41
oshiradi, iqtisodiyotni rejalashtirishning iqtisodiy matematik usullaridan
foydalanish, uni intensiv taraqiyot yo’liga solish imkoniyatini beradi.
Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga
asoslanadi va usiz mavjud bo’la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining
barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin ob’ektlarni boshqarishning turli
modellarini yaratgan holda o’z-o’zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika
tashqi jihatdan bir-biriga juda o’xshash bo’lsa ham, lekin:
informatika
— axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalar
xususiyatlariga asoslanadi;
kibernetika
esa — ob’ektlar modellarining kontseptsiyalarini ishlab chiqish
va qurishda xususan axborotdan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan
kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta
ishlashi bilan bog’liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari
birligini o’zida namoyon etadi.
Informatikani tor ma’noda o’zaro aloqador uch qism — texnik vositalar
(hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware)
sifatida
tasavvur etish mumkin. O’z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari
bo’yicha turli jihatlardan: xalq xo’jaligi tarmog’i, fundamental fan, amaliy fan sohasi
sifatida ko’rib chiqish mumkin (3.1-rasm).
Informatika