• Ikkinchi yo’nalish
  • Uchinchi yo’nalish
  • informatika deb ataladi.  Informatikaning asosiy  vazifasi




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/155
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #243546
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

    informatika
    deb ataladi. 
    Informatikaning asosiy 
    vazifasi
    – davlat boshqaruv organlarining, sanoat va 
    tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot ehtiyojini qondirish uchun moddiy-
    texnik bazani yaratishdir. 
    Informatikaning asosiy uchta 
    yo’nalishi
    mavjud. 
    Birinchi yo’nalish
    - axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik 
    vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash 
    komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng 
    ilmiy-ommaviy sohadir. 
    Ikkinchi yo’nalish
    ma’lumotlarini qayta ishlash bo’yicha har xil amaliy 
    vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik 
    vositalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkonini beradigan, dasturiy 
    ta’minotni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini 
    o’z ichiga olgan dasturlashtirishdir. 
    Bu yo’nalishga algoritmlashtirish tillari nazariyasi, ma’lumotlarni tashkil etish, 
    saqlash, qidirish va qayta ishlash nazariyasi, tizimli hamda amaliy dasturlashtirish 
    nazariyasi kiradi. 
    Axborot tizimini yaratishda ikkinchi yo’nalishni umumiy va amaliy dasturiy 
    ta’minot deb atash qabul qilingan. 
    Uchinchi yo’nalish
    – avtomatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal 
    etish modellari, algoritmlar tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir.


    40 
    Informatika 1960 yillarda Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari 
    yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama 
    sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatic so’zidan kelib chikqan 
    bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Frantsuzcha 
    informatique (informatika) so’zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta 
    ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga 
    Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. 
    Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi 
    birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq. Bunda asosiy 
    xizmat mikroprotsessor texnikasiga to’g’ri keladi. Uning paydo bo’lishi 1970 yillar 
    o’rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. 
    SHu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral 
    chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat kompyuter 
    texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta 
    ishlash jarayonlari bilan ham bog’lanadi. 
    Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo’llash va ijtimoiy amaliyotning 
    turli sohalariga ta’sirini EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, 
    yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o’rganuvchi kompleks ilmiy va 
    muhandislik fani sohasidir. 
    Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik 
    tamoyillarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. SHu bois axborot uslublari ob’ekt, 
    hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish 
    imkoniyatiga egadir. 
    Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko’p qirrali 
    bo’lib, uning ko’plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqin 
    etish mumkin. 
    Informatika va kibernetika tushunchalarida ko’pincha chalkashliklar uchrab 
    turadi. Ularning o’xshashligi va farqini tushuntirishga harakat qilamiz. 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    informatika deb ataladi.  Informatikaning asosiy  vazifasi

    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish