55
4 - bob Axborot tizimlarini boshqarish
4.1 Iqtisodiy axborot tizimi. Iqtisodiy tizimlarni o’rganishda tizimli yondashuv
Hozirgi kunda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan
tushunchalardan biri -
tizimdir.
Tizim
– bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni
anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta’rif keltiramiz.
Tizim
- bu o’zaro bog’liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida
asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan elementlar to’plamidir.
Bu elementlar
to’plami oddiy elementlar yig’indisidangina iborat bo’lmay, har bir element ham o’z
navbatida tizim bo’lishi mumkin.
Tizimlarni turli belgilarga ko’ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman
olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo’lishi mumkin (mavxum
- inson ongi
maxsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob’ektlar to’plamidan tashkil topadi. O’z
navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik)
tizimga
yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy tizim
egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni
aks ettirishdir.
Mavxum tizimlar inson ongining maxsuli bo’lib,
har xil nazariyalar, bilimlar,
gipotezalardan iborat. YAngi axborot texnologiyasi ham
moddiy tizim elementlarini
(kompyuterlar, hujjatlar, insonlar), ham no moddiy tizim elementlarini (matematik
modellar, inson bilimlari va hokazo) o’z ichiga oladi.
SHu orada axborot
texnologiyasiga ta’rif berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Axborot texnologiyasi
- ob’ektning, xodisa yoki jarayonining (axborot
maxsulotining) ahvoli xaqida yangicha ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni
yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasi (boshlang’ich
ma’lumotlar) dan foydalanish jarayonidir.
Tizimlar tuzilishi bo’yicha