4.2. Iqtisodiy obьektni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi Tashkiliy tizim – boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar,
boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag’batlantirish qoidalari mezonlari uchun
foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish
tartibini belgilovchi qoidalar yig’indisidir.
Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar
jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo’ljallangan. Oxirgisi
ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning o’ziga
xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim.
Tizimda boshqaruv ob’ekti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq
mahsulotni olishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi vazirlik,
idora, korxona, tsex, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim
shaxslardir. Boshqaruv ob’ektining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog’idagi turli
holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo’ysindirilgan.
Boshqaruv organi ob’ektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi
shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi.
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo
bo’lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida
boshqaruvga ehtiyoj bo’ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan
tayyorlangan axborot talab qilinadi.
Axborot tizimi tegishli iqtisodiy ob’ektlar (ob’ektlar)da faoliyat ko’rsatuvchi
va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali
boshqarish uchun iqtisodiy ob’ektlarga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish,
iqtisodiy ob’ektni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan
iborat.