39
3- bob. Axborot texnologiyalari
3.1. Axborot texnologiyasi iqtisodiy informatikaning qismi sifatida
Bozor munosabatlarini shakllantirish bo’yicha olib borilayotgan tub
islohotlarni amalga oshirish, eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga
bog’liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur
o’zgarishlar qilib bo’lmaydi. Bu borada iqtisodiy informatikaning tarkibiy qismi
bo’lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash davr talabidir.
Axborot texnologiyalari
(AT) – bu axborot jarayonlarini (axborotni yig’ish,
saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish va h.k) turli xil vositalar yordamida
boshqarishni tashkil etish usullaridir.
Axborot texnologiyalari informatikaning predmeti hisoblanadi, hamda
boshqaruv amaliyotini o’tkazish, ishlab chiqarishni boshqarish, ilmiy izlanishlar va
iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishi, ularning texnik rivojlanishi natijasida
milliy iqtisodning yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. Axborot texnologiyalari
iqtisodiy masalalarni hal etishda quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
1.
Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish;
2.
Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish;
3.
Ma’lumotlarni kodlashtirish;
4.
Ma’lumotlarni saqlash va izlash;
5.
Iqtisodiy axborotni qayta ishlash;
6.
Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish;
7.
Qaror qabul qilish, boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.
Axborot xususiyatlarini o’rganish hamda inson faoliyatining turli sohalarida
foydalanish va tarqatish bilan shug’ullanadigan fan