60
4.3-rasm. Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining
o’zaro aloqalari
-
iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni
chiqarish;
-
yo’nalishlarni
baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va
harakatlarni baholash, strategiyalarni
ishlab chiqish
uchun axborotlardan
foydalanishni tashkil etish;
-
mazkur iqtisodiy ob’ekt xodimi qayta ishlagan axborotlar bo’yicha teskari
aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish.
Bu barcha harakatlar iqtisodiy ob’ektning axborot
tizimi doirasida u yoki bu
axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Har qanday iqtisodiy ob’ekt uchun axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to
axborotdan foydalanishgacha bo’lgan tizim ishining ketma-ketligini belgilash eng
muhim masala sanaladi. Bu o’rinda gap, iqtisodiy ob’ektda hal etiladigan masalalarni
turlarga
ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foydalanish davriyligini
belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standartlash, axborotlarni qayta ishlash
tartibini standartlash to’g’risida ketayapti.
Axborot tizimiga nisbatan so’rovlarni,
shuningdek, ularga javobning
shakllanish tartibini