• Nutq paydo bo’lishi
  • Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/155
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #243546
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

    Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi.
    Aytish mumkinki, axborot 
    texnologiyasi bir necha million yillar avval odamzod o’rtasida ilk bor o’zaro 
    muloqotga kirishish usullari
    (turli tovushlar chiqarish, imo ishora, hatti-harakatlar 
    qilish) paydo bo’lishi bilan birga yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Bunda axborot 
    almashinuvi faqat yakka shaxslar o’rtasidagina amalga oshirilgan. 
    Nutq paydo 
    bo’lishi
    bilan birga(taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida axborot 
    to’planishi imkoniyati yuzaga keldi. 
    Keyingi bosqichda, ya’ni 
    yozuvning paydo bo’lishi
    (5-6 ming yil avval) 
    insoniyatning umumiy, jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
    Aynan yozuvning paydo bo’lishi axborotni to’plash, uzatish, qayta ishlash
    saqlash va etkazish kabi to’liq jarayonni amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi. 
    Bu imkoniyat tufayli axborot moddiy tashuvchilarda qayd etila boshlandi.
    Axborot 
    tizimi 
    va 
    texnologiyasining 
    keyingi 
    taraqqiyoti 
    asosan 
    kommunikatsiya vositalari
    bilan bog’liq.
    Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. 
    Axborot texnologiyasining 
    rivojlanishi axborotni taqdim etish tizimidan tashqari, axborot kommunikatsiya 
    vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq edi. Ular axborotning nomoddiy 
    tashuvchisi, ya’ni nutq paydo bo’lgandan so’ng yuzaga kelgan. Buni axborot 
    texnologiyasining rivojlanishi tarixidagi ilk «portlash» deb baholash mumkin edi. 
    Taraqqiyotning keyingi fazasi – 
    qog’oz
    kashf qilingunga qadar axborotning moddiy 
    tashuvchi vositalari o’zgarib bordi. YA’ni, so’zlarni toshga o’yib yozish orqali 
    birinchi marta axborotni ko’z bilan ko’rib qabul qilish imkoniyati yuzaga keldi. 
    Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikda avvaliga loydan, so’ng yog’ochdan 
    yasalgan tablichkalarga yozishga o’tildi va bu axborot-kommunikatsiyalarga 
    dinamik mazmun kasb etdi. Papirusning kashf etilishi axborot tashish vositasining 
    hajmini oshirdi va unga buyoq qo’llash imkoniyati mavjudligi bois ahamiyati ham 
    oshib bordi. Pergamentning paydo bo’lishi (eramizdan avvalgi III asr) bilan esa 
    yangi axborot «portlashi» ro’y berdi: axborotning eng maqbul tashuvchisi – 
    kitob 
    yuzaga keldi (IV asr).
    Axborot texnologiyasining qog’oz fazasi V asrdan boshlanadi. Bu paytda 
    qog’oz (II asrda Xitoyda kashf etilgan) Evropa mamlakatlarining sanoat ishlab 
    chiqarish ob’ektiga aylangan edi. SHundan keyingi davr axborot texnologiyasi 
    rivojlanishida katta rol o’ynadi. SHundan so’ng savdo va hunarmandchilik 
    rivojlangach shahar pochtasi, XV asrdan boshlab esa xususiy pochta (G’arbiy 
    Evropa), XVI-XVII asrlarda markaziy qirollik pochtasi (Frantsiya, SHvetsiya, 
    Angliya va boshqalar) yuzaga keldi. Ushbu barqaror kommunikatsiya tufayli 
    axborot faoliyatiga yanada ko’proq odamlar jalb etilmoqda va u yirikroq 
    mintaqalarni qamrab olmoqda.
    Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr o’rtasida) axborot 
    texnologiyasi rivojlanishi jarayonida kashfiyot bo’ldi. Bu hol unga ommaviylik olib 


    46 
    keldi. Mohiyatan bu tabiatshunoslikda ilmiy-texnik taraqqiyotining yangi bosqichi 
    bo’lib qoldi. Ilmiy-texnik atamaning paydo bo’lishi axborot texnologiyasida sifat 
    o’zgarishini, ko’p nushada kitob, jurnal, gazeta, geografik harita, texnik 
    chizmalarning chop etilishi esa miqdor o’zgarishini keltirib chiqardi.
    XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bog’liq axborot texnologiyasi 
    rivojlanishidagi yangi bosqich barqaror xalqaro kommunikatsiya shakli sifatida 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi

    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish