligi qanday aniqlanadi?

    7. Korxona majburiyatlari qanday hollarda vujudga keladi?



    3.KORXONALAR FAOLIYATINI TAHLIL QILISHDA QO‘LLANILADIGAN AXBOROT MANBAALARI
    3.1.Boshqaruv va moliyaviy hisob qaror qabul qilish jarayonini axborot bilan ta’minlash manbai sifatida

    Boshqaruv hisobi boshqaruvni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Boshqaruv hisobining maqsadi – barcha darajadagi korxonalarning menejerlarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborot bilan ta’minlashdan iborat. U mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni boshqarish, uzoq muddatli rejali va byudjet tuzish, byudjetlar ijrosini nazorat va tahlil qilish, og‘ishlar bo‘yicha boshqaruv usullarini, xilma-xil va ko‘p sonli vaziyatga oid boshqaruv qarorlari uchun axborot tayyorlashni o‘z ichiga oladi.

    Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining alohida kichik tizimi bo‘lib, moliyaviy hisobni qamrab oladi, ularning har birini o‘z maqsad va vazifalari bor.

    Moliyaviy hisobning maqsadi korxona hisobotini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash va taqdim qilishdir. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari taqqoslanadigan bo‘lishi va undan tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy holatiga uning to‘lov qobiliyatiga obyektiv baho bera olishlari uchun zarur axborot bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisob Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartldari kabi aniq standart va belgilangan me’yorlar asosida yuritilishi lozim.

    Boshqaruv hisobi korxonani boshqarishning hamma darajalarida rahbariyat tomonida ichki foydalanish uchun hisob axborotnining barcha turlarini qamrab oladi. Boshqaruv hisobini menejerlarga rejalashtirish, nazorat qilish, qaror qabul qilish kabi jarayonlarda yordam berish maqsadida ularga moliyaviy va nomoliyaviy axborot berish deb ta’riflash mumkin.

    Korxona rahbariyati uchun mo‘ljallangan boshqaruv hisobi axborotlariga qo‘yiladigan talablar moliyaviy hisobotlarga chva tashqi foydalanishga taqdim qilingan ma’lumotga qo‘yiladigan talabdan boshqachadir.

    Boshqaruv va moliyaviy hisob o‘rtasida o‘xshashliklar ko‘p, chunki ikkalasi ham korxonaning hisob tizimidan foydalanadi. Biroq boshqaruv va moliyaviy hisobga oid adabiyotlarda ular o‘rtasida katta farq mavjud ekanligi haqida yoziladi. Hisobning bu turlari o‘rtasidagi eng muhim farqlar quyidagilardan iborat:

    Hisob maqsadi. Moliyaviy hisob – bu rasmiy hisob bo‘lib uni yuritish barcha korxona va tashkilotlar uchun majburiydir. Moliyaviy hisob hujjatlari mahalliy soliq idoralari va statistika boshqarmalariga taqdim etiladi. Ular auditorlik tekshiruvi obyektlari hisoblanadi, e’lon qilinishi majburiydir.

    Boshqaruv hisobi – bu boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab chiqarishni o‘zgarayotgan sharoitlarini tez e’tiborga olish uchun korxona rahbariyatiga va mutaxassislariga zarur bo‘ladigan hisob bo‘lib, uning ma’lumotlari tijorat siri bo‘lib hisoblanadi.



    Axborot manbaalari. Moliyaviy hisob uchun faqat tashkilot hisob tizimining ma’lumotlari va soliqqa tortish tizimining elementlari axborot manbai bo‘lib hisoblanadi.

    Boshqaruv hisobi uchun korxona hisob tizimi ma’lumotlaridan tashqari moddiy resurslarni sarflash, texnologik chiqitning me’yorlari, bozordagi vaziyatni o‘rganish, ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi hisobotlar, ularning natijalaridan ishlab chiqarishning mavjud sharoitlarida foydalanish imkoniyatlari, tomonlar xo‘jalik shartnomalarini bajarmagan taqdirda beriladigan jarima choralari va boshqalar axborot manbai bo‘ladi.



    Hisob natijalaridan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni ba’zan tashqi hisob deyiladi va uning natijalari odatda e’lon qilinadi. Bundan tashqari hisobotlarda faqat moliyaviy axborotlar emas korxona faoliyati yutuqlarini, uning yangi mahsulotlarini ko‘rsatadigan reklama tusidagi ma’lumotlar ham bo‘ladi. Bu axborot korxonaning aksiyadorlariga, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni ushlab turuvchilarga va bo‘lajak investorlarga zarurdir.

    Boshqaruv hisobini ichki hisob deyish mumkin. Uning natijalaridan faqat korxona hodimlari foydalanadi.



    Hisobot axborotini taqdim etish shakllari. Moliyaviy axborot soliq organlariga Qonunda belgilangan shakllar bo‘yicha taqdim etiladi. Boshqaruv hisobi natijalari istalgan shaklda taqdim etilishi mumkin. Majburiy shakllar va blankalar mavjud emas. Bundan tashqari boshqaruv hisobi axborotlarini yuritish yoki yuritmaslikni korxona rahbariyatining o‘zi hal qiladi.

    Hisob axboroti o‘lchov birliklari. Moliyaviy hisobot axborotlarida xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Ular universal bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatning milliy valyutasida ifodalanadi.

    Boshqaruv hisobi axborotlari o‘lchovning barcha turlaridan – natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan iborat bo‘ladi. Axborot uzatilayotgan shaxsga axborot o‘lchov birligining qulaylik darajasiga qarab o‘lchov shakli tanlanadi.



    Hisobot axborotlarini taqdim etish muddatlari. Moliyaviy hisobotlar uchun aniq qat’iy muddatlar belgilab qo‘yilgan. Hisobot yilning har choragi va yil tugaganidan so‘ng taqdim etiladi. Boshqaruvchilar uchun tayinlangan axborotlarning muddatlari qat’iy vaqt bilan cheklab qo‘yilmagan, ular istagan payitda boshqaruv hisobi orqali uzatiladi. Bunday hisobotlarni taqdim etish muddatlarini korxona rahbari belgilaydi.

    Hisob obyekti. Moliyaviy hisobot umuman tashkilotning o‘zini hisob obyekti deb biladi.

    Boshqaruv hisobi uchun mas’uliyat markazi deb yuritiladigan markazlar, xizmatlar, va buyumlar bo‘yicha xarajat markazlari obyekt bo‘lib xizmat qiladi. Yaxlit korxonaning o‘zi, ayrimssexlar, uchastkalar, bo‘linmalar shunday obyekt bo‘lishi mumkin.



    Hisob usullari. Moliyaviy hisob axborotlari asosan birlamchi buxgalteriya ma’lumotlariga tayanadi.

    Boshqaruv hisobidagi axborotlar avvalo tashkilotning ichki bo‘limlarida mujassamlashgan birlamchm ma’lumotlarni, o‘tgan davr materiallarni va kelajakka taxminiy baholarni qo‘shib olib borishga asoslangan.



    Hisob qoidalari. Moliyaviy hisob umum qabul qilingan ikki yoqlama yozuv tamoyili, ma’lumotlarni qiyoslanishi kabi qoidalarga asoslanadi.

    Boshqaruv hisobining umumiy qabul qilingan qoidalari yuk. Eng muhimi foydalanish uchun qulayligidir.

    Ko‘rinib turibdikii, boshqaruv hisobi ham moliyaviy hisob ham turli yo‘llar bilan boshqaruv qarorlarini axborotlar bilan ta’minlashga harakat qiladi. Korxonada inqirozga qarshi boshqaruv jarayoni amalda bo‘lgan hollarda, boshqfaruv hisobining o‘rni ichki boshqaruvni axborotlar bilan ta’minlashda belgilanadi. Moliyaviy hisob esa kreditorlarni axborot bilan ta’minlashda qo‘l keladi. Bu ikki axborot tizimlarini korxonada samarali foaliyatini yo‘lga qo‘yilishi qabul qilingan qarorlarning samaradorligini oshiradi.
    3.2.Moliyaviy hisobot shakllari va ulardan tahlilda axborot manbaalari sifatida foydalanish

    Inqirozga qarshi boshqaruvning samaradorligi korxonaning inqiroz oldi vaziyati va iniqroz davridagi moliyaviy holatini to‘g‘ri tahlil qilish va inqiroz sabablarini aniqlashga bog‘liq. Bunda moliyaviy hisobot shakllaridan tahlining axborot manbaasi sifatida keng foydalaniladi.

    Inqirozga uchragan yoki inqiroz havfi mavjud bo‘lgan korxonalarda moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va u bo‘yicha malakali xulosa chiqarish tahlilda foydalaniladigan axborot manbaalari bilan a’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Korxona faoliyatini qanchalik darajada chuqur va atroflicha tahlil qiinsa, moliyaviy va iqtisodiy holat haqidagi xulosalar shunchalik aniq bo‘ladi. Tahlil jarayonini axborot manballari bilan ta’minlashda beshta shakldagi moliyaviy hisobot shakllaridan foydalaniladi.Ularga quyidagilar kiradi:


    • 1-sonli shakl. Buxgalteriya balansi.

    • 2-sonli shakl. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.

    • 3-sonli shakl. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risigi hisobot.

    • 4-sonli shakl. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot.

    • 5-sonli shakl. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot.

    Korxonaning 1-sonli shakli Buxgalteriya balansi hisoblanib, u korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbaalarini ma’lum davrdagi holatini aks ettiradi. Balans so‘zi lotincha bis-ikki marta, lanx-tarozi pallasi degan ma’noni anglatadi. Demak, balans suzi tarozini ikki pallasi ya’ni tenglik ma’nosini anglatadi.

    Korxona va tashkilotlarning mablag‘lari doimo harakatda bo‘lib, ular xam miqdor, xam qiymat jihatidan o‘zgarib turadi. Korxonaning ixtiyorida bo‘lgan ushbu xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari buxgalteriya xisobining obyekti sifati xisoblanib, ularning harakati buxgalteriya schyotlarida xisobga olib boriladi. Ammo korxonani boshqarish uchun mablag‘lar va ularni tashkil topish manbaalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni schyotlardan olish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun schyotlardagi mablag‘larni va ularning manbaalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum sanaga umumlashtirish kerak. Buning uchun buxgalteriya balansidan foydalaniladi.

    Adabiyotlarda keltirilishicha, buxgalteriya balansi sxematik tarzda tuzilgan ikki tomonlama jadval bo‘lib, chap va o‘ng tomonlarga bo‘lingan ikki qismdan iborat. Mos ravishda ular aktiv va passiv tomon deb yuritiladi. Aktiv tomonida xo‘jalik mablag‘larining joylashuvi va passiv tomonida xo‘jalik mablag‘larining manbaalari jlylashgan bo‘ladi. Uning mazmuni aktiv va passiv tomonning doimo teng bo‘lishini anglatadi. Chunki, korxona hisobida mavjud bo‘lgan har qanday mablag‘ yoki boshqa aktivlar o‘zining aniq kelib chiqish manbaiga ega bo‘lishi lozim. Aks holda, hisob siyosati buzilib ketadi. Bu jihatdan Buxgalteriya balansi korxonaning jami mol-mulki va mablag‘lari tartibotini olib boradi. Balansning qisqacha ko‘rinishi quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan (2.1-jadval).

    Keltirilgan jadvalga ko‘ra, buxgalteriya balansiga quyidagicha ta’rifni berish mumkin: buxgalteriya balansi – bu korxona xo‘jalik mablag‘lari tarkibini, joylanishini, manbaalarini va ishlatilishini hisobot davrining ma’lum bir kuniga pul ifodalarida ko‘rsatib beruvchi ikki yoqlama jadvaldir. bundan ko‘rinadiki, balans momentli hisobot shakli bo‘lib xo‘jalik operatsiyalari natijasida korxona aktiv va passividagi o‘zgarishlarning yagona davrdagi holatini ko‘rsatib beradi.



    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonada majburiyatlarning vujudga kelishi va turlari

    Download 0,56 Mb.