Axborot tizimlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/155
Sana19.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#243546
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

 
oddiy
 
yoki murakkab bo’lishi mumkin. 
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elementlar soni kam bo’lib, sodda tuzilishga ega 
bo’ladi. 
Murakkab tizimlar esa, bir nechta elementlardan tashkil topgan bo’lib bu 
elementlar ham o’z navbatida alohida tizimlarga bo’linishi mumkin. 
Vaqt davomida o’zgarishga qarab tizimlar 
statik
va
 dinamik
turlarga ajratiladi. 
Statik tizimlar ma’lum vaqt oralig’ida o’z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda 
esa, vaqt o’tishi bilan holat o’zgarib boradi. 
Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o’xshashlari va farqlilarini 
ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.
Tasniflash
– bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar ya’ni, kirish va chiqish 
jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning 
resurslari bilan ta’minlanganligi va hakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin. 
Tizimni mazkur belgiga ko’ra tasniflash 4.1-rasmda keltirilgan. 
Sun’iy tizimlar
– bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. 
Tabiiy tizimlar
bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan 
tizimlar. 
Aralash tizimlar
ta’biy va sun’iy tizimlarni o’z ichiga oladi. 
 Ergonomik tizimlar
– bu, «mashina – inson - operator» majmui. 


56 
 Biotexnik tizimlar
– tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir.
 Tashkiliy tizimlar
– bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan 
tashkil topgan tizimlar sanaladi. 
4.1 - rasm. Tizimlar tasnifi 
Xalq xujaligi tarmoqlarining asosiy vazifasi - davr talabiga javob beradigan 
maxsulot ishlab chikarish. Ishlab chikarishni tashkil etish va ana shu vazifasining 
bajarilishini ta’minlash boshqarish zimmasiga yuklatilgan. Bu esa uz navbatida 
moxiyatiga kura axborot jarayonidir. Axborot - boshqaruvning negizi xisoblanadi. 
Mazkur vaqtdagi boshqarish tizimining xolati axborot bilan belgilanadi. Boshqaruv 
axborot jarayoni sifatida karalar ekan, bunda kuyidagi asosiy uch boskich kuzga 
tashlanadi: 
1. 
Boshqariladigan ob’ekt xolati to’g’risidagi axborotlarni to’plash, chamalash, 
qayd qilish, uzatish va saqlash. 
2. 
Olingan axborotlar ustida ishlash. 
3. 
Boshqaruvchi axborotni (boshqaruv karorini) qabul qilish. 
YUkoridagi boskichlarni amalga oshirish natijasida ob’ekt bir xolatdan ikkinchi 
xolatga utadi va boshqaruv jarayonida turli axborotlar xosil qilinadi. 

Download 2,86 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish